Mavzuning dolzarbligi. Uslubshunoslik o„zbek tilshunosligi tarixida
o„zining keng qamrovliligi, tematik rang–barangligi bilan boshqa til bo„limlaridan
ajralib turadi. Bevosita mavzumizga daxldor bo„lgan morfologik uslubshunoslik
esa juda ko„p ochilmagan qirralari bilan hali–hamon tilshunoslarni o„ziga jalb
etmoqda. Xususan, o„zbek tilida sifat uslubiyati va unga doir tadqiqotlarning
kamyobligi, bu turkum so„zlarning badiiy matn lingvopoetik xususiyatlariga
daxldorligi ishning dolzarbligini belgilab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |