Umumiy metallurgiyaga



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/108
Sana06.08.2021
Hajmi2,03 Mb.
#139792
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108
Bog'liq
1.UmumiyMetallurgiyagamajmua

Gazlar  va  changlar.  Deyarli  barcha  pirometallurgik  jarayonlar  katta  xajmda 
gazlar va changlar hosil bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Gazlar va changlar metallurgik 
pechlarda  birga  olib  tashlanadi.  Pirometallurgik  jarayonlarning  chang  va  gazlar 
atrof muhitni ifloslanishning asosiy manbasidir.  
Shu  sababdan  gaz  va  changlarni  tutish,  qayta  qo‘llash  va  zararsizlantirish 
zamonaviy metallurgik jarayonning asosiy masalasidir. 
Ajralib chiqayotgan metallurgik gazlar kimyoviy reaksiyalar borishi natijasida 
hosil  bo‘ladigan  texnologik  gazlarga  va  yoqilg‘ini  yonishi  natijasida  hosil 
bo‘ladigan  isitish  gazlariga  bo‘linadi.  Ajralib  chiqayotgan  gazlarning  tarkibi  va 
miqdori  to‘liq  qayta  ishlanayotgan  xomashyo    va  qo‘llaniladigan  dastgohning 
turiga bog‘liq.   
Texnologik  gazlarning  asosiy  komponetlariga  SO
2
,  CO
2
,  CO  va  suv  bug‘lari 
kiradi.  Ayrim  metallurgik  jarayonlarda  gazsimon  xlor,  marg‘imushli  va  boshqa 
kimyoviy birikmalar ajralishi mumkin. 
Yoqilg‘ini  yonishida  asosan  CO
2
,  CO  va  H
2
O  kiradi.  Shunindek  ajralib 
chiqayotgan gazlarning tarkibida  azot va erkin kislorod mavjud. Azot va kislorod 
yoqilg‘ini yonishi uchun puflanadigan havoning tarkibidan o‘tadi. 
Ko‘p  hollarda  metallurgik  pechlarda  ajralib  chiqayotgan  gazlarning  harorati 
800 -1300 
0
C tashkil etadi. 
Ajralib  chiqayotgan  gazlarning  kompleks  qayta  ishlanashi  o‘z  ichiga 
quyidagilarni oladi: 
-  qimmatbaho  komponentlardan  foydalanish,  masalan  sulfat  kislota  ishlab 
chiqarish uchun SO

gazidan foydalanish; 
-  gazlarning  fizik  issiqligidan  foydalanish    -  issiq  suv,  bug‘,  puflanadigan 
havoni qizdirish va h. uchun; 


21 
 
-  atrof  muhitni  himoya  qilish  maqsadida  gazlarni  zarasizlantirish  va  bir 
paytning o‘zida gazlarning tarkibidagi qimmatbaho moddlardan foydalanish. 
Metallurgik  jarayonlarda  hosil  bo‘ladigan  changlarni  shartli  ravishda  dag‘al 
va mayin changlarga sinflash mumkin. 
Dag‘al  changlarning  hosil  bo‘lishi,  qayta  ishlanadigan  shixtaning  mayin 
zarrchalarini  yoki  metallurgik  qayta  ishlash  mahsulotlarini  gaz  oqimi  bilan  oli 
chiqilishi  bilan  bog‘liq.  Dag‘al  changlarning  yirikligi  va  miqdori  gaz  oqimining 
tezligi  va  qayta  ishlanadigan  mahsulotning  yirikligi  bilan  aniqlanadi.  Odatda, 
dag‘al  chang  zarrachalarining  yirikligi  3-10  mkm  dan  bir  necha  millimetrgacha 
bo‘ladi.  Dag‘al  changlarning  kimyoviy  tarkibi,  ular  hosil  bo‘lgan  xomashyoning 
tarkibi bilan bir hil bo‘ladi. Dag‘al changlar qayta ishlaga qaytariladi yoki jarayon 
mahsulotlari bilan birlashtiriladi. 
Mayin  changlar  asosan  onson  uchuvchan  komponetlarning  (metallar  yoki 
kimyoviy  birikmalar)    uchishi  (bug‘lanishi)  hisobiga  hosil  bo‘ladi.  Hosil 
bo‘ladigan  bug‘lar,  gaz  oqimi  bilan  olib  chiqiladi  va  keyinchalik  gazlarni 
sovutganda, 
qattiq 
zarrachalarni 
yoki 
suyuq 
tomchilarni 
hosil 
qilib 
kondensatsiyalanadi.  Rangli  metallurgiyada  “vozgon”  deb  nomlanuvchi  mayin 
chang  zarrachalarining  o‘lchami,  hosil  bo‘lish  paytida,  mikrometrning  o‘n  va 
yuzdan bir qismini tashkil etadi. 
 “Vozgonlar” kimyoviy tarkibi bo‘yicha dastlabki xomayoshdan farq qiladi va 
tarkibida  uchuvchan  komponentlarni  saqlaydi,  masalan  rux,  kadmiy,  qo‘rg‘oshin, 
germaniy, indiy. 
Gidrometallurgik  jarayonlarning  asosiy  mahsulotlari  eritma  va  kekdir. 
Tanlab  eritish  jarayonining  mahsulot  eritma  deb  nomlanadi.  Eritmada  erigan 
modda 
molekulyar 
parchalangan 
holatda 
bo‘ladi.Eritmalarning 
muhim 
tavsiflaridan  biri  bu  konsentratsiyadir.  Konsentratsiya  bu  eritmani  tashkil  etuvchi 
moddalarning  solishtirma  miqdori  ko‘rsatgichisidir.  Metallurgiya  amaliyotida 
erigan  moddaning  konsentratsiyasi  ko‘p  hollarda  foizda  (massa  bo‘yicha)  yoki 
erigan  moddaning  miqdorini  umumiy  eritma  xajmiga  nisbati  bilan  belgilashadi, 
masalan g/l yoki kg/m
3
.  

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   108




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish