Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi


Sakrashning har xil turlari mavjud



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Sakrashning har xil turlari mavjud
1. 
Turgan joyida sakrash.
2. 
Yurib turib sakrash.
3. 
Turgan joydan oldinga sakrash.
4. 
Yugurib kelib uzunlikka va balandlikka sakrash.
5. 
Tepadan pastga qarab yoki chuqurlikka sakrash va bosh- 
qalar.
Sakrash turlaridan biri hisoblangan arqoncha bilan o‘ynab 
sakrash keng tarqalgan.
Sakrash to‘rt bosqichdan iborat
1. 
Tayyorlov bosqichi – dastlabki holatda turish yoki yu- 
gurib kelish.
2. 
Asosiy bosqich – depsinish.
3. 
Parvoz etish.
4. 
Oxirgi bosqich – yerga tushish.
Turgan joydan sakrashdagi tayyorgarlik bosqichi 
quyidagicha bo‘ladi: cho‘qqayib, gavda umumiy og‘irlik 
markazi pasaytiriladi, qo‘llar juda kuchli siltash maqsadida 
orqaga uzatiladi, oyoq muskullari keyingi bosqichda yaxshi 
qisqarishi uchun cho‘ziladi.
Yugurib kelib sakrashda – tezlanuvchan yugurish, bir oyoq 
bilan tiralib itarilish metodi qo‘llaniladi.
Asosiy bosqich itarilish va parvozdir. Itarilish parvozning 
dastlabki tezligi va to‘g‘ri yo‘nalishini ta’minlaydigan yozuvchi 
muskullarning kuchli qisqarishi bilan bog‘liqdir; parvoz 


89
ko‘tarilish va yerga tushishga tayyorlanishda gavdaga kerakli 
holat baxsh etadi.
Yakunlovchi bosqich – yerga tushish parvozning 
keskin chayqalmasdan va zarbsiz tugallanishidadir. Bunda 
muvozanatni saqlash uchun barcha harakatlar koordinatsiyasi 
zarur.
Turgan joyidan (100 sm dan kam emas) va yugurib kelib 
(180–190  sm  dan  kam  emas),  uzunlikka  sakrashda  ikkala 
oyoqda, oyoq uchidan butun kaftga o‘tib yerga tushiladi.
Turgan joyidan (ip, uncha katta bo‘lmagan kubik ustidan) 
va  yugurib  kelib  (50  sm  dan  kam  bo‘lmagan)  balandlikka 
sakrashda avval oyoq uchida qo‘nilib so‘ng oyoq kafti to‘liq 
bosiladi, bu oyoq kaftining amortizatsiya rolini o‘ynashiga 
imkon beradi.
Chuqurlikka  sakrashda  (sakrab  tushishda)  avval  oyoq 
uchida tushiladi, so‘ng oyoq to‘la bosiladi.
Yarim bukilgan oyoqlarda yumshoq tushish itarilish kuchi 
harakatini bo‘g‘indan bo‘g‘inga asta-sekin o‘tishini ta’minlaydi, 
ichki organlar va bosh miyani chayqalishdan, shuningdek, oyoq 
tagini qotib qolishdan saqlaydi. Tizimli mashqlar jarayonida 
bo- lalarda asta-sekin zarur harakat koordinatsiyasi shakllana 
boradi. Bunda propritseptiv sezish, vestibular apparat, ko‘rish 
bilan bog‘liq shartli reflektorli harakat reaksiyalari muhim rol 
o‘ynaydi. Sakrashlar bosh miya po‘stlog‘i rivojlanganligining 
muayyan darajasini oyoq va qo‘l suyaklarining mustahkamligini, 
qayishqoqligi va ko‘z mo‘ljalini talab qiladi. Ko‘rsatib o‘tilgan 
barcha sifatlarning rivojlanishi mashqlar jarayonida kechadi:
ular miya po‘stlog‘ining harakat markazlarini chiniqtiradi, 
ular funksiyasini va shu asnoda harakatlarni idora qilish 
qobiliyatini yaxshilaydi.
Sakrash ko‘nikmasining rivojlanishi u to‘la shakllanmas- 
dan oldin boshlanadi: bolalar bir yoshda kattalar ko‘magida ikki 
oyoqda yerdan ajralmasdan ritmik tarzda cho‘qqaya boshlaydi- 
lar, so‘ngra ritmik sakray boshlaydilar. 2 yoshga yetganda 
bolalar turgan joylarida mustaqil cho‘qqayib o‘tirish, prujinasi- 
mon harakatlar qilish, yerdan oyog‘ini biroz uzib yengil sakrash 


90
malakalarini egallaydi. Bolalar chuqurlikka sakrash (sakrab tu 
shish) va turgan joyidan uzunlikka sakrash (polda yotgan ikki 
ip  yoki  ikki  chiziq  osha  sakrash)  ni  balandlikka  sakrashdan 
ko‘ra osonroq bajaradilar.
3 yoshgacha bo‘lgan bolalar kamdan kam to‘g‘ri sakraydi- 
lar. Buning uchun ularda hali zarur koordinatsiya, muvozanat- 
ni saqlash, tayanch-harakat apparatlarining tayyorgarligi (suy 
ak-muskul tizimi va paylar yaxshi rivojlanmagan, tovon gum- 
bazi to‘la shakllanmagan bo‘ladi) bo‘lmaydi va shuning uchun 
prujinasimon xususiyatlar yetishmaydi.
Tizimli mashg‘ulotlar natijasida 2,5 yoshli bolalarning uch- 
dan bir qismi turgan joyida oyoq uchida birmuncha aniq sakray 
oladigan va 20 sm balandlikdan sakrab tusha oladigan bo‘ladi. 
3 yoshga yetganda bu malakani bolalarning 90 % egallaydi, 
biroq balandlikdan sakrashganda ularning barchasi oyoq kaftini 
to‘la bosib tushadilar.

yoshga qadam qo‘ygan bolalar joyida turib uzunlikka 
sakrash malakasini egallay olmaydilar. Agar bu harakatga 
maxsus o‘rgatilsa, bolalar uni juda tez o‘zlashtiradilar. 2,5 
yoshda bolalar turgan joyidan 10 sm dan 25 sm gacha, 3 yoshda 
esa 25–40 sm uzunlikka sakraydilar.
Sakrashga o‘rganishda asosiy e’tibor yerga yumshoq tu- 
shishga qaratiladi. Bolalarni kelajakda sakrash texnikasini egal 
lashga tayyorlaydigan oddiy mashqlar asta-sekin joriy qilina 
boshlanadi (dastlabki holatlarda oyoqlarni parallel qo‘yish, 
oyoqni tizzadan bukish, “prujinasimon”, qo‘llarning erkin 
harakati).  Sakrash  masofasi  ham  uzayadi  (70  sm  dan  kam 
bo‘lmaydi).
Keyinchalik bolalar olti yoshga qadam qo‘yganlarida turgan 
joyidan  va  yugurib  kelib  uzunlikka  (100  sm  dan  kam  emas) 
va  balandlikka  (30–40  sm)  sakrash  texnikasi  elementlarini 
o‘zlashtirib  oladilar,  qo‘l  va  oyoqlarini  birmuncha  muvofiq 
harakatlantiradilar. Biroq itarilish vaziyati yetarli darajada 
faol va keskin bo‘lmaydi. Sakrashga o‘rganishda yugurib 
kelishga (u qadamlarning tezlashishi bilan toq sanoqda: 3–5–
7–9 da tugaydi), o‘z vaqtida va kuch bilan itarilishga, turgan 


91
joyidan balandlikka sakrashdagi kabi yumshoq tushishga 
e’tibor beriladi. Uzun, qisqa va aylanadigan arg‘amchilar bilan 
bajariladigan mashqlar kiritiladi.
Yetti yoshga qadam qo‘ygan bolalar xilma-xil sakrash 
texnikasini yetarli darajada egallagan bo‘ladilar. Ularda qo‘l 
va  oyoqlar  harakatining  yengilligi,  ritmliligi,  muvofiqligi 
birmuncha kuchli itarilish, parvoz uzoqligining ortishi, yerga 
tushishining yumshoqligi kuzatiladi.
Sakrashni takomillashtirish uchun qisqa, uzun va aylan- 
tiriladigan arg‘amchilar bilan bajariladigan mashqlar, bir oyoqda 
navbati bilan sakrashlar, oyoqlarni to‘g‘ri va chalishtirilgan 
holda yengil sakrashlar, polga qator qilib predmetlardan sakrab 
o‘tish mashqlari; burilib va qo‘llarni turlicha harakatlantirib 
bajariladigan sakrashlar; oldinga, orqaga yon tomonlarga siljib 
sakrash va boshqalar tavsiya etiladi.
Arg‘amchi bilan sakrash mashqlarini bajarish vaqtida 
bolalarda harakatlarni moslashtirish qobiliyati takomillashadi, 
chunki arg‘amchi bilan sakrash vaqtida qo‘l va oyoq harakatlarini 
aniq  muvofiqlashtirib  borish,  bir  maromda  sakrash,  aylanib 
turgan arg‘amchining yo‘nalishi hamda tezligi, sur’atiga 
muvofiq ravishda harakat qilish talab qilinadi. Arg‘amchi bilan 
sakrash mashqlari xilma-xil bo‘lib hayajon bilan bajariladi. 
Arg‘amchida sakrashni oldinga qarab sakrashdan boshlab 
o‘rgatiladi. Sakrashni turgan joyda, oldinga qarab yurish va 
yugurishdan keyin esa orqaga qarab sakrash, yonga qarab 
sakrash, diagonal yo‘nalishda sakrashlar. Arg‘amchi bilan 
sakrashlar bayramlarda bolalarni gimnastik chiqishlari vaqtida 
bunday mashqlardan keng foydalaniladi.

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish