B mengliyev, G. Tojiyeva


Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha



Download 2,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/301
Sana06.08.2021
Hajmi2,97 Mb.
#139922
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   301
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Mavzu bo`yicha tayanch tushuncha: 
 
Til  va  tafakkur,  ong,  bilish,  mantiqiy  kategoriyalar,  grammatik  kategoriyalar,  aqliy  bilish,  hissiy  bilish,    mantiqiy  va  til  
kategoriyalarining mos tushish va tushmaslik hodisasi. 
 
   Til  va  tafakkur  munosabati  tilshunoslik  fanining  asosiy  masalalaridan  biri  sanaladi.  Tilsiz  fikrni  ifodalash  sira  mumkin 
bo`lmaganidek,  tafakkursiz  til  o`z  ifodasini  shakllantira  olmaydi.  Shular  bilan  bog`liq  yana  falsafiy,  psixologik  ong  tushunchasi  ham 
mavjud.  Ong  ijtimoiy-psixologik  hodisa  bo`lib,  insonning  fikrlash  qobiliyatini  boshqaradi.    Ong  biologik  hodisa  bo`lib,  mantiqiy  fikriy 


 
31 
faoliyatni o`z ichiga oladi. Demak, ong tafakkurdan ham katta hodisa, tushunchadir. Tafakkur – bilishning eng yuqori bosqichidir.  Bilish 
bu obyektiv voqelikning inson ongida aks etish jarayonidir. Fanda ikki xil bilish farqlanadi:  
1. Sezgilar orqali bilish. 
2. Aqliy bilish va tafakkur. 
 Hissiy bilishda tashqi olamni sezgi a‟zolarimiz orqali bilib olamiz. Bunday bilish hayvonlarda ham rivojlangan.   
Aqliy 
bilish esa insonlarga xos bo`lib, tashqi olamni faqatgina his qilib qolmay, balki har bir hodisa, predmet, jarayonlarini fahmlaydi, ularni 
qayta ishlaydi, fikr yuritadi, xulosalaydi, tushunchaga ega bo`ladi. Mana shu jarayon tafakkurdir. Demak, tafakkur oliy bilish, fahm, idrok 
kabi  tushuncha  bilan  uzviy  bog`liq  bo`lib,  bilishning  mahsuli  sanaladi.  Tafakkur  –  miyaning  oily  mahsuli.  Tafakkur  kishilarning  ijtimoiy 
ishlab chiqarish faoliyati jarayonida paydo bo`ladi. U insoniyat jamiyatiga xos bo`lgan mehnat va nutq faoliyati bilan chambarchas bog`liq 
holdagina  mavjuddir.  Tafakkurning  voqelikni  bevosita  aks  ettirish  qobiliyati  insonning  xulosa  chiqarishga,  isbotlashga  bo`lgan  
qobiliyatida  ifodalanadi.  Bu  qobiliyat  bilish  imkoniyatlarini  kengaytiradi.  Inson  tafakkuri  turli  fanlar   (mantiq,  psixologiya,  gnoseologiya, 
kibernetika va sh.k.) tomonidan va turli usullarda o`rganiladi. Eksperimental tadqiqotlar orasida so`nggi vaqtda tafakkurni turli kibernetik 
qurilmalar yordamida modellashtirish shaklida tadqiq qilish metodlari ancha keng rivojlangan. 
   Biz yuqorida tafakkurni bilish, ong, idrok kabi tushuncha bilan bog`liq ekanligini qayd etdik. Tafakkur til bilan ham zich aloqador 
ekanligini  ham  unutmaslik  kerak.  Uning  til  bilan  munosabati,  aloqadorligi  tilshunoslik  fanining  o`rganilish  doirasiga  ham  kiradi.  Har 
qanday fikr so`zlarda o`z ifodasini topadi. Fikrning voqeligi, uning mavjudligi tilda namoyon bo`ladi. Biz istalgan predmet, voqea-hodisa 
haqida  til  vositasisiz,  so`z  va  gaplarsiz  fikrimizni  ifodalay  olmaymiz.  Til  –  bilish  jarayonining  muhim  sharti.  Tilsiz  tafakkur  mavjud 
bo`lmaganidek, tafakkursiz til ham mavjud emas. Hech qanday ma‟noga ega bo`lmagan, faqat ma‟lum tovushlar tizimidan iborat bo`lgan 
so`zlar  muayyan  tushunchani  ifodalamaydi,  tasavvur  ham  hosil  qilolmaydi.  Va  nihoyat,  fikr  ifodalash  funksiyasini  bajarmagan  bunday 
so`zlar  nutq  uchun  xizmat  qilolmaydi.  Xullas,  til  va  tafakkur  munosabati  o`zaro  dialektik  aloqadorlikda  bo`lib,  birgalikda  rivojlanish  va 
ta‟sir etish qonuniyatlariga amal qiladi. Ammo til qonunlari bilan tafakkur qonunlari bir-biriga teng kelmaydi. Til grammatikaning o`rganish 
manbayi bo`lsa, tafakkur logika (mantiq) ilmining manbayidir. Shunga ko`ra mantiqiy kategoriyalar (tushuncha, subyekt, predikat, hukm 
va sh.k.) bilan grammatik kategoriyalar (so`z, ega, kesim, to`ldiruvchi….) farqlanadi. Mantiq birliklari umumiy, mavhumdir. Til  birliklari,  
ayniqsa, nutqiy birliklar real, voqeiydir. Mantiqiy kategoriyalar umumiy, metodologik bo`lganligi bilan tillardagi grammatik kategoriyalar 
o`ziga xosdir.Chunonchi, rus tilida otlarning jonli va jonsizligini ifodalash kategoriyasi mavjudki, bu o`zbek tili uchun xos hodisa emas. 
 
 
   
 
   
 
 
 
 
 
 
Rus  tilida  rod  kategoriyasi  mavjud  bo`lib,  u  mantiqiy  jins  kategoriyasi  bilan  muvofiq  va  nomuvofiq  holatda  turishi  kuzatiladi. 
Masalan, мужчина, дедушка “женский род”ni ifodalaydi, ammo jins kategoriyasi jihatidan erkak (мужской пол)lik belgisiga ega. Demak, 
mantiqiy jins kategoriyasi grammatik rod kategoriyasi bilan nomutanosiblik hosil qilgan. Mantiqiy sifat va miqdor kategoriyasi o`zbek tili 
grammatikasida ham ifodalanadi. Сhunonchi, mantiqiy sifat kategoriyasi sifat so`z turkumi ichida turli usullar (morfologik, leksik-semantik
takror)  bilan  aks  ettirilishi  mumkin.  Falsafiy  miqdor  ma‟nosi  esa  son  kategoriyasida  o`z  ifodasini  topadi  (birlik  va  ko`plikda). 
Grammatikada miqdor ma‟nosini ifodalash son so`z turkumi (yigirmata talaba), ravish so`z turkumi (ancha, picha), takrorlar (qop-qop un) 
orqali ham ifodalanadi. 
   Xullas, til bilan tafakkur bir-biridan ajralmas dialektik birlikni tashkil etuvchi, ammo o`z xususiyatlariga, qonun-qoidalariga ega 
bo`lgan hodisalardir. Til bilan tafakkurni bir hodisa deb tushunish qanchalik xato bo`lsa, ularni bir-biridan ajratish ham shunchalik xatodir. 
F.de  Sossyur  ta‟biri  bilan  aytganda:  “Язык  можно  сравнить  также  с  листом  бумаги.  Мысль  –  его  лицевая  сторона,  a  звук 
оборотная… ”, demak, tilni fikrdan  ajratish mumkin emas. Fikr va tilda voqeiy turmush, hayot namoyon bolishi lozim. 

Download 2,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   301




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish