Seti I dan keyin taxtni egallagan Ramzes II (miloddan avvalgi
XIV asr oxiri - XIII asr boshlari) istilochilik siyosatini kengaytirdi.
Urushdan maqsad Suriya ixtiyoriga o‘tgan ilgarigi Misr yerlarini
1
Немировский А.И. История Древнего мира. В 2-х частях. Античност. М.,
«Владос», 2000.
78
qaytarib olish va mamlakatning Osiyodagi avvalgi nufuzini tiklash
edi. Buning uchun Ramzes II xettlarning Falastin, Finikiya va
Suriyada joylashgan asosiy harbiy kuchlar qarshiligini sindirishi lozim
bo‘lgan
1
.
Misr So‘nggi podsholik davrida (miloddan avvalgi 1125-525
yillar). XIX sulola fir'avnlarining Kichik Osiyoda olib borgan
davomli urushlari, xususan, xettlar bilan bo‘lgan urush Misr aholisi va
moddiy boyliklarini ancha kamaytirib yubordi. Misr tez orada chet el
istilochilari, liviyaliklarga tobe bo‘ldi. Liviyaliklar dastlab Misr
qo‘shiniga yollanma askar sifatida kelib qo‘shilgan edilar, so‘ng
ularning lashkarboshilari podsho hokimiyatini qo‘lga olib, XXII
sulolaga asos soldilar (miloddan avvalgi 941-821 y.).
Temirchilik texnikasi sohasida bir qancha
yutuqlarga erishdilar. Misrliklar bronzadan turli
buyumlar, jumladan, nafis haykalchalarni
mohirlik bilan ishlay olganlar. Bu haykalchalar kumush yoki oltin
tolalar bilan jimjimador qilib bezalgan. Takushiy nomli misrlik
ayolning Efiopiya - Sais davriga oid haykalchasi ana shunday
texnikaning noyob namunasi bo‘la oladi. Podsho Gasebxanning
Tanisdan topilgan kumush sarkofagi (tobuti) metallga badiiy ishlov
berish sohasida ajoyib yutuqlarga erishilganini ko‘rsatadi. Temirchilik
tosh yo‘nish o‘rnini tobora ko‘proq egallay boshladi. Miloddan
avvalgi VII asrga oid Dafna va Navkratis xarobalaridan: pichoq, bolta,
iskana, chopqi, qirg‘ich va o‘q uchi kabi temir asboblar va qurol-
yarog‘lar topilgan. Tait nomli To‘qimachilik ma'budasi va O‘rta
Misrda Xejxetep (“Poki rahmat”) nomini olgan to‘qimachilik kasbi
xudosi bo‘lib, ularga sig‘inganlar
2
.
Misr fir'avnlari o‘zlaridan avvalgi XVIII - XIX sulola fir'avnlari
kabi istilochilik urushlari olib borishga noqodir bo‘lib qolganlari
tufayli, shu sababli bu davrda qul keltirish ancha kamayib, qullar narxi
oshib ketgan. XIX sulola davrida bir cho‘ri 4 deben 1 kite (373,1
gramm) kumushga sotilgan bo‘lsa, XXI sulola davriga kelib qul
bahosi 20 deben (1820 gramm) kumushga teng bo‘lgan.
1
History of ancient civilization. Charlez Seignobos 2006 –p; 15-16
2
Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005. Thower N.J.W.,
Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd edn., e book,
Chicago 2008.
Iqtisodiy va
ijtimoiy tuzum
79
Ibodatxonalar, kohinlar, katta amaldorlar va savdogarlar katta-katta
yerlarni egallab olganlar. Boylar dehqonlarni sotib ola boshlaganlar.
Tarixchilarning asarlarida podsho Bakxoris (misrcha nomi
Baknerenf, miloddan avvalgi 732 - 726 yillar) to‘g‘risida xotiralar
saqlangan. Ushbu podsho ayrim shaxslar tomonidan misrlik qarzdor
kambag‘allarni qullikka solishni ma'n qilgan va yer sotishga ruxsat
bergan. Gerodotning so‘ziga qaraganda, Misr podshosi Yaxmos II
“ misrliklar uchun bir qonun chiqargan; bu qonunga muvofiq
Do'stlaringiz bilan baham: |