Umumiy metallurgiyaga


Metalni temir-tersaklarini ishlatish



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/108
Sana06.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#139792
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

 
Metalni temir-tersaklarini ishlatish 
Temir-tersaklarni  ishlatish  deyilganda,  cho‘yan  va  po‘latni  eritishda,  xalq 
iste’moli  mollari  ishlab  chiqarishda  temir-tersaklarni  metallurgik  xom  ashyo 
sifatida,  hamda  boshqa  maqsadlarda  qo‘llash  tushuniladi.  Qora  metal  temir  – 
tersaklari  va  chiqindilari  juda  ko‘p  hollarda  aglomerat,  elektroferro  qotishmalar, 
cho‘yan,  po‘lat,  kimyoviy  mahsulotlar,  rangli  metallar  va  keng  iste’mol  mollari 
ishlab chiqarishda, cho‘yan quyishda, hamda boshqa maqsadlarda ishlatiladi. 
Hozirgi  kunda  respublikamizda  yig‘ilayotgan  qora  metal  temir-tersak  va 
chiqindilarni asosiy qismi (90 % dan ko‘proq) po‘lat ishlab chiqarishga sarflanadi. 
Jahon  amaliyotida  qora  metal  temir-tersak  va  chiqindilari  quyidagi 
jarayonlarda qo‘llanadi: 
1)  Metal  chiqindilarini  mayda  qirindi  shaklida  shixtaga  qo‘shib  rudalarni 
aglomeratsiyalash  jarayonida  ishlatiladi.  Bunda  aglomerat  tarkibidagi  temir 
miqdori  ko‘payadi  va  mustahkamligi  oshadi.  Bunday  aglomeratlar  marten 
pechlarida temir rudalari bilan birga ishlatiladi. 
2)  Elektroferro  qotishmalar  (turli  xil  markadagi  legirlangan  po‘latlar  ishlab 
chiqishi  kerak  bo‘ladigan,  boshqa  elementlar  bilan  temir  qotishmalarini 
aralashmalari,  ishlab  chiqarishda  albatta  uglerodlangan  po‘lat  qirindilari 
qo‘llaniladi. Bunda temir qotishma tarkibiga o‘tadi. 
3)  Kimyoviy  mahsulotlarni  bir  qancha  turlarini  va  rangli  metallarni  ishlab 
chiqarishda  qora  metall  temir  tersak  chiqindilarini  qo‘llash,  texnologik  jarayonni 
ajralmas  qismi  hisoblanadi.  Bunda  ikkilamchi  qora  metallar  katalizator  yoki  filtr 
rolini bajaradi. 


77 
 
4) Bir qancha metallarni ishlab chiqarishda elementlarni ajratib olishda keng 
qo‘llanilmoqda, masalan, maxsus kombinatlarda nikel va kobalt ishlab chiqarishda 
legirlangan  po‘lat  chiqindilaridan  bu  elementlarni  bir  qancha  markalari  ajratib 
olinadi. 
5)  Yildan  –  yilga  ikkilamchi  qora  metallardan  xalq  iste’mol  mollari  ishlab 
chiqarishda 
va 
sanoat 
miqyosidagi 
buyumlarini 
tayyorlashda 
keng 
foydalanilmoqda. 
6)  Qora  metal  temir  tersak  va  chiqindilarini  qurilish  ashyolari  ishlab 
chiqarishda keng qo‘llanilmokda. 
7) Qora  metal temir – tersak va chiqindilarini asosiy qismi  marten, kislorod 
konvertor, bessemir jarayonlarida temiri qotishmalarini olishda ishlatiladi. 
8)  Elektro  pechlarda  metall  olishda  legirlangan  temir  tersaklarni  qo‘llash 
natijasida  narxi  qimmat  bo‘lgan  ferro  qotishmalarni  va  boshqa  legirlovchi 
materiallarni sarflash kamaytiradi. 
9)  Quyuv  cho‘yanini  eritadigan  va  erigan  shixtasini  tarkibida  po‘lat  temir  – 
tersaklarini 40 % gacha etkazish  mumkin.  Elektropech  shixtasining  tarkibiga 10 
% gacha  cho‘yan qo‘shish natijasida yuqori uglerodli asbobsozlik po‘lati olish  
mumkin. 
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, qora metal temir tersak va chiqindilarini 
asosiy  qismi  cho‘yan  va  po‘lat  eritishda  ishlatilmoqda.  Buning  bir  qancha 
afzalliklari  mavjud.  Ikkilamchi  qora  metallarni  ko‘p  hajmda  ishlatilishi  natijasida 
rudalardan  metal  olish  kamaymoqda,  metall  olishda  ishlatiladigan  turli  xil 
qo‘shilmalarni  (qimmatbaho  ferro  qotishmalar  va  bir  qancha  legirlovchi 
materiallar) sarfi kamaymokda. 
Metal  olish  davomiyligi  kamaymoqda  va  metall  tann  –  narxi 
arzonlashmoqda.  Korxona  va  sexlarning  shlak  chiqindixonalaridagi  turli  xil 
chiqindilarni  qayta  ishlashdan  maqsad,  chiqindilar  tarkibidagi  turli  metallarni 
ajratib  olish,  chiqindixonalarni  atrof  -  muhitga  ta’sirini  kamaytirishdir.  Chiqindi 
xonalardagi  temir  shlaklarini  maydalangan  shaklda  bo‘lishi,  ularning  qayta 
ishlashdagi  ayrim  jarayonlarni  chetlab  o‘tishga  olib  keladi.  Masalan,  ularni 
sortlarga ajratish, qirqish, maydalash jarayonlarisiz qayta ishlash mumkin.  
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish