A jabborov, S. Begmatov, M. Azamova


XX ASRNING 20-40-YILLARTOA



Download 6,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/100
Sana05.08.2021
Hajmi6,73 Mb.
#139116
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100
Bog'liq
O'zbek musiqasi tarixi Jabbarov

XX ASRNING 20-40-YILLARTOA 
MAD AN IY-M USIQIY HAYOT
Mavzu rejasi:
1.  Ijtimoiy  va  musiqiy-madaniy  muhit.  Badiiy  havaskorlik 
jamoalaming  tashkil  topishi  va  professional  san’atning  rivojlanish 
jarayoni.
2.  Respublikada  maxsus  musiqa 
o‘quv 
maskanlarning 
ochilishi, faoliyati.
3.  Professional  teatrlaming  bunyodga  kelishi.  Ilk  o‘zbek 
drama, opera va baletlari.
4.  O'zbekiston  radio  eshittirish  komiteti  tashkil  topishi  va 
musiqiy targ‘iboti.
5.  Radio  va  0 ‘zbek  davlat  filarmoniyasi  qoshidagi  ijrochi 
jamoalar faoliyati.
6.  Bastakorlik  san’ati  namoyandalari.  O'zbekiston  kompozi- 
torlar uyushmasining tashkil topishi va faoliyati,
1918-yildan  boshlab  madaniyat  va  san’at  ishlarini  davlat  o‘z 
ixtiyoriga  oldi.  Milliy  madaniyat  va  san’atni  yuksaltirish  sohasida 
hokimiyat  turli  qarorlar  qabul  qildi  va  ulami  amalda joriy  etishga 
astoydil kirishdi.
1919-yilda  Turkiston  respublikasi  Xalq  maorif  tashkiloti 
qaramog‘ida  teatr  boiim i  ochildi  va  uning  zammasiga  quyidagi 
vazifalar yuklandi:
1.  Respublikadagi  jamiki  teatr  ishlariga  umumiy  rahbarlik 
qilish.
2. Havaskor va professional  ijodiy jamoalaming ish faoliyatini 
yuksaltirish va repertuarlarini boyitish.
4. 
Respublika  bo‘ylab  muntazam  ravishda  markaz  va  vilo- 
yatdagi tomoshabinlarga doimiy ravishda gastrollar uyushtirish.
Mazkur  bo‘limning  boshlig‘i  lavozimiga  Iskandar  Valijonov 
tayinlandi.  1920-yil 28-aprelda “Musiqa -  etnografiya” bo‘limi ham
23


ochildi.  Bu  bo‘limga  atoqli  kompozitor  va  etnograf  (kelgusida 
0 ‘zbekiston  va  Turkmaniston  xalq  artisti)  V.A.Uspenskiy,  uning 
o‘rinbosari  qilib  atoqli  kompozitor  -  etnograf  N.N.Mironov  va 
bo‘lim  xodimi  etib,  atoqli  shoir  -  dramaturg  G‘ulom  Zafariylar 
tayinlandi. Zikr qilingan ikki bo‘lim birgalikda reja asosida ish olib 
borib,  o‘zbek  xalqini  musiqiy  va  teatr  merosini  ilmiy  o‘rganish, 
to‘plash va targ'ibot ishlari bilan band bo‘ldilar. Yillar davomida bu 
bo‘limlar turli  tadbirlar  o‘tkazdi  va  o‘zbek xalq  san’atini  targ‘ibot 
qilib keldi.
20  -   30-yillarda  musiqa  va  teatr  san’atlarining  zamonaviy 
ruhda  rivojlanishiga  ma’lum  imkoniyatlar  yaratib  berishga  turli 
moliyaviy  va  ma’naviy  choralar,  yordamlar  hokimiyat  tomonidan 
berib  turildi.  0 ‘zbekistonning  poytaxti  va  barcha  viloyatlardagi 
zavod - fabrika, yirik korxonalar, o‘rta ta’lim maktablarida, o‘rta va 
oliy  hunar  dargohlarida  ashula  va  raqs  ansambllar  hamda  teatr 
to‘garaklari  birin-ketin  paydo  bo‘la  boshladi.  Ulaming  soni  juda 
ham  ko‘p  edi.  Bu  havaskorlik  to‘garaklaming  ayrimlari  kelgusida 
professional  teatr,  konsert tashkilotlarini  bunyodga  kelishida  tamal 
toshini  qo'ydilar  va  iste’dodli  san’at  arboblari  yetishib  chiqishga 
ham 
zamin 
yaratdilar. 
Respublikada 
badiiy 
havaskorlar 
jamoalarining  bunyodga  kelishlarida  va  rivojlanish  jarayonida 
kasaba uyushmalar tashkilotlami roli ham  samarali bo‘ldi.  Ulaming 
zimmasiga  maorif xodimlari  bilan  birgalikda,  klub,  madaniyat  va 
istirohat bog‘larida, qizil choyxonalarda, maktab, hunar texnikum va 
institutlarda,  qishloq  joylarda  havaskor  xalq  ashula  va  raqs 
ansambllar  teatr  jamoalarini  tashkil  qilish,  ulaming  san’atlarini 
namoyish  etish,  ommaviy  kechalar,  ko‘rik-tanlovlar,  kamaval- 
tomoshalar, maxsus tadbir kechalar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Shuningdek  mazkur  davrda  o‘zbek  ashula  va  raqs  ansambl- 
laridan tashqari  respublikaning katta korxonalarida  baynalmilal  xor 
va  damli  cholg‘ular  orkestrlari,  harbiy  orkestrlardan  tashqari,  rus 
xalq  cholg‘ulari  orkestri  va  ansambllari,  simfonik  orkestr,  maxsus 
raqs ansambl jamoalari bunyodga keldi. Ular orasida Toshkent temir 
yo‘l korxonasi qaramog‘ida  1923-yilda tashkil topgan o‘zbek va rus 
havaskorlar  to‘garaklari,  Toshkent  tramvay  tresti  qaramog‘idagi, 
o‘zbek  ashula  va  raqs  ansambli,  rus  ashula  raqs  ansambli  hamda 
katta  damli  cholg‘u  orkestr,  xor  jamoasi,  1927-yili  havaskorlar
24


simfonik  orkestri,  damli  orkestr,  bayanchilar  ansambli,  1918-yilda 
respublika  matbuot  birlashmasi  qoshidagi  “Lira”  nomli  madaniyat 
uyida  mashhur  dirijyor  V.V.Leysek o‘zbek dramto‘da,  o‘zbek xalq 
ashula  va  raqs  ansambli,  rus  xalq  dramto‘da,  rus  xalq  cholg‘ular 
orkestri, bolalar va kattalar ishtirokida ikkita damli orkestrlar tashkil 
etib,  ularga  rahbarlik  qildi.  Nomlari  tilga  olingan  havaskorlar 
jamoalari  musiqiy  va  teatr  san’atlarini  rivoj  topishlariga  tamal 
toshini  qo'ydilar.  Ular  turli  ко‘rik-tanlovlarda  faol  qatnashib, 
kundalik  hayotda  xalqqa  xizmat  qildilar.  Dirijyor  V.V.Leysek 
0 ‘zbekistonda  badiiy  havaskorlik  san’atining  rivojlantirishida  olib 
borgan ulkan xizmatlari uchun  1928-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi 
mehnat  qahramoni  va  1935-yili  0 ‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan 
san’at arbobi faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
1918-yili  “Turkiston  Xalq  konservatoriyasi”  nomli  musiqiy 
o‘quv  dargohi  tashkil  topdi.  Uning  tashkilotchilari  fizika, 
matematika  o‘qituvchilari,  havaskor  violonchelchi  A.M.Popov  va 
skripkachi  E.A.Chernyavskiylar  mazkur  o‘quv  dargohini  ochish 
niyatlarini matbuotda e’lon qildilar.  E’londa  ko‘rsatilgan  muddatda 
Toshkentda 
istiqomat  qilayotgan  san’atkorlardan 
32  kishi 
musiqadan yoshlarga dars berishga o‘z xohishlarini bildirdilar. Xalq 
konservatoriyasi  ish faoliyatini reja asosida boshqarish maqsadida 9 
kishidan  iborat Kengash tuzildi. Kengash raisi  lavozimiga shifokor, 
kompozitor,  dirijyor  I.Gizler-Arskiy,  bir  yildan  so‘ng  xonanda 
V.A.Karelin,  kengash  kotibi  lavozimiga  E.A.Chemyavskiy  va 
a’zolariga 
kompozitor, 
dirijyor 
N.N.Mironov, 
kompozitor 
V.A.Uspenskiy,  xormeyster  V.F.Sakovich,  violonchel  cholg‘usi 
ijrochisi  general  V.M.Kox,  A.M.Popov  va  konservatoriyaning 
xo'jalik  ishlarini  olib  borishga  D.AXukonin  saylandilar.  Mazkur 
Xalq  konservatoriyasining  asosiy  vazifasi  xalqqa  musiqadan 
boshlang‘ich  ma’lumot  berish,  birorta  cholg‘u-sozda  ijro  etishni 
o'rgatish  va  xonandalik  mutaxassisligidan  saboq  berishdan  iborat 
edi.  0 ‘qish  muddati  va  dasturi  aniq  belgilanmaganligi  sababli  har 
bir  o‘qituvchi  tashrif  buyurgan  o‘quvchi-talabaning  qobiliyati  va 
imkoniyatini  nazarga  olgan  holda  dars  bergan.  Birinchi  o‘quv  yili 
musiqada  o‘qishni  xohlaganlaming  soni  500tadan  oshib  ketdi. 
Ikkinchi  o‘quv  yilida  esa  lOOOga  yaqinlashdi.  0 ‘quv  xonalari 
yetishmasligi  sababli konservatoriyaning bir nechta filiallari tashkil
25


etila  boshlandi.  Xususan:  Toshkent  temiryo‘ lining  ishchi  va 
xizmatchi xodimlari  uchun  1919-yili  “Privokzalnaya” nortili boiim  
(filial)  ochilib,  bu  bo‘limni  xormeyster  V.F.Sakovich  boshqardi. 
O'sha yili Toshkentning baland masjid rohat bog‘ida “Eski  shahar” 
bo‘limini  kompozitor  VA.Uspenskiy  boshqardi.  U  eng  avval 
mashhur hofiz Shorahim Shoumarov bilan tanishdi. Ta’lim jarayoni 
ikki  yo‘nalishda joriy  etildi,  ya’ni  o'zbek  xalq  musiqasini  og‘zaki 
o‘zlashtirish hamda nota uslubi va ko‘p ovozli  musiqa nazariyasini 
o'rganishdan iborat edi.
Mazkur  jarayonni  amalda  joriy  etish  uchun  maxsus  dastur 
tuzilib,  shaharda  istiqomat  qiluvchi  mashhur  o‘zbek  san’atkor- 
laridan:  Hofiz Mulla To‘ychi  Toshmuhammedov,  tanburchi  Shoba- 
rot  aka,  doirachi  Shojalil,  dutorchi-doirachi  Abdusoat  Vahobov, 
changchi  Ismat,  g'ijjakchi  Qurbonxon  Hakimov,  naychi  Imomjon 
Hakimov,  g‘ijjakchi  Solixon  Xoji  kabi  ustalami  yoshlarga  dars, 
saboq  berishga  taklif  qildilar.  V.A.Uspenskiy  talabalarga  nota 
yozuvi va musiqa nazariyasidan dars berdi.
Pianinochi  Saodatxonim  Yenikeyeva  mazkur  cholg'uda  dars 
berish  bilan  bir  qatorda  tarjimonlik  vazifasini  ado  etardi. 
E.A.Dyakova bilan fortepianoda chalishni talabalarga o'rgatishdi.
1919-1920-yillarda  “Turkiston  Xalq  konservatoriyasi”  kabi 
musiqiy  muassasalar  Samarqand,  Farg‘ona,  Namangan,  Qo‘qon, 
Andijon shaharlarida ham tashkil topdi.
1921-yilda  Buxoroda  A bdurauf  F itrat  tashabbusi  bilan 
birinchi  “Sharq  musiqa  m aktabi”  ochildi.  Ma’lum  vaqtgacha 
Fitrat  o‘zi  rahbarlik  lavozimida  faoliyat  olib  bordi.  Ko‘p  asrlik 
milliy  musiqa  merosimizni  saqlab  qolish,  iste’dodli  yoshlardan 
yetuk  mutaxassislami  tayyorlashdek  oliy  maqsad  ila  maktabga 
“Shashmaqom”dan  saboq  berish  uchun  Ota  Jalol  Nosirov,  Domla 
Halim  Ibodov,  Ota  G‘iyos  Abdug‘ani,  Abdurahmon  Umarov  kabi 
ustozlarni  ishga  taklif qildi.  1925-yili  yangi  o‘quv  yilidan  boshlab 
“Buxoro  davlat  Sharq  musiqa  maktabi”ning  o‘quv  dasturiga 
yevropa  nota  yozuvi,  solfedjio,  musiqa  nazariyasi,  musiqa  tarixi 
kabi yangi fanlar hamda yevropa cholg‘ularida ijro etishni o'rgatish 
kabi o‘zgartirishlar kiritildi.
1924-yili  Toshkent  davlat  birinchi  musiqa  -   internat  tex- 
nikum  tashkil  topdi.  Toshkent  xalq  konservatoriyasida  ishlagan
26


ko‘p  pedagoglar  ushbu  texnikumga  ishga  o‘tdilar.  Mazkur  o‘quv 
dargohi  respublikamizning  musiqiy  hayotida  va  o‘rta  ma’lumotli 
san’atkorlami  tarbiyalashda  samarali  xizmat  qilganligini  ta’kidlash 
lozim.  1930-yili  ushbu  musiqa  texnikumida  o‘zbek  xalq  musiqa 
merosini  o‘rganish,  notaga  yozish  bo‘limlari  ham  ochiladi. 
Mualliflik  ishlariga  Shorahim  Shoumarov,  notaga  yozish  ishlariga 
esa Viktor Uspenskiy rahbarlik qildi.

Download 6,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish