Payvand birikmalar. Uchma-uch payvand birikma va uni hisoblash. I. Mа`ruzа rеjаsi


Payvand birikmalar mustahkamligani oshirish bo’yicha tavsiyalar



Download 0,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana05.08.2021
Hajmi0,51 Mb.
#138909
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-mavzu

Payvand birikmalar mustahkamligani oshirish bo’yicha tavsiyalar 

Payvand birikmalarning ishonchliligiga juda katta e’tibor qaratish lozim. Chokning sifati, 

uning  mustahkamliga  amaliyotda  turli  usullarni  oqilona  qo’llash  orqasida  talab  darajasiga 

etkaziladi. 

Payvand  birikmalarning  mustahkamligi  konstruktiv  (chokka  ta’sir  etayotgan  kuchlarga 

nisbatan chokni qulay joylashtirish, choklarning o’ziga xos rasmini va boshqalar) va texnologik 



(payvandlash  jarayonida  hosil  bo’layotgan  chokni  turli  zararli  ta’sirlardan  muhofaza  qilish, 

termik ishlov berish, puxtalash va boshqalar) usullarni qo’llash vositasida oshirilishi mumkin. 

Payvand birikmalarni konstruksiyalashning asosiy qoidalarini quyida bayon qilamiz: 

1.  Payvand  chokka  elektrodning qulay  yaqinlashuvini  ta’minlash. 

2.  Oddiyroq va unumdorroq payvandlash usullarini qo’llash. 

3.  Payvand  choklar  to’qnashib  ketmasligi  uchun  eriyotgan  metall  miqdorining  kamligiga 

erishish (shaxmat usulida payvandlash). 

4.  Yupqa va yengil detallarni qalin va og’ir detallarga payvandlamaslik. 

5.  Biriktirilayotgan  detallarni  qo’shimcha  payvandlash    moslamalarini  ishlatmaslik 

maqsadida o’zaro muvozanatlash. 

6.  Payvandlanayotgan  detallarni  o’zaro  surish  yo’li  bilan  payvand  vannasini  hosil  qilish 

(bu usul detallarning qirralarini kertishni qo’llamaslik imkonini beradi). 

7.  Agar qirrani kertish lozim bo’lsa, mexanik ishlovga moyilroq detalni kertish. 

8.  Payvandlanishi jokz bo’lgan detal konstruksiyasini soddalashtirish. 

9.  Xomaki detal (zagotovka) larni unifikasiyalashtirish  (bir xil qilib olish). 

10.   Yupqa devorli materiallarni payvandlashda egilgan va qoliplangan elementlardan keng 

foydalanish (tuzilma bikrligini oshiradi). 

11.  Payvand chok zonasida yupqa qirralarning kuyishi va erib ketishining oldini olish. 

12.  Payvandlanayotgan  detalning  aniq  ishlov  berilgan  qismlarini  ishlov  zonasidan 

uzoklashtirish. Aniq yuzalarga payvanddan so’ng ishlov berish. 

13. 

Turli  kesim  yuzali  detallarni  payvandlashda  termik  kuchla  nishlarning  oldini  olish 



uchun issiklik buferlarini hosil qilish. 

14. 


Yopiq  bo’shliqli  payvandlashda  sovish  jarayonida  vakuum  hosil  bo’lib,  detal 

devorlari qiyshaymasligining oldini olish. 

15. 

Кimyoviy-termik ishlov berilgan va toblangan detallarni payvandlamaslik. 



16. 

Payvand  choklarda  nuqson  bo’lishini  nazarda  tutib,  choklarning  uzunligani  30  mm 

dan kam olmaslik. 

17. 


Ustma-ust  birikmalarda  qoplanish  uzunligi  4  δ  qilib  olinadi  (δ  -  payvandlanayotgan 

detallarning eng kichik qalinligi). 

18. 

Ro’para  chok  uzunligi  cheklanmasligi  bilan  bir  qatorda  yonbosh  chok  uzunligi 



bo’yicha kuchlanishlarning notekis taqsimlanishini oldini olish uchun 

yon


 ≤ 50 К  deb olinadi. 

 

Yo’nalish  o’zgarib  turadigan  tebranishli  yuklanish  ta’siridagi  tuzilmalarda  ustma-ust 



payvand birikmalar sezilarli kuchlanishlar jamlanishini hosil qilishi mumkinligi e’tiborga olinib 

ishlatilmaydi. Shu sababli turli metall qo’yilmalar va elementlar ham qo’llanilmaydi. 



 

Download 0,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish