Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-avgustda qabul
qilgan 156-raqamli «O‘zbekiston Respublikasida avtotransport
vositalarini boshqarish huquqini berish, haydovchilarni tayyor-
lash va qayta tayyorlash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori va uning ilovalariga muvofiq tasdiqlangan
namunaviy dasturlar asosida olib boriladi.
O‘qishni tugatgan haydovchilikka nomzodlar Ichki ishlar
vazirligining «Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati» bo‘linmasida
imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganidan so‘ng belgilangan tartib
bo‘yicha haydovchilik guvohnomasini oladilar.