Izohlar:
1) Qat‗iy miqdorda belgilangan aktsiz solig‗i stavkalari O‗zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi tomonidan narxlarning dinamikasi hamda mahsulotning sotilishi hajmidan
kelib chiqqan holda yil mobaynida qayta ko‗rib chiqilishi mumkin.
2) ―GM Uzbekistan‖ AJ avtomobillari, tabiiy va suyultirilgan gazga hamda qimmatbaho
metallarga aktsiz solig‗ini to‗lovchilar va uni to‗lash tartibi O‗zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi bilan kelishilgan holda
belgilanadi.
Ayrim rivojlangan davlatlarda, masalan, Frantsiyada aktsizlar tovarlarning natural
birligiga nisbatan qat‗iy stavkalarda belgilab qo‗yilgan. Jumladan, 1 litr vino uchun aktsiz
solig‗ining stavkasi 22 santimni, 1 litr shampan vinosi uchun 55 santimni, 1 litr pivo uchun
esa 19,5 santimni tashkil qiladi.
14
AQShda aktsiz soliqlari Federal ahamiyatga ega bo‗lgan soliq hisoblanadi. Lekin
ularning davlat byudjeti daromadlarining hajmidagi salmog‗i nisbatan kichik. Aktsiz solig‗i
tamaki va alkogolli mahsulotlarga, transport xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Aktsiz
solig‗ining stavkasi 10 foizni tashkil etadi.
Buyuk Britaniyada aktsiz soliqlari egri soliqlarning tarkibida salmog‗iga ko‗ra
qo‗shilgan qiymat solig‗idan keyingi o‗rinni egallaydi. Aktsiz solig‗i yoqilg‗i, alkogol va
tamaki mahsulotlariga, transport vositalari va xizmatlariga nisbatan joriy qilingan. Uning
stavkalari 10 foizdan 30 foizgacha oraliqda tebranadi.
Germaniyada aktsiz solig‗i bo‗yicha tushumlarning asosiy qismi Federal byudjetga
o‗tkaziladi, faqat pivoga nisbatan joriy qilingan aktsiz solig‗i bo‗yicha tushumlar federal
byudjetga kelib tushmaydi. Aktsiz solig‗ining stavkalari tovarlarning noto‗g‗ri birligiga
nisbatan foizlarda va ―evro‖da belgilangan. Masalan, sug‗urta bitimlari bo‗yicha aktsiz
solig‗ining stavkasi sug‗urta polisi summasining 12 foiz miqdorida belgilangan. Shampan
vinosiga nisbatan belgilangan soliq stavkasi 0,75 litr uchun 2 evroni tashkil qiladi.
Rossiya Federatsiyasida 2001 yilning 1 yanvaridan boshlab, soliq kodeksining 2-qismini
kuchga kiritilishi munosabati bilan aktsizlarni qo‗llash doirasi sezilarli darajada kengaytirildi,
ya‗ni an‘anaviy aktsiz solig‗i to‗lovchilar qatoriga ulgurji savdo tashkilotlari ham kiritildi.
Rossiya Federatsiyasida aktsiz solig‗ining davlat byudjeti daromadlarining manbai
sifatidagi roli juda muhim bo‗lib, u aktsiz soliqlari bo‗yicha tushum summalarini Federal
byudjet daromadlari tarkibidagi salmog‗ini yuqori ekanligida namoyon bo‗ladi. Masalan,
2003 yilda aktsiz solig‗i bo‗yicha tushumlarning Rossiya Federal byudjeti daromadlari
tarkibidagi salmog‗i 9,6 foizni tashkil qildi.
15
14
Toxir Malikov. Soliqlar va soliqqa tortishning dolzarb masalalari. –T.: 2002. -15 b.
15
Налоги и налогообложение. Учебник. //под ред. проф. М.В.Романовского и проф. О.В.Врублевской.
Санкт-Петербург: ПИТЕР, 2003. –С. 190
Do'stlaringiz bilan baham: |