Miloddan avvalgi XII asr oxiridagina hukmdor Tiglatpalasar
(miloddan avvalgi 1115-1077 yillar) Ossuriyaning avvalgi qudratini
tiklay oldi. Uning shimoldagi Nairiga g‘olibona yurishi hamda u yerda
ko‘p va qimmatli o‘ljalarni qo‘lga kiritgani xususida topilma
yozuvlarda batafsil bayon qilingan. Ossuriya shohi Suriyaga yurish
qilib, Finikiya qirg‘og‘idagi Bibl, Sidon, Arvad kabi muhim savdo
shaharlarini qo‘lga kiritadi, hatto uzoq Misr ham Ossuriya
hukmdorining qudratini tan olishga majbur bo‘ladi. Tiglatpalasar I Aqqodga bir necha bor bostirib kirib, Sippar va Bobil shaharlarini
bosib oladi. Ossuriya o‘zining eng xavfli dushmanlarini Dajlaning
g‘arbidagi bepoyon cho‘llarga, asosan, Frot daryosining g‘arbiy
1
World and Global History : Research and Teaching / edited by Seija Jalagin,
Susanna Tavera, Andrew Dilley- Pisa: Plus-Pisa University Press, 2011
2
Taylor A., The World of Gerard Mercator, London 2005.
Thower N.J.W., Maps and Civilization, Cartography in Culture and Society, 3rd
edn., e book, Chicago 2008.
113
qirg‘og‘iga uloqtirib tashlashga muvaffaq bo‘lgan. Biroq uzoq davom
etgan urushlar tufayli zaiflashgan Ossuriya ko‘chmanchilarga yetarli
qarshilik ko‘rsata olmay tanazzulga yuz tutadi.