Word- so’zi inglizcha so’z bo’lib (slova) so’z degan manoni bildiradi.
Ya‘ni Word matn muxarriri so’zlarni yozish taxrirlash uchun mo’ljallangan
dastur desak ham bo’ladi. Word matn muxarriri Office tarkibidagi eng kerakli
dasturlardan biri. Kompyuterga Office dasturlarini o’rnatganimizdan albatta
Word matn muxarriri ham Windows ilovalari safiga qo’shiladi. Word matn
muxarriri oddiy va murakkab bo’lgan har xil tipdagi matnlarni taxrirlash uchun
mo’ljallangan. Word matn muxarrirning quyidagi imkoniyatlari mavjud;
matnli hujjatlarni tuzish, kuzdan kechirish, taxrir qilish va chop etish
matnli va tasvirli ma‘lumotlar ustida yuzdan ortiq operatsiyalarni bajarish
ixtiyoriy ko’rinishdagi hujjatni juda tez va yuqori sifatli tayyorlash
bir necha hujjatlarni bir vaqtda ishlash, ya‘ni ularni qo’shish, biridan
ikkinchisiga kerakli joyni olib ko’chirish
matnlar yoniga tasvir tushirish, xarflarni istalgan shaklda yetarlicha
kichik va katta o`lchamda chop etish
har xil ko’rinishdagi jadvalli ma‘lumotlarni taxrirlash.
matematik, fizik va kimyoviy ifodalarni kiritish
Windows muhitidagi boshqa dasturlardan ixtiyoriy matn yoki tasvirlarni
muxarrirga tushirish
MS DOS tarkibidagi muxarrirlarda yozilgan matnlarni Word matn
muxarririga o’tkazish va taxrirlash
Ko`p saxifali matnli hujjatlarga avtomatik sahifa nomerlarini qo’yish
Avtomatik ravishda saxifa parametrlarini, abzats va saxifalarning
chegaralarini to’g’rilash
Printerga kitob yoki yon daftarcha (bloknot) shaklida chop etish
imkoniyatini berish
Taxrirlanayotgan matnni avtomatik ravishda gramatik va boshqa
xatoliklarini tekshirish.
Sanab utadigan bo’lsak boshqa yana bir necha imkoniyatlari mavjud, boshqa
imkoniyalaridan foydalanuvchi bu muxarrir dasturida ishlaganda albatta
foydalanadi.
Word matn muxarririni yuklashning bir necha usullari bor. Biz Word-2003
haqida fikr yuritamiz.
1. Windows ishchi stolida MS Word nomli yorliq bo’lsa, shu yorliqni ishga
tushirish bilan Wordni yuklash mumkin. Ya‘ni shu yorliqka sichqoncha
kursatgichi keltirilib bir vaqtda ikki marta sichqonchaning chap tamondagi
tugmasi bosiladi.
2. Agar foydalanuvchi vazifalar qatoriga Wordning belgisini
(значок)
kiritib kuygan bo’lsa, shu belgini sichqoncha orqali tanlash bilan ham matn
muxarririni yuklash mumkin.
3. «Pusk» tugmasini ishga tushirib Windowsning bosh menyusi chiqariladi,
Bosh menyudan «programm» bo’limi tanlanadi, so`ng Microsoft Office
bo’limidan Microsoft Office Word 2003 bandini tanlab Word matn
muxarririni yuklash mumkin.
Word matn muxarriri yuklanganda ekranga ikkita oyna chiqadi, oynaning
biri Wordning oynasi bo’lsa ikkinchisi Wordda taxrirlanishi lozim bo’lgan
hujjatning oynasi. Word matn muxarririda tayorlangan hujjatli faylning
kengaytmasi standart holda .doc ko’rinishida bo`ladi. Word matn muxarririning
oynasini umumiy ko’rinishi 3.3-rasmda keltirilgan.
Word matn muxarriri oynasining umumiy ko’rinishi quyidagi qismlardan
iborat:
Sarlovha (nom) satri, Menyular satri, Uskunalar paneli yoki yordamchi
qurollar tugmalari satri, gorizantal va vertikal lineykalar, Ish maydoni,
gorizantal va vertikal o’tkazgichlar, Ma‘lumotlar satri.
Word matn muxarriridan chiqish uchun bir necha usullardan foydalanish
mumkin;
-sichqoncha yordamida boshqarish tugmalaridan yopish
(закрыть)
tugmasi bosish orqali.
-«Fayl» menyusidan «Выход» bo’limi tanlash orqali. Bu ishni sichqoncha
orqali yoki klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Chap Alt tugmasi
bosiladi, Enter klavishi bosiladi, so`ng «Выход» bo’limi tanlanadi.
- klaviatura yordamida Chap
Alt va
F4 klavishlari birgalikda bosish
orqali.
Har qaysi usulda ham agar taxrirlangan matn xotiraga olinmagan bo’lsa,
ekranga quyidagi ko’rinishda surov chiqadi.
Kerakli variantlardan birini tanlashingiz lozim, ya‘ni Да xotiraga olib
chiqish,
Нет xotiraga olmasdan chiqish,
Отмена matn muxarririda kolish,
variantlaridan birini tanlashingiz lozim Agar hujjat xotiraga olingan bo’lsa
birdaniga Word matn muxarriridan chiqiladi.
Word matn muxarririda bir necha hujjatlarni taxririlanayotgan bo’lsa har biri
uchun yuqoridagi usullarni qo’laniladi. Agar hujjatlarning ayrimlari xotiraga
olinmagan bo’lsa, yuqoridagidek surovnoma oynasi chiqadi. Har bir hujjat
uchun alohida – alohada yuqoridagi variantlarni tanlash lozim bo’ladi.
I topshiriq:
Word matn muxarririning menyular satri haqida ma‘lumot bering.
Topshiriqni bajarish tartibi:
Word matn muharriri menyusi oynani yuqori qismida joylashgan bo’lib u 9
bo’limdan iborat: Файл, Правка, Вид, Вставка, Формат, Сервис, Таблица
Do'stlaringiz bilan baham: