Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal berishi mumkin boʻlgan ikkinchi
darajali narsalar, voqea-hodisalarni fikrdan chetlashtirib, oʻrganilayotgan jarayonning asl
mohiyatiga e’tiborni qaratishdir. Bu usul yordamida oʻrganilayotgan voqea va hodisaning
ichki, koʻzga koʻrinmaydigan mohiyati, uning asl mazmuni bilib olinadi.
Tahlil va sintez usuli. Tahlil – bu oʻrganilayotgan bir butunni alohida qismlarga
ajratish va ularni izchillik bilan oʻrganish. Sintez – bu oʻrganilgan qismlardan olingan
xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon deb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Murakkab iqtisodiy tizimlar ana shu yoʻl bilan oʻrganiladi, iqtisodiy tizim butunicha tasvirlab
beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |