EKOLOGIK TANGLIK -xalqaro xamjamiyat, davlat va jamiyat
tomonidan global, maxalliy va rеgional miqyosdagi ekologik muammolar
еchimini topishning qiyinlashuvidir. Ushbu qiyinchilik iqtisodiy, siyosiy,
ijtimoiy imkoniyatlarning yuqligidan yoki еtishmasligidan xam kеlib
chiqishi mumkin.
EKOLOGIK BARQARORLIK
-inson faoliyati va tabiat
«injiklik»lari (zilzila, toshqin, sunami va x.k.)ning atrof muxitga salbiy
ta'sir etmaydigan darajasi, ya'ni ma'lum bir xudud, kеnglik va mintaqada
ekologik xavfsiz muxit xolatining bir mе'yorda ushlab turilishi. Ekologik
barqaror bulgan joylarda ekologik tizimdagi modda va enеrgiya
almashinuvining tabiiy xolatda kеchuvi saqlanib turiladi, ekotizimlarda
tirik organizmlarning «immun» (qarshi turish) qobiliyati yuqolmaydi
xamda ularning kupayish va tiklanish jarayoni tabiiy xolda kеchadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |