II. 0 ‘quv fanining maqsad va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad - talabalarda mamlakatimiz iqtisodiyoti barpo
bo‘lishi, tarkibi, uning o‘zgarishi va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor
yo‘nalishlari, milliy iqtisodiyot bosqichma-bosqich rivojlanishidagi murakkab
jarayonlami tahlil qila olish, ulardagi qonuniyatlami aniqlash, to‘g‘ri baholay olish
va tegishli xulosalar chiqarish bo’yicha bilim, malaka va ko‘nikmalar
shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi - talabalarga mamlakatimizning tabiiy-xom ashyo
resurslari salohiyati, aholisi, mehnat resurslari, milliy iqtisodiyot tarkibi, moliya-
kredit, bank, byudjet tizimi, tashqi iqtisodiy faoliyati, bozor munosabatlarining
qaror topishi va rivojlanishi hamda davlatning iqtisodiy-ijtimoiy siyosatining
asosiy yo’nalishlarini o'rgatishdan iborat.
“0 ‘zbekiston iqtisodiyoti” fanini o‘zlashtirish jarayonida bakalavr:
- milliy iqtisodiyotning barpo bo’lish va rivojlanish shart-sharoitlarini,
omillarini va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir ko’rsatuvchi ichki va tashqi
muhitning asosiy belgilari haqidagi
bilim gw,
- 0 ‘zbekiston iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etish bo’yicha xorijiy
investorlarga taqdim etilayongan shart-sharoitlar, mamlakatimizning resurs
salohiyati, demografik salohiyati, ilmiy-texnika va innovatsiya salohiyatini bilishi
va ulardan kutiladigan natijalar haqida
k o ’nikm a;
-
milliy iqtisodiyotning amal qilishi, boshqarilishi va bozor islohotlarini
chuqurlashtirish va bozor munosabatlarini takomillashtirish bilan bog‘liq ilmiy va
amaliy faoliyatni mustaqil tashkil etish
m alakasiga ega b o ‘lish i kerak.
з
I I I . Asosiy nazariy qism (ma’ruza inashg’ulotlari)
1-MODUL. Mustaqil O ’zbekistonning iqtisodiy salohiyati va bozor
iqtisodiyoti modelini ishlab chiqish
1-mavzu. “ O ’zbekiston iqtisodiyoti” fanining prcdmeti va vazifalari.
“O ‘zbekiston iqtisodiyoti” fanining maqsadi va vazifalari. “0 ‘zbekiston
iqtisodiyoti” fanining predmeti, vazifalari. Fanni o‘rganish usullari va boshqa
iqtisodiy fanlar bilan aloqalari.
2-mavzu. Iqtisodiy taraqqiyotning “0 ‘zbek modeli”
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umuminsoniy jarayon ckanligi va zarurligi.
“0 ‘zbek modeli” shakllanishining omillari va shart-sharoitlari. “0 ‘zbek
modeli”ning mazmuni. O‘zbekistonda bozorga o‘tishning asosiy tamoyillari.
O’zbekiston Respublikasining birinchi prezidenti I.Karimov asarlarida “O’zbek
modeli”ning yoritilishi. Bozorga o‘tish bosqichlari. Islohotlaming strategik
yo‘nalishlari. “0 ‘zbek modeli” va iqtisodiy o‘sish. “O’zbek modeli” va jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqirozi.
O’zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev tashabbusi bilan
ishlab chiqilgan “O’zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
2017-2021 yillarga mo’ljallangan ustuvor yo’nalishlari bo’yicha Harakatlar
strategiyasi” milliy iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish, faol tadbirkorlikni,
innovatsion
texnologiyalarni
keng joriy
qilish
modemizatsiyalash
va
diversifikatsiyalashda “o‘zbek modeli”ning mantiqiy davomidir.
3-mavzu. Milliy iqtisodiyot rivojlanishining asosiy ko’rsatgichlari
Milliy hisoblar tizimi. Makroiqtisodiy ko’rsatgichlar. Yalpi ichki mahsulot
(YalM) va Yalpi milliy mahsulot (YaMM), ulaming farqli jihatlari. Yalpi ichki
mahsulotni hisoblash usullari: daromadlar oqimi bo’yicha YalMni hisoblash,
xarajatlar oqimi bo’yicha YalMni hisoblash, ishlab chiqarish usulida YalMni
hisoblash. Sof milliy mahsulot (SMM), Milliy daromad (MD), tasarrufdagi
daromad (TD). Makroiqtisodiy proporsiyalar. Makroiqtisodiy barqarorlik va
iqtisodiy o’sish. Iqtisodiy o’sishni hisoblash. Real va nominal YalM, YalM
deflyatori.
4-mavzu. O ’zbekistonning demograflk salohiyati
Mamlakatning iqtisodiy salohiyati tushunchasi. O’zbekiston aholisining
tabiiy o’sishi. Aholining tarkibi. Aholining geografik joylashuvi xususiyatlari.
Migratsiya jarayonlari. Immigratsiya. Aholi ko’chishining sabablari. Mehnat
resurlari va ulardan foydalanish. Mehnat resurslari dinamikasi. Iqtisodiy faol aholi.
Iqtisodiyotda band bo’lganlar. Mehnat bozorining amal qilishi. Mehnat
resurslaridan samarali foydalanish yo’nalishlari.
5-mavzu. O ’zbekistonning mineral-xom ashyo resurslari
O’zbekistonning mineral-xom ashyo salohiyati. Mineral-xom ashyo
salohiyatining tasnifi. Mineral-xom ashyo resurslarining joylashishi. Mineral-xom
4
ashyo resurslarining iqtisodiy rivojlanishdagi roll va ahamiyati. Tog‘-kon sanoati
majmuasining shakllanishi va ishlab chiqarish imkoniyatlari. Tabiiy boyliklarni
boshqarish mexanizmi. Mineral-xom ashyo resurslaridan samarali foydalanish
muammolari. Yoqilg‘i resurslari zahirasi va turlari. Yoqilg‘i-energetika
resurslarining tasnifi. Energetika manbalari, ulaming joylashishi. Yoqilg‘i
mustaqilligi. Yoqilg‘i mustaqilligining strategik ahamiyati. Yoqilg‘i mustaqilligini
ta’minlash bosqichlari. Energiya manbalaridan oqilona foydalanish imkoniyatlari
va istiqbollari.
Do'stlaringiz bilan baham: |