Mavzu. Iqtisodiyot nazariyasi fanining predmeti va bilish usullari


murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi



Download 0,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/28
Sana06.08.2021
Hajmi0,56 Mb.
#139795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
Bog'liq
1-MAVZU. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING PREDMETI VA BILISH USULLARI

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Ushbu
murakkab ijtimoiy tizimni anglatadi.  


Buning  ustiga  barcha  resurslarimiz  –  pul  mablagʻlari,  tabiiy  boyliklar,  malakali  ishchi 

kuchlari, ishlab chiqarish vositalari, iste’mol tovarlari hammasi cheklangan miqdordadir. Ushbu 



cheklangan  iqtisodiy  resurslardan  oqilona  foydalanib,  aholining toʻxtovsiz  oʻsib  boruvchi 

ehtiyojlarini  qondirish  maqsadiga  erishish,  resurslar  va  mahsulotlarni  toʻgʻri  taqsimlash 

yoʻllarini topish iqtisodiyotning asosiy mazmunini tashkil etadi. 

Iqtisodiyot  qamrov  darajasiga  qarab  turlicha  boʻlishi  mumkin:  jahon  iqtisodiyoti, 

mamlakat  iqtisodiyoti,  milliy  iqtisodiyot,  tarmoq  iqtisodiyoti,  funktsional  iqtisodiyot,  mintaqa 

iqtisodiyoti;  korxona  yoki  firma  iqtisodiyoti,  oila  iqtisodiyoti.  Ba’zan  ularni  yaxlitlashtirib, 

makroiqtisodiyot va mikroiqtisodiyot deb ataladi. Iqtisodiyotning bu turlari, darajalari, shakllari 

qanday  boʻlishidan  qat’iy  nazar  ularning  hammasi  bir  maqsadga  boʻysungan:  u  ham  boʻlsa 

insoniyatning  yashashi, koʻpayishi  va kamol topishi uchun shart-sharoit yaratib  berish, turli  xil 

hayotiy  vositalarni  yaratib,  ularning  ehtiyojlarini  qondirib  borishdan  iboratdir.  Shunday  ekan, 

iqtisodiyot  inson  hayotining  asosini,  uning  poydevorini  tashkil  etib,  uning  oʻzi  ham  insonsiz, 

uning faoliyatisiz mavjud boʻlmaydi va mazmunga ham ega emas.  

Inson  tomonidan  yaratilgan  tovarlar  va  xizmatlarning,  resurslarning  harakati  boʻyicha 

takror ishlab chiqarish quyidagi fazalar birligidan iboratdir:  

1)  ishlab chiqarish jarayoni;  

2)  ayirboshlash jarayoni;  

3)  taqsimlash jarayoni;  

4)  iste’mol qilish jarayoni.  

Bularning  ichida  eng  asosiysi  va  boshlangʻichi  ishlab  chiqarish  jarayonidir.  CHunki 

hamma  tovar  va  xizmatlar  xuddi  shu  bosqichda  yaratiladi.  Agar  ishlab  chiqarilmasa, 

taqsimlanadigan, ayirboshlanadigan va nihoyat, iste’mol qilinadigan narsalar boʻlmaydi. 

Ikkinchi  muhim  faza  esa  taqsimot  jarayonidir.  Bu  bosqichda,  eng  avvalo,  ishlab 

chiqarish  vositalari,  kapital  va  ishchi  kuchi,  tovar  va  xizmatlarning  alohida  turlari,  ishlab 

chiqaruvchi tarmoqlar, sohalar, hududlar va nihoyat, korxonalar oʻrtasida taqsimlanadi. Bundan 

tashqari,  ishlab  chiqarish  natijasi  boʻlgan  tovar  va  xizmatlar,  ularning  pul  holidagi  koʻrinishi 

boʻlgan  daromadlar  ham  taqsimlanadi.  Taqsimot  qancha  adolatli  va  toʻgʻri  boʻlsa,  ishlab 

chiqarishning yuksalishiga Shuncha ijobiy ta’sir koʻrsatadi, uni ragʻbatlantiradi. 


Download 0,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish