Foydalanilgan adabiyotlar:
1. 0 ‘zbekiston milliy ensiklopediyasi. -Т.: 2003.
2. История узбекской музыки. -Т.: 1972,1973,1991.
3. Jabborov A. Musiqiy drama va komediya janrlari
0 ‘zbekiston kompozitorlarming ijodiyotida. T: 2000.
4. Вопросы музыкальной культуры Узбекистана. -Т.:
1961,1969.
5. Кари-Якубова Э. Мухитдин Кари-Якубов. -Т.: 1968.
6. Akbarov I. Yunus Rajabiy. -М.: 1982.
7. AshrafiyM. Yunus Rajabiy.-Т.: 1980.
8. Akbarov II. To'xtasin Jalilov. -Т.: 1979.
79
0 ‘ZBEK OPERASI
Mavzu rejasi:
1. Opera san’atining rivojlanish jarayoni.
2. Rus kompozitorlari tomonidan yaratilgan operalar, ulaming
tarixiy o‘rinlari, yutuq va kamchiliklari, janr muammolari.
3. Drama, bolalar va qo‘geirchoq teatrlar spektakllariga o‘zbek
kompozitorlaming yaratgan musiqasi.
1930-yillar oxirida o‘zbek va rus kompozitorlarining
hamkorlik ijodiyotida yirik sahnaviy janrda asar yaratiladi. Ya’ni
kompozitorlar M.Ashrafiy va V.VasilenkoIar hamkorligida birinchi
“Bo‘ron” operasi yaratildi.
Urushdan keyingi davrdan opera teatrining milliy repertuari
ancha boyidi. Bu birdaniga boMmagan, aibatta. Davr boshida
repertuarda qayta tahrir qilingan eski asarlar (S.Vasilenko va
M.Ashrafiyning “Buyuk kanal”, V.Uspenskiy va G.Mushelning
“Farhod va Shirin”, T.Jalilov va B.Brovtsinning “Tohir va Zuhra”)
ustunlik qilgan. Biroq 1958-yildan boshlab deyarli har yili teatr o‘z
repertuariga yangi o‘zbek operalami kiritdi.
Mavzu va badiiy saviyasi turlicha bo‘lgan mazkur asarlar
tomoshabinlar tomonidan ham turlicha qabul qilindi. Ba’zilari
sahnadan tezda tushib ketdi, boshqaiari esa teatr repertuaridan
muhim o‘rin egalladi. Biz shulardan ahamiyatliroqlarini ajratib,
avvalambor zamonaviy, muhim mavzuga bag‘ishlangan asarlarni
ko‘rib chiqamiz.
“G ulsara” operasi 30 - yillarda yozilgan shu nomli musiqali
drama singari o‘zbek ayolining ozodlikka chiqishi mavzusi bilan
bog‘liqdir. Aibatta, spektakl mazmunini 40-yillar oxirining
tomoshabini “Gulsara” musiqali dramasi o‘n ikki yil aw al birinchi
bor sahnalashtirilganidan boshqacharoq qabul qiladi. Vahshiyona
mutaassiblik ham, paranji tashlagani uchun o‘ch olish ham uzoq
o‘tmishda qolib ketgan edi. Lekin eskicha e’tiqodlar, xususan,
80
ayollarga nisbatan “sovuq” munosabat hali hayotda uchrab turardi.
Shuning uchun ularga qarshi kurash o‘z keskinligini yo‘qotmagan
edi. Ko‘pgina o‘zbek ayollarining hayoti, kurashi, orzulari bilan
chambarchas bogiiq bo‘lgan Gulsaraning taqdiri tomoshabinlar
qalbida aks sadosini topar edi. “Gulsara”ning ommabopligi,
hayotiyligi ham shundadir25.
Libretto mualliflari K.Yashin va M.Muhamedov yaxlit, izchil
rivojlangan voqelikni yaratishga muvaffaq boidilar. Ayniqsa bosh
qahramon obrazi to'laqonli chiqqan. Spektaklning boshlanishida u
zaif va itoatkor, ongida aslni qullarcha itoatkor boMishga mahkum
qiladigan eski musulmon aqidalar ustunlik qiladi. Lekin asta-sekin,
chuqur jafolar tufayli Gulsara o'tmish sarqitlariga qarshi ochiq,
shiddatli kurashish zarurligini anglaydi.
Opera asosidaga musiqa namunalarini TJalilov to‘plab,
qisman yaratib bergan, T.Sodiqov yozib olgan va R.Glier qayta
ishlagan kuylardan tashkil topgan. “Gulsara” operasining 1949-yili
sahna premyerasi bo‘lib o‘tgan.
“Maysaraning ishi” Alisher Navoiy nomidagi akademik katta
opera va balet teatr jamoasi kompozitor Sulaymon Yudakov, shoir -
dramaturg Sobir Abdulla va M.Muhamedovlar hamkorlikda
“Maysaraning ishi” nomli hajviy operani 1959-yilning 6-yanvarida
tomoshabinlarga havola qildi. Opera premyerasi juda katta
muvaffaqiyatlar bilan o'tdi.
Respublikamizning madaniy - ma’naviy hayotida ulkan
voqeaga aylandi. Operaning sahnalashtirilishida ishtirokchilar:
dirijor Fazliddin Shamsuddinov, baletmeyster Mukarrama Tur-
g‘unboyevaga, asosiy rollami ijro etuvchilar:
Maysara - Halima Nosirovaga, Oyxon - Saodat Qobulova,
Cho‘bon Ali - Sattor Yarashevga, Mulla do‘st - Karim Zokirovga,
qozi - Xusan Ismoilovga, Hoji Darg‘a - Jamol Nizom Xo‘jayevga,
Hidoyat - Mixail Davidov. Mazkur opera, bir necha avlodlar ko‘rish
imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar. “Maysaraning ishi”26 operasining
25 Spektakhing qahramoni, yosh juvon Cniisara о‘г eri, flg'or ishchi Qocfor ta ’sirida paranjisiai tashlab, o'qishga
kirishga qaror qiladi. Lekin bu rejasi xurofotchilaming quroliga aylangan Gulsaraning otssi ~ Ibrobjnming qarshiligiga
uchraydi. Drama qizini otasining zulmidan himoya qilmoqchi boMgan qahramonning onasi - Oysaraning o‘Itmi btfan
mgaydi. Gulsara Jbrohimmng qoiidan qutiUib chiqib, may donga chopadi va barcha ayoliami yangi bayor uchun
kurashga choriaydi.
26 Operaning qisqacha mazmunt voqea Turkistonda XIX asrda o ‘tadi. Maysaraning akasi o ‘lim oldida hovli&ini
sotib, sag'ir qolayotgan o‘g‘li Cho‘pon Alini noroiga 20 tillo pulni vasiqani Qoziga, boj pulini to‘3ah, pulni vasiqani
81
musiqiy tili yorqin milliy ohangdorligi, jo ‘shqin - jozibadorligi va
musiqiy dramaturgiyasining badiiy baquvvatligi bilan alohida ajralib
turadi. Musiqa muallifi S.Yudakov atoqli shoir va bastakor
Hamzaning shu nomli pyesasi asosida yozilgan librettoga musiqa
bastalashda operada ishtirok etuvchi asosiy personajlami xatti -
harakat va munosabat, niyatlaridan kelib chiqqan holda yondashib,
ijobiy va salbiy obrazlami har biriga, alohida o‘zbek xalq qo‘shiq,
lapar va yallalarga juda yaqin turadigan, original, yorqin “Musiqiy
portret”lar yaratgan. Ya’ni hajviy opera janming barcha tipik
xususiyatlariga yondashib, kompozitor tez harakat rivojlanuvchi
hajviy epizodlar, sahna voqealarini uzviy ravishda o'zgarishlari va
bog‘lanishlari, burro - burroli rechitativ dialoglami mantiqligi,
yorqin - milliy xushchaqchaq musiqiy sadolami ta’sirchanliklari
bilan tomoshabin - tinglovchilami maflun qildi.
Opera musiqiy dramaturgiyasining rivojlanish jarayonida,
Do'stlaringiz bilan baham: |