4
KIRISH
Iqtisodiyotning erkinlashuvi sharoitida soliqlar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar davlat
byudjetining asosiy daromad manbasi hisoblanadi, shuning uchun noiqtisodiy ta‘lim ixtisosligi
talabalari yuridik hamda jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va ularga tenglashtirilgan
to‘lovlar bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lishi, to‘lovlarni hisoblash va byudjetga to‘lash
tartiblarini soliq nazariyasi, soliq qonunchiligi asoslari, soliqni prognoz qilish va boshqa
o‘zlashtirgan bilimlari asosida mukammal o‘rgangan etuk mutaxassis bo‘lib etishishini bugungi
kun talabi taqozo etmoqda. Soliqlar va soliqqa tortish fani bo‘yicha noiqtisodiy mutaxassislar
mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va
Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan farmon va qarorlarning ma‘no hamda mohiyatini
anglashi, iqtisodiy bilimlarga ega bo‘lish bilan bir qatorda soliq turlarini, soliq ob‘ektlari,
sub‘ektlari, soliqni hisoblash yo‘llarini, uni undirish usullari, imtiyozlari, soliq organlariga
hisob-kitoblarni taqdim etish tartibi bo‘yicha ko‘nikmalarga ega bo‘lishi zarur.
Xalqimizning xuquqiy saviyasi va xuquqiy ongini oshirish davlat siyosatining ustivor
yunalishlaridan ekanligi ta‘kidlanayotgan, mutaxassis kadrlar tayyorlashda ularning xuquqiy
bilimlarni chuqur egallashlariga aloxida e‘tibor qaratilayotgan bugungi
kunda ona tilimizda va
Uzbekiston Respublikasi milliy qonunchiligi asosida solikka oid darsliklar, uquv
qullanmalari, adabiyotlar yaratilishi dolzarb va xayrli ish ekanligi shubxasizdir.
Ayniqsa davlat moliyasiga oid munosabatlarga, davlat byudjeti daromadlarini
shakllantirishga, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ularning soliq soxasidagi
Konstitutsiyaviy majburiyatlarini uz vaqtida, savodli tarzda bajarishlariga kumaklashuvchi
darslik yaratilishi ayni paytda qilingan ish deb baxolanmoki zarur. Chunki Uzbekistonning
yangi, 2008 yil 1 yanvardan amalga kiritilgan Soliq kodeksi mutaxassislar tomonidan chuqur
uzlashtirib olinishi, keng xalq ommasi orasida xar tomonlama targib va tashviq qilinishi
lozim.
Zero soliq qonunlarini soliq tulovchilar tomonidan tuliq va okishmay bajarilishi bu
qonunlarni chuqur uzlashtirishni taqozo etadi. Bu maqsadga erishish soliqlar va boshqa
majburiy tulovlarni davlat xamda maxalliy byudjetlarga uz vaqtida, tula xajmda kelib
tushishini, soliqqa oid va boshqa xujalik faoliyatiga oid xuquqbuzarliklar xamda
jinoyatlarning oldi olinishiga, davlatimizning iqtisodiy qudrati yuksalishiga, isloxotlarni
muvaffaqiyat bilan olga siljishiga, xalqimiz moddiy farovonligi va madaniyatining
yuksalishiga xizmat qilishi shak-shubxasizdir.
Mazkur ma‘ruzalar matnida soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ahamiyati, ob‘ektiv
zarurligi, soliq tizimida va davlat byudjeti daromadlaridagi salmog‘i, soliq tizimining
shakllanishi va rivojlanish bosqichlari, soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari, yuridik
shaxslarni soliqqa tortish tartibi, ular to‘laydigan soliqlar va soliqqa tenglashtirilgan
to‘lovlarni undirish mexanizmi, shuningdek jismoniy shaxslarni soliqqa tortish uslubiyotining
amaldagi holati batafsil yoritilgan.
Soliq tushunchasi paydo bo‘lganidan boshlab, uni joriy qilish va soliq munosabatlarini
rivojlantirish bilan muntazam shug‘ullanib kelingan. Soliqlar bo‘yicha klassik iqtisodchi
olimlardan A. Smit, D. Rikardo, U. Petti, N. Turgenov, D. Yum, A. Laffer hamda hozirgi
zamon iqtisodchi olimlaridan R. Kempbell, K. Makkonel, V. Tverdoxlebov, S. Fisher, A.
Voznesenskiy, V. Gluxov, E. Teyt, E. Glazova, D. Cherniklarning asarlarida batafsil
yoritilgan. Bundan tashqari respublikamiz iqtisodchi olimlaridan I.A. Karimov, M.
Sharifxo‘jaev, S.S. G‘ulomov, H. Sobirov, Q. Yahyoev, T. Malikov, N. Haydarov, E. Gadoev,
O. Olimjonov, M. Alimardonov, B. Toshmurodova, Sh. Gataulin, D. Shaulov kabilarning
ilmiy asarlarida soliqlar va soliq munosabatlari to‘g‘risida fikr yuritilgan. Mazkur ma‘ruzalar
matnini yaratish jarayonida yuqorida nomlari zikr etilgan iqtisodchi olimlarning soliqlar
bo‘yicha olib borgan ilmiy ishlaridan keng foydalanildi. Shu bilan birgalikda O‘zbekiston
Respublikasi Soliq Kodeksi, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari,
5
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan
me‘yoriy hujjatlar va Internet tarmog‘i ma‘lumotlaridan hamda Davlat soliq qo‘mitasi hisobot
materiallaridan keng foydalanildi.
Fan bo‘yicha baholash mezonlari oldindan berilib, ma‘ruza va seminar mashg‘ulotlari
davomida soliq turlarining hisoblanish uslubiyatini tavsiflovchi masalalar, tahliliy jadvallar,
slaydlar hamda ko‘rgazmali qurollar qo‘llanilishiga hamda yangi pedagogik texnologiyalar
asosida mashg‘ulotlar o‘tkazilishiga alohida e‘tibor qaratilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: