128
Bojxona organlari tomonidan ushbu tovarning bojxona bahosi aniqlashda tovarning
bahosini 960 AQSh dollari qilib baholashgan. Bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish
vaqtida 1 AQSh dollari so‗m, bojxona boji stavkasi-10%, import bo‗yicha qo‗shilgan qiymat
solig‗i stavkasi -20%, bojxona rasmiylashtirish uchun undiriladigan yig‗im - 0,2 %.
Olingan tovarning haqiqiy tannarxini aniqlang?
23-masala. Import qilinayotgan 1 litr aroqning (Germaniyada ishlab chiqarilgan)
bojxona qiymati-1720 so‗m.
Bojxona qiymatiga, yukni bir joydan ikkinchi joyga ko‗chirish, ortish, tushirish,
o‗lchash va sug‗urta qilish va boshqa summalarni o‗z ichiga oladi. Import qiluvchi
korxonaning firma do‗konida bir butilka aroq necha so‗mdan sotiladi, agarda korxonaning
qo‗shimcha xarajatlari aroqni omborga olib kelishga va boshqa zarur xarajatlar (sertifikatsiya
qilish va h.k) olingan tovarning haqiqiy tannarxiga ya‗ni bojxona qonun xujjatlariga muvofiq
hisoblab chiqilgan(aktsiz va qo‗shilgan qiymat soliqlarini hisobga olgan holda), nisbatan
taxminan 12% (ushbu xarajatlarni hisobga olmagan holda), savdo ustamasi-15%. Ushbu
masalani echishda bojxona bojlari hisobga olinmaydi.
24-masala. Ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchi korxona shartgnoma bo‗yicha
kontrakt qiymati 400 ming AQSh dollari bo‗lgan shokolad qandolat mahsulotni import
bo‗yicha oldi.
Olingan tovarning bojxonadagi qiymati 460 ming dollar.Bojxona deklartsiyani
rasmiylashtirish vaqtidagi kursi 1 AQSh dollari 1607 so‗m.
Import bojxona bojining stavkasi 10%, bojxona xujjatlarini rasmiylashtirilgani uchun
undiriladigan yig‗im-0,2%,tovar muyyan bir mamlakatda ishlab chiqarilganligi bo‗yicha kelib
chiqishiga doir sertifikat bilan tasdiqlanmagan.
1.
Import bojxona bojining qiymati necha so‗mga teng?
2.
Olingan tovar partiyasining haqiqiy tannarxini aniqlang?
3.
Ulgurji savdo bilan shug‗ullanuvchi korxonada to‗langan qo‗shilgan qiymat
solig‗i uning hisobotida qanday aks ettiriladi?
25-Masala. Qo‗shilgan qiymat solig‗i to‗lovchi bo‗lgan korxona bojxonadagi narxi
340 AQSh dollari bo‗lgan asbob-uskunani import qiladi.
Bojxona deklaratsiyasini to‗ldirish vaqtidagi AQSh dollarining kursi 1 AQSh dollariga
1495 so‗mni tashkil etadi.
Bojxona boji-30%, aktsiz solig‗ining stavkasi-10%, bojxonada rasmiylashtirish uchun
undiriladigan yig‗im bojxona qonunchiligida belgilangan tartibda hisoblangan.
Anqlang:
1)Import qilingan tovarlar uchun qo‗shilgan qiymat solig‗i:
2)Asbob-uskunaning haqiqatdagi tannarxini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: