Qiyomat qachon?
Qiyomatning aniq vaqti yolg‘iz Allohgagina ma’lumdir.
y7tΡθè=t↔ó¡o„
Ç⎯tã
Ïπtã$¡¡9$#
tβ$−ƒr&
$yγ8y™óß∆
(
ö≅è%
$yϑ¯ΡÎ)
$yγãΚù=Ïæ
y‰ΖÏã
’În1u‘
(
Ÿω
$pκÏk=pgä†
!$pκÉJø%uθÏ9
ωÎ)
uθèδ
4
ôMn=à)rO
’Îû
ÏN≡uθ≈yϑ¡¡9$#
ÇÚö‘F{$#uρ
4
Ÿω
ö/ä3‹Ï?ù's?
ωÎ)
ZπtGøót/
3
y7tΡθè=t↔ó¡o„
y7¯Ρr(x.
;’Å∀ym
$pκ÷]tã
(
ö≅è%
$yϑ¯ΡÎ)
$yγßϑù=Ïæ
y‰ΖÏã
«!$#
£⎯Å3≈s9uρ
usYò2r&
Ĩ$¨Ζ9$#
Ÿω
tβθßϑn=ôètƒ
∩⊇∇∠∪
«(Ey Muhammad), sizdan soat (ya’ni, Qiyomat) qachon voqe bo‘ladi, deb
so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorning dargohidadir.
Vaqti-soati kelganida ham faqat O‘zi oshkor qilur. U (ya’ni, Qiyomat) samovot va
yer uchun juda og‘ir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat to‘satdan –
kutilmaganda kelur». Go‘yo siz u haqda yaxshi biladigandek so‘raydilar.
Ayting: «Uning bilimi faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda ko‘p odamlar uni
bilmaydilar» (A’rof, 187).
Lekin Qiyomat yaqinlashganini taxminan bilish mumkin va bu ish shariatda ham
qaytarilmagan. Qiyomatning katta va kichik shartlari sahih hadislarda bayon etilgan. Biz
ularga qarab ko‘p narsani bilishimiz mumkin. Butun olamlar Parvardigori Alloh taologa
hamdlar bo‘lsin.
Shu bois voqeiy hodisalarga, zohir bo‘lgan alomatlarga asoslanishning Qiyomat
yaqinligi xususida bahs yuritar ekanmiz, bu bilan befoyda yoki imkonsiz narsaga qo‘l
urgan hisoblanmaymiz. Alloh haq yo‘ldan adashtirmasin!
Ibn Hajar aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): «Payg‘ambar qilib
yuborilganimda Qiyomat va men mana bu (ikki barmog‘im)dek edi», deganlar. Qur’oni
Karimda esa quyidagi mazmunda oyat nozil qilingan:
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
65
¨βÎ)
©!$#
…çνy‰ΨÏã
ãΝù=Ïæ
Ïπtã$¡¡9$#
Ú^Íi”t∴ãƒuρ
y]ø‹tóø9$#
ÞΟn=÷ètƒuρ
$tΒ
’Îû
ÏΘ%tnö‘F{$#
(
$tΒuρ
“Í‘ô‰s?
Ó§øtΡ
#sŒ$¨Β
Ü=Å¡ò6s?
#Y‰xî
(
$tΒuρ
“Í‘ô‰s?
6§øtΡ
Äd“r'Î/
<Úö‘r&
ßNθßϑs?
4
¨βÎ)
©!$#
íΟŠÎ=tæ
7Î6yz
∩⊂⊆∪
«Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon bo‘lishi
to‘g‘risidagi) bilim bordir» (Luqmon, 34).
Hadis va oyat ma’nolari bir-biriga zid emas. Chunki Qiyomatning yaqinligini bilish bu
uning aynan qachon bo‘lishini aytish hisoblanmaydi» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Biz ham mana shu yo‘ldan boramiz. Qiyomatning yaqin qolganligi haqida bahs yuritar
ekanmiz, uning muayyan vaqtini belgilashni barcha g‘oyiblarni bilguvchi Zotga havola
qilamiz.
O‘tgan bobda Qiyomat qoyimning yaqinligiga dalolat qiluvchi bir qancha hadislar
aytildi. Ulardan ba’zi birlarini eslab o‘tamiz.
106. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Men Qiyomat soati nafasida yuborildim. Manavi (barmog‘im)
bunisidan o‘zganidek undan o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich
va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar» (Termiziy va Tabaroniy rivoyati).
Ibn Hajar «nafas» kalimasini yaqinlik ma’nosida sharh-lagan.
Ibn Asir «Nihoya»da yozadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) «Men (Qiyomat)
soati nafasida yuborildim», dedilar. Ya’ni, men Qiyomat qoyim vaqti yetilib qolgan
paytda yuborildim. Faqat Alloh taolo uni bir oz keyinga surdi va meni mana shu nafasda
yubordi». Bu yerda «nafas» yaqinlik ma’nosida qo‘llangan.
Ba’zilar aytadiki: Alloh taolo Qiyomatga ham xuddi inson nafasi kabi nafas ato etgan.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytmoqchilarki: «Men Qiyomatga yaqin bir
paytda yuborildim. Xuddi yaqinda turgan kishining nafasi sezilganidek, uning nafasini his
qildim».
107. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «(Payg‘ambar qilib) yuborilganimda, men va Qiyomat mana bu ikkisidek edik.
(Ularning orasi) xuddi ulardan birining ikkinchisidan ortiqligidek». Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juftlashtirdilar» (Buxoriy va Muslim
rivoyati).
Ya’ni, o‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan qanchalik uzunligiga qarab yana
qancha muddat hayot davom etishini o‘ylang.
Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar yashash o‘rta barmoqchalik bo‘lsa, bu
hayotning ko‘rsatkich barmoqchalik umri tugadi. Endi o‘rta barmoqning ko‘rsatkich
barmoqdan uzunligi miqdorida hayot qoldi, xolos.
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
66
Qozi Iyoz va boshqalar aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan
Qiyomat o‘rtasidagi muddatning kamligiga nisbatan aytilgan lafzlarning har xilligiga
ishora qilganlar».
Qurtubiy «Mufhim»da yozadi: «Hadisi sharifdan Qiyomat qoyimning yaqinlashgani va
tezda kelishi xulosa qilinadi».
«Tazkira»da yozadi: «Bu gapdan: «Qiyomat aynan falon kuni bo‘ladi», degan ma’no
kelib chiqmaydi. Faqat jumla siyoqi Uning yaqin qolganiga dalolat qilyapti, xolos. Chunki
Qiyomat shartlari ketma-ket bo‘ladi. Qur’onda ham: «Darhaqiqat, uning shartlari keldi»,
deyilgan».
Imom Tabariy bir asarida Ibn Abbosning quyidagi so‘zini keltirgan: «Dunyo oxirat
jumalaridan bir jumadir. U yetti ming yil».
Mazkur rivoyat sanadida Yahyo ibn Ya’qub va Hammod ibn Abu Sulaymonlar ham bor.
Ularni ba’zilar tanqid qilgan. Lekin Abu Hotam Yahyo haqida «Uning mahalli sidqdir»,
degan. Hammod esa Ko‘faning faqihi bo‘lgan. Uni Ibn Ma’in va boshqalar ishonchli kishi
deb ta’kidlashgan. Demak, Ibn Abbosdan rivoyat qilingan bu mavquf hadis sanadi sahih
ekan. Mazkur rivoyatni Tabariy Ka’bul Ahbor va Vahb ibn Munabbahlardan naql qilingan
quyidagi rivoyatlardan ustun qo‘ygan. Vahb va Ka’bdan naql qilingan rivoyat: «Dunyo
6000 yildir. Uning 5600 yili o‘tdi».
Ibn Jarir «Sahihayn»da keltirilgan Ibn Umarning (r.a.) hadisini naql qiladi: Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarning ajal (muhlat)ingiz sizlardan ilgari
o‘tganlar ajali oldida asr namozidan kun botgunigacha (bo‘lgan muddatchadir)».
Ibn Hajar yozadi: «Ibn Umarning ushbu hadisi muttafaqun alayh sahih hadisdir. Unga
e’timod qilinadi. Hadisni ikki xil tushunish mumkin.
Birinchi: Hadisdagi miqdor-muddat zohiriga ko‘ra tushunilmaydi. Faqat Qiyomatning
yaqin qolgani tashbeh bilan aytilyapti, xolos.
Ikkinchi: Hadis zohiriga ko‘ra olinadi. Demak, mana shu ummatning yerda yashash
muddati taqriban kunning beshdan bir qismiga teng ekan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Olimlar ushbu masalada turlicha fikr yuritganlar. Lekin bularning barchasi taxmin,
xolos. Qiyomatning aynan qay soatda bo‘lishi yolg‘iz Allohgagina ayon.
Shunisi aniqki, Qiyomat juda yaqin qolgan. Haq da’vatchisi nidosiga javob
qaytaruvchi biron jon yo‘q. Vaholanki, Qiyomatning barcha kichik shartlari bo‘lib o‘tdi.
z>utIø%$#
Ĩ$¨Ψ=Ï9
öΝßγç/$|¡Ïm
öΝèδuρ
’Îû
7's#øxî
tβθàÊÌ÷è•Β
∩⊇∪
Do'stlaringiz bilan baham: |