Noturg‘un tovushning intilishi bo‘yicha turg‘un tovushga o‘tishi to-
vushning yеchilishi dеb aytiladi.
Ladning noturg‘un pog‘onalari tortilish tizimiga bo‘ysunib,
quyidagicha yеchiladi:
VII
I
II
III
IV
V
VI
61-misol.
VII pog‘ona faqat yuqoriga tortilib, I pog‘ona, tonikaga yеchi-
ladi.
VI pog‘ona faqat pastga tortilib, V pog‘onaga yеchiladi.
II va IV pog‘onalar ikki tomonga qo‘shni turg‘un tovushlar-
ga yеchilishi mumkin. biroq II pog‘onaning tonikaga yеchilishi,
IV pog‘onaning III pog‘onaga yеchilishi tabiiyroqdir. Chunki
turg‘un pog‘onaning turg‘unlik darajasi (III pog‘onaga olib qara-
ganda I pog‘onaning turg‘unlik darajasi balandroq), so‘ng notur-
g‘un pog‘onadan turg‘un pog‘onagacha uzoq-yaqinligi e’tibor ga
olinadi.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |