6-MAVZU. TA’LIM MAZMUNI
Reja:
1. Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari.
2. Ta’llim mazmunini loyihalash tamoyillari va mezonlari.
3. Ta’lim mazmunini belgilab beruvchi me’yoriy hujjatlar.
Tayanch tushunchalar: ta’lim mazmuni, kompetentsiya, Davlat ta’lim
standarti, o’quv reja, o’quv dasturi, malaka talablari, o’quv-metodik
majmua.
1.Ta’lim mazmuni tushunchasining umumiy xususiyatlari. Ta’lim
mazmuni tushunchasi. Ta’ lim mazmuni deganda o’quvchilarning egallashi
lozim bo’lgan bilim, ko’nikma, malaka va kompetentsiyalarning aniq
belgilangan hajmi va ko’lami tushiniladi.
Ta’lim mazmuni tarkibida quyidagilar aks etadi: olam va inson haqidagi
bilimlar; faoliyatni amalga oshirish usullari; ijodiy faoliyat tajribasi; atrof-