Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Milliy o‘yinlarning bola tarbiyasidagi ahamiyati qanday?
2. 
Milliy o‘yinlarning tarixini ochib bering.
3. 
Sanamalar qachon ishlatiladi va bolalarni uyushishiga 
qanday ta’sir etadi?
4. 
Qanday milliy o‘yinlarni bilasiz va turli yosh guruhlarda 
ularni o‘tkazish uslubiyatining o‘ziga xosligi nimada?
6-§. Sport elementlari bo‘lgan harakatli o‘yinlarni 
o‘tkazish
Sport o‘yinlariga voleybol, basketbol, sharcha, badminton, 
lapta, stol tennisi, futbol, xokkey kiradi. Bolalar bog‘chasida 
katta va maktabgacha tayyorlov guruhlarida sport o‘yinlarini 
o‘tkazish mumkin. Ular bolalar musobaqa, o‘yin estafetasi 
elementlari mavjud harakatli o‘yinlarni uyushgan holda 
o‘ynaydigan va harakatli o‘yinni mustaqil tashkil etadigan 
bo‘lganda asta-sekin joriy etiladi. Sport o‘yinlari harakatli 
o‘yinlardagidan ko‘proq o‘zini tuta bilishni, uyushqoqlikni, 


151
kuzatuvchanlik, muayyan harakat texnikas ini, harakatning 
tezkor reaksiyasini egallashni talab qiladi.
Sog‘lomlashtirish, ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarning 
birligi, ular yordamida hosil bo‘ladigan emotsional ko‘tarinkilik, 
harakatlarni takomillashtirish mumkinligi, u yoki bu o‘yinlarni 
birlashtiruvchi belgi hisoblanadi. Biroq, agar harakatli 
o‘yinlarda bolalar ijobiy tashabbus ko‘rsatgan holda turli 
harakatlardan foydalansalar, sport o‘yinlarida harakatlarning 
bir qadar chegaralanganligi kuzatiladi, bu mazkur o‘yinning 
o‘ziga xos xususiyati va harakat faoliyati texnikasining aniqligi 
bilan belgilanadi. Sport o‘yinlarida qatnashuvchilar soni aniq 
belgilangan, ularning vazifalari taqsimlangan, o‘yin muddati 
vaqti chegaralangan bo‘ladi. O‘yinlarni o‘tkazish shartlari 
maxsus tayyorlanadigan joyni, belgilangan maydonchani, 
tegishli jihoz va inventarlarni talab qiladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan o‘yinlarda bolalar sport o‘yinlari 
texnikasining umumiy talablariga javob beruvchi to‘g‘ri ko‘- 
nikmalarni egallaydilar. Bu ko‘nikmalar ko‘pincha o‘yinlarni 
qayta o‘rganishni istisno etadi va maktabga tayyorlanish uchun 
muhimdir.
Bolalarning sport o‘yinlarini (basketbol, voleybol, tennis) 
o‘ynashi uchun ular to‘pni erkin egallash ko‘nikmasiga ega 
bo‘lishi muhimdir. To‘p bilan harakat qilish, tutib olish, ilib 
olish va ushlab turish, to‘pni yo‘nalishini belgilab olish, fazoda 
to‘g‘ri mo‘ljal olish kabi zarur malakalarni rivojlantiradi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish