105
ko‗ra ijtimoiy sug‗urta badallarini, eksport-import operatsiyalarini bajarganda yagona bojxona
to‗lovi, savdo qilish huquqi uchun yig‗imni, agarda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda
suv resurslaridan foydalanilsa, unda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliqni,
bozorlarda faoliyatini amalga oshirishda savdo joyi uchun to‗lov (patta)ni, davlat bojlarini
to‗laydilar.
Yuridik shaxsni tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy
shaxslar uchun qat‗iy belgilangan soliq stavkalarining aniq miqdorlarini Qoraqalpog‗iston
Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiyatlari tadbirkorlik
faoliyatining turi va faoliyat joyiga (viloyatlardagi shaharlar, tumanlar, shu jumladan qishloq
joylarga) bog‗liq ravishda belgilaydi.
Bunda faoliyatning turli xillari uchun tabaqalashtirilgan yondashuvni ta‗minlash
maqsadida Qoraqalpog‗iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar
hokimiyatlari tomonidan mahalliy sharoitlar va boshqa mezonlarni hisobga olgan holda qat‗iy
belgilangan miqdorlarda daromad solig‗i stavkalari belgilanishi mumkin.
Qat‗iy belgilangan soliqning bazaviy stavkalari va yuridik shaxsni tashkil etmasdan
tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslar daromadidan olinadigan qat‗iy
belgilangan soliq summasining hisob-kitobi uchun tuzatuvchi koeffitsientlar O‗zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Qat‗iy belgilangan miqdorlardagi daromad solig‗ini tadbirkorlik faoliyati bilan
shug‗ullanuvchi jismoniy shaxslar har oyda, mustaqil ravishda faoliyat amalga oshiriladigan
oyning 25-kunigacha to‗laydilar.
Masalan, jismoniy shaxslar daromadidan qat‗iy belgilangan soliq:
2011 yil yanvari uchun 2011 yilning 25 yanvariga qadar;
2011 yil fevrali uchun 2011 yilning 25 fevraliga qadar belgilab qo‗yilgan.
Qat‗iy belgilangan soliq yuridik shaxsni tashkil etmagan tadbirkor tomonidan davlat
ro‗yxatidan o‗tkazilgan joyda, agar O‗zbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida boshqa
qoida nazarda tutilmagan bo‗lsa, to‗lanadi. Tadbirkorlik faoliyati bilan endi shug‗ullana
boshlagan jismoniy shaxslar qat‗iy belgilangan stavkalar bo‗yicha daromad solig‗ini
belgilangan tartibda, ro‗yxatga olish paytida mustaqil to‗laydilar. Qat‗iy belgilangan soliq
faoliyat boshlangan kundan qat‗i-nazar bir oy uchun to‗lanadi. Misol uchun, oyning boshida
emas, balki ikkinchi yarmida boshlasa ham to‗liq oy uchun to‗lanadi. 2011 yil 1 yanvardan
yuridik shaxs maqomini olmasdan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‗ullanuvchi jismoniy
shaxslar to‗laydigan qat‗iy belgilangan soliq stavkasi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: