Soliq imtiyozlari- soliq to‘lovchilarga soliqlar bo‘yicha turli xil yengilliklar bo‘lib,
ular vaqtinchalik va doimiy, to‘liq yoki qisman va boshqa ko‘rinishlarda berilishi mumkin.
Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, mezonlari mamlakat ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Soliqni hisoblab chiqarish tartibi- soliqni hisoblab chiqarish tartibi soliq davri uchun
soliq solinadigan bazadan, stafkadan, shuningdek soliq imtiyozlaridan kelib chiqib, soliq
summasini hisoblash qoidalarini belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |