16
Soliqlarning mohiyati ularning bajaradigan funktsiyalaridan kelib chiqadi. Har bir
iqtisodiy kategoriyaning o‘z funktsiyasi mavjud. Soliq ham mustaqil kategoriya sifatida o‘zi
bajaradigan funktsiyalarga ega bo‘lib, bu funktsiyalar soliq kategoriyasining amaldagi
harakatini ifodalaydi. Funktsiya deganda, odatda kategoriyaning hayotda ko‘p qaytariladigan,
takrorlanadigan doimiy xarakatlarini tushunish lozim.
Soliqlarning funktsiyalari to‘g‘risida turli xil qarashlar mavjud. Sobiq sotsialistik
mamlakatlar iqtisodchilari o‘rtasida soliqlar ikki funktsiyani bajaradi, degan qarash keng
tarqalgan edi. Bu ikki funktsiya sifatida fiskal va nazorat funktsiyalari tan olinardi. Ularning
fikriga ko‘ra eng asosiy funktsiya bu soliqlarning fiskal funktsiyasidir, chunki busiz nazorat
funktsiyasining mavjud bo‘lishi mumkin emas.
G‘arb iqtisodchilari ko‘pchiligining nazariyalari angliyalik iqtisodchi J.M. Keynsning
kontseptsiyasiga asoslanadi. By kontseptsiyaga ko‘ra, soliqlar fiskal funktsiyasidan tashqari
iqtisodiyotni tartibga solish, rag‘batlantirish va daromadlarni boshqarish vositasi
funktsiyalariga ega, soliqning bu funktsiyalari uni iqtisodiyotni tartibga solish va iqtisodiy
barqaror o‘sishni ta‘minlash vositasi sifatida foydalanish zarurligidan kelib chiqadi.
Neokeynschilik yo‘nalishi vakillari bo‘lgan L. Xarrot, N. Kaldor, A. Xansen va P.
Samuelsonlarning fikriga ko‘ra, soliqlar iqtisodiyotni tartibga solish funktsiyasiga ega. Ular
soliq stavkalarini o‘zgartirish va turli imtiyozlar berish yo‘li bilan bu funktsiyani bajarish
mumkin deb hisoblaydilar.
Soliqlarning daromadlarni boshqarish funktsiyasi yuzaga kelishiga frantsuz iqtisodchisi
E. De Jirardenning nazariyasi asos bo‘lgan. Bu nazariyaga ko‘ra, soliqlar yordamida soliqqa
tortishning progressiv shkalasini qo‘llash yo‘li bilan jamiyat a‘zolari o‘rtasidagi mulkiy
tengsizlikka barham berish mumkin. Hozirgi kunda bu nazariyaning davomchilari bo‘lib,
amerikalik iqtisodchilar A. Ilersik, G. Koul, frantsuz iqtisodchilari M. Klyudo, J. Furaste
hisoblanishadi. Ularning fikriga ko‘ra, davlat soliqlardan va transfert to‘lovlaridan
foydalanish yo‘li bilan jamiyat milliy daromadini kambag‘allar foydasiga qayta taqsimlaydi.
Bu nazariyalar soliqlarning daromadlarni tartibga solish funktsiyasi mavjud degan xulosa
kelib chiqishiga sabab bo‘ldi
7
.
I. Malmiginning fikriga ko‘ra, soliqlar uch funktsiyani bajaradi, ya‘ni fiskal, taqsimlash
va rag‘batlantirish. Uning fikriga ko‘ra birinchi funktsiya davlat daromadlari manbalarining
tashkil topishi bilan bog‘liq, ikkinchisi huquqiy va jismoniy shaxslarning daromadlarini
taqsimlashni nazarda tutadi. Rag‘batlantirish funktsiyasi turli imtiyozlar va engilliklar berish
yo‘li bilan amalga oshiriladi.
8
O‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdiki, g‘arb iqtisodiy adabiyotlaridagi daromadlarni boshqarish
funktsiyasi I. Malmiginda taqsimlash funktsiyasi sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Soliqlarning funktsiyalari ularning mohiyatini amaliyotda harakat qilayotganligini
ko‘rsatadi. Shunday ekan, funktsiya doimo yashab, soliq mohiyatini ko‘rsatib turishi zarur.
Bugun paydo bo‘lib ertaga yo‘q bo‘lib ketadigan holatlar soliq funktsiyasi bo‘la olmaydi.
Demak, funktsiya kategoriyasi doimiy, qat‘iy takrorlanib turadigan voqelikni ifodalaydi.
Shunday uslubiy yondashishdan kelib chiqib soliqlar funktsiyasini aniqlash kerak.
Soliqlarning funktsiyalari masalasida katta bahslashuvlar mavjud, lekin yagona bir
fikrga
kelingan
emas. Ko‘pchilik iqtisodchilar soliqlarga fiskal, boshqaruvchi,
rag‘batlantiruvchi, nazorat funktsiyalari xos deb ta‘rif berishadi.
Fikrimizcha, soliqlarning quyidagi asosiy funktsiyalarini ajratib ko‘rsatish maqsadga
muvofiqdir:
1. Soliqning fiskal funktsiyasi.
2. Tartibga solish funktsiyasi.
3. Rag‘batlantirish funktsiyasi
4. Soliqning nazorat funktsiyasi.
Do'stlaringiz bilan baham: