108
oksidlanish darajasi sinonimi sifatida foydalanilar edi. Keyinchalik bu tushunchadan
foydalanishdan voz kechildi, chunki koordinatsion birikmalarning ko‘pchiligida bu ibora
bilan bog‘liq qarama-qarshi holatlar yuzaga keldi. Masalan, Fe(CO)
5
, Ni(CN)
4
4-
va
Ca(NH
3
)
6
”nol valentli” metallar atrofidagi ligandlar bilan bir necha kovalent bog‘lar
xosil qiladi. Endilikda koordinatsion birikmalardagi valent
nisbatlar yanada
aniq iboralar,
ya’ni oksidlanish darajasi, kovalentlik va koordinatsion
son vositasida belgilanadi.
Markaziy ionning
oksidlanish darajasi (
elektrovalentligi) kompleks zarra
zaryadidan ligandlar zaryadlari summasining ayirmasiga tengdir. Bu tushuncha vositasida
birikmalarni guruxlarga bo‘lish mumkin.
Oksidlanish darajasini xisoblashda koordinatsiyalanayotgan ligandlarning normal
zaryadlari o‘zgarmas deb qabul qilinadi. Masalan, [Co(NH
3
)
6
]
3
+
ioni So
+3
va nol zaryadli
NH
3
hosilasi deb, [Co(NCS)
4
]
2-
esa So
+2
va -1 zaryadli SCN
-
larning xosilasi deb
qaraladi.
Agar ligand erkin xolatda bir necha shaklda mavjud bo‘la olsa formal
elektrovalentlikni xisoblash qiyin bo‘ladi. Misol uchun NO va O
2
komplekslarini olamiz.
Nitrozillarda koordinatsiya N atomlari vositasida amalga oshadi; NO molekulasi toq, 15
ta elektronga ega, ya’ni radikal molekula bo‘lib xisoblanadi.
NO molekulasi tutgan
komplekslarni NO
-
, NO va NO
+
dan xosil bo‘lgan deb qarash mumkin, masalan kaliy
nitroprussidi K
3
[Fe(NO)(CN)
5
] Fe
+4
ni NO
-
bilan, Fe
+3
ni NO bilan yoki Fe
+2
ni NO
+
bilan birikmasi sifatida talqin qilish mumkin.
“Dikislorod” O
2
komplekslari ikkita juftlashmagan elektronli, ya’ni biradikal
bo‘lgan O
2
molekulasi hisobiga, yoki O
2
-
anion (superoksid) hisobiga, yoki O
2
2-
(peroksid) hisobiga xosil bo‘lishi mumkin.
Yuqorida keltirilgan holatlarda markaziy atomning oksidlanish darajasini
belgilashda kompleksning tuzilishi, yadro va unga bog‘lanuvchi atom orasidagi bog‘
uzunligi, valent burchaklar va boshqalarni hisobga olgan holda xulosa chiqarish kerak
bo‘ladi.
Ko‘pyadroli komplekslarda oksidlanish darajasini belgilashni o‘ziga xos
qiyinchiliklari bor. Masalan, CsAuCl
3
birikmasida oltinning formal elektrovalentligi
+2
bir xil
miqdordaligi chiziqli AuCl
2
-
va kvadrat shaklidagi AuCl
4
-
ionlari hisobiga yuzaga
keladi. [Fe
3
O(CH
3
COO)
6
(H
2
O)
3
] kompleksidagi ikkita temir ionining oksidlanish
darajasi
+3, uchinchisining formal oksidlanish darajasi +2. Aslida esa Fe
+2
(d
6
) ionidagi
oltinchi d-elektronning uchala markazda ko‘prikcha vazifasini bajaruvchi kislorod va
karboksil guruxlari vositasida bir xil delokalizatsiyalanishi natijasida har bir temir
ionining elektrovalentligi xona xaroratida
+2, 66 ga teng. Agar harorat-100K dan
pasaytirilsa oltinchi d-elektronning delokalizatsiyalanishi qiyinlashib Fe
+2
va Fe
+3
ionlarini mavjudligini kuzatish mumkin bo‘ladi.
Ko‘pchilik oraliq metallarning oksidlanish darajalari 8 birlikka, ba’zi hollarda
hatto 10 birlikka o‘zgarishi mumkin. Masalan, Mn ning oksidlanish darajasi
+7 dan
(KMnO
4
) to -3 gacha ([Mn(CO)
4
]
3-
), Os ning oksidlanish darajasi
+8 dan (OsO
4
) -2 gacha
[Os(PF
3
)
4
]
2-
gacha o‘zgaradi.
Ko‘pchilik holatlarda kompleks birikmaning magnit hossalarini
tadqiq etish
markaziy ionning oksidlanish darajasini aniqlashni osonlashtiradi. Masalan, Fe
+3
ionining
elektron konfiguratsiyasi d
5
bo‘lgani uchun beshta elektron beshta d orbitalda
juftlashmagan xolatda joylashgan. Ionning umumiy spini 2,5 ga teng. Lekin shuni ham
hisobga olish kerakki, Fe
+3
ioni [FeF
6
]
3-
anionida yuqori spin holatida, ya’ni
↑ ↑ ↑ ↑ ↑
bo‘lsa [Fe(CN)
6
]
3-
anionida quyi spin holatida, ya’ni
↑↓ ↑↓ ↑ bo‘ladi. Bu
holat uchun
umumiy spin 0,5 ni tashkil etadi.
Markaziy ionning koordinatsion sonini aniqlash rentgenostruktura, neytrono- yoki
elektronografik usullar yordamida kompleks tuzilishi aniqlangandan so‘ng oson bo‘lib
qoladi. Markaziy atomga eng yaqin turgan qo‘shni atomlar soni koordinatsion sonni
belgilaydi.
109
Markaziy ionning
kovalentligi deb uning eng yaqin qo‘shni atomlar bilan hosil
qilgan bog‘lar soniga aytiladi. Agar bu bog‘lar ikki markazli oddiy bog‘lar bo‘lsa
kovalentlik koordinatsion songa teng bo‘ladi. Bog‘ning karraligi ko‘paygan taqdirda
kovalentlik koordinatsion sondan katta bo‘ladi.
Metall-metall va metall-ligand bog‘larning karraligi juda xilma-xil. Masalan Cl
-
-
SeOCl
3
-
birikmasitda bog‘ning karraligi nolga teng bo‘lsa gaz holatida mavjud bo‘lgan
Mo
2
zarrasida bu son 6 ga teng. Bog‘ karraligining mezoni asosan rentgenotstruktur
usullar bilan aniqlangan bog‘ uzunligidan kelib chiqadi. Masalan Mo-O bog‘i uchun
bog‘ining karraligi n
Mo-O
va uzunligi d
Mo-O
(nm) orasidagi bog‘liqlik quyidagicha:
n
Mo-O
0,5 1,0 1,5 2,0
d
Mo-O
0,205 0,18 0,177 0,169 nm
Tayanch iboralar
Koordinatsion birikmalar, markaziy zarra, ligand, ichki sfera, tashqi sfera, koordinatsiya
birikma, kompleks birikma, koordinatsion son, dentatlik, elektrovalentlik, kovalentlik.
Do'stlaringiz bilan baham: