Maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi



Download 4,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet26/121
Sana06.08.2021
Hajmi4,53 Mb.
#139751
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi

Nazorat uchun savollar
1. 
Ta’limning metod va usullari haqida tushuncha bering.
2. 
Ta’limning ko‘rgazmali metod va usullari qaysilar?
3. 
Ta’limning og‘zaki metod va usullari nechta?
4. 
Ta’limning amaliy metod va usullari hamda ularning 
boshqa metodlar bilan bog‘liqligi haqida so‘zlab bering.
4-§. Bola asab tizimining alohida xususiyatlari
Ilk yoshdagi va maktabgacha yoshdagi bolalarning to‘laqonli 
jismoniy tarbiyasini amalga oshirishda bola markaziy asab 
tizimi rivojlanishining yoshga oid qonuniyatlarini o‘rganish 
alohida ahamiyatga ega. Bu pedagogik ta’sir etish shakllarni 
tanlashga va ta’lim-tarbiyaviy jarayonni tashkil etishga yordam 
beradi.
Olimlarni aniqlashicha, bola o‘zining tug‘ma qobiliyati 
va asab tizimi xususiyatlari bilan dunyoga keladi. Biroq, 
ular bola psixik rivojlanishining organik zamini bo‘lib, 
bu rivoshlanishning xarakter va darajasini belgilamaydi. 
Shuningdek, har bir bola o‘zining asab-ruhiy rivojlanishi uchun 
ishonchli asosni tashkil etuvchi katta potensial psixofiziologik 
imkoniyatlarga ega bo‘lishi isbotlangan. Shunday qilib, bir 
tomondan organik zaminni va ikkinchi tomondan potensial 
imkoniyatlarni hisobga olgan holda, eng qulay pedagogik 


37
sharoit yaratish, maqsadga yo‘naltirilgan tarbiya va ta’lim 
sharoitida bola organizmi va psixikasga bevosita ta’sir etish 
imkonini beradigan jismoniy tarbiya jarayonini to‘g‘ri tashkil 
etish lozim. Bolaning tug‘ma asab tizimi xususiyatlari va 
uning shakllanishidagi tashqi ta’sirning yetakchi rolini hisobga 
olgan holda to‘g‘ri tartib (yaxshi uyqu, mashg‘ulotlar hajmini 
aniq belgilash, faol harakat faoliyati, ochiq havoda bo‘lishga 
belgilangan vaqt) va uning og‘ishmay bajarilishini ta’minlash 
muhimdir. Bunda ijobiy emotsional vaziyat – bolalarning o‘zaro 
va kattalarning bolalar bilan bir maromda vazmin, do‘stona 
munosabatlari alohida ahamiyatga ega.
Fiziolog N.I. Krosnagorskiy fikricha: “Kattalarning namu- 
na bo‘lishi, atrof-muhit va butun sharoit oliy asab tizimining 
rivojlanishida muhim omillar sanaladi. Norozilik, hayajonli, 
janjalli vaziyatda bolalar injiqliklarining turli shakllari kelib 
chiqadi, bolaga har tomonlama vazmin muomala qilish esa 
qat’iy, tugallangan xarakter shakllanishining yaxshigina 
vositasidir”.
Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarning tipologik xusu-
siyatlariga individual tartibda yondashish, tartib uchun optimal 
sharoit, chiniqish, faol harakat faoliyati, bolaning emotsional 
ijobiy holatini amalga oshirish maqsadida hisobga olinadi.
Tarbiyachining kundalik turmush jarayonidagi shaxsiy 
kuzatishlari juda muhimdir. Mavjud tahlil qilish tarbiyachiga 
zarur xulosalar chiqarishga va bolaning emotsional holatini 
saqlab turishga, xilma-xil faol faoliyatni rivojlantirishga, ijodiy 
maylini namoyon qilish yo‘llarini belgilashga yordam beradi.
Jismoniy tarbiya bola shaxsining har tomonlama rivojlani- 
shiga ta’sir etishning amaliy vositalari va metodlariga ega. Faol 
harakat faotiyati jarayonida bola axloqiy-irodaviy sifatlarni 
namoyon etishni mashq qiladi: o‘yinda qo‘lga tushish xavfiga 
qaramasdan botirlik bilan harakat qiladi, o‘rtog‘ini qo‘llashga, 
umumiy ishni hamma bilan birgalikda bajarishga intiladi, 
(masalan, o‘z vaqtida yugurib kelib, barcha bolalar bilan 
safga  tizilishi)  va  boshqalar.  Bunday  harakat  birnecha  bor 
takrorlangach, bola uni zarurat sifatida anglaydi, tarbiyachi va 
tengdoshlarining rag‘batlantiruvchi bahosi bolada ma’naviy 
qoniqish tuyg‘usi, emotsional ko‘tarinkilik, bundan keyin ham 


38
shunday harakat qilish istagini uyg‘otadi. Yetakchi rollarni 
tortinchoq bola ijro etishi va tarbiyachining topshirig‘iga ko‘ra 
biror mashqni qanday bajarishni barcha bolalarga ko‘rsatish va 
tushuntirish, uni asta-sekin uyatchanlikdan qutqaradi, xotira- 
sini charxlaydi, mashg‘ulotlarga qiziqishni uyg‘otadi. Bola an- 
cha xushmuomala, tashabbuskor, xushchaqchaq bo‘la boradi. 
Yengiltak, biroq o‘ziga bino qo‘ygan bolalar mashg‘ulotlar va 
o‘yinlar  jarayonida asta-sekin umumiy talablarga bo‘ysunadigan, 
ancha vazmin, uyushgan, o‘zgalarga yon beradigan, qiziqarli 
topshiriqlar (o‘yinda boshlovchi bo‘lish, sevimli rolni o‘ynash, 
mashqlarni tushuntirish va namoyish qilish h.k.)ni bajarishda 
navbatga rioya qiladigan bo‘la boradilar.
Chiniqishga oid tadbirlar asab tizimini mustahkamlaydi 
va uning faoliyatini yaxshilaydi; jismoniy mashqlar, jumladan 
harakatli o‘yinlar faol harakat faoliyati uchun sharoit yaratadi va 
emotsional ko‘tarinkilik, g‘ayrat uyg‘otadi, qon aylanishi, yurak 
faoliyati va miyaning qon bilan ta’minlanishini kuchaytiradi, 
organizmni umumiy sog‘lomlashtirishga yordam beradi.
Bolada ijodiy tashabbusning tizimli rivojlanishini 
jismoniy tarbiyaning ajralmas qismi deb hisoblash lozim. 
Bu tashabbusning namoyon bo‘lishiga harakatli o‘yinlar va 
jismoniy mashqlardagi harakat faoliyati yordam beradi. Bu 
harakat  shakllarida  (bolalarga)  beriladigan  ijodiy  topshiriqlar 
tasavvur va tafakkurning rivojlanishini, assosiatsiya va biror 
narsa o‘ylab topish istagining tug‘ilishini, so‘ng o‘z niyatini 
amalda qo‘llashga intilishni kuchaytiradi. (L.M. Korovina, 
E.Y. Stepanenkova).
“Inson salomatligi haqida g‘amxo‘rlik, ayniqsa bola salo- 
matligi haqida g‘amxo‘rlik, – deb yozgan edi V.A. Suxom- 
linskiy, – bu faqatgina sanitariya-gigiyena me’yor va qoida- 
lari kompleksi, tartib, ovqatlanish, mehnat qilish, dam olishga 
qo‘yiladigan talablar yig‘indisigina emas. Bu avvalo, barcha 
jismoniy va ma’naviy kuchlarning garmonik to‘kisligi haqida- 
gi g‘amxo‘rlikdir va garmoniyaning gulchambari – ijod zavqi, 
quvonchi hisoblanadi”.


39

Download 4,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   121




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish