1.2. Uzluksiz ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy
ishlarning borishi
Ma’naviy-ma’rifiy ishlarning joriy holati qoniqarli deb
bo‘lmaydi.
Ya’ni
bizning
targ‘ibot-tashviqot
ishlarimiz
ko‘pincha tor doirada qolib ketayotganligi, hayotning keng
qatlamlariga
kirib
borolmayotganligi,
tajribasiz
ayrim
yoshlaming ongiga yetib bormayotganligining naqadar xavfli
ekanligiga maxsus to‘xtalish mumkin. Buning uchun milliy
tarbiyani yuksaltirishda ham davlat bosh islohotchi bo‘lishini
e’tirof etib, maktablar, litsey va kollejlarda bevosita ma’naviyat
masalalari bilan shug‘ullanadigan mutasaddi mutaxassislar
lavozimlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlashni yo‘lga qo‘yish,
barcha ta’lim muassasalarida bolalarimizni ongini yuksal-
tiruvchi, ulami ijobiy ishlar va tarbiyaviy tadbirlar bilan band
qiladigan turli tashkilot va to‘garaklar tuzish lozimdir.
Ko‘zlangan maqsadni amalga oshirish uchun ijtimoiy-
www.ziyouz.com kutubxonasi
gumanitar fanlar hamkorligida pedagogika va psixologiya
fanlarig'a: oila mafkurasi va uni shakllantirish mfixanizimini
ishlab
chiqish,
o‘quvchi
yoshlar
ma’naviyatini
shakllantirishning kompleks dasturini ishlab chiqish, milliy
dasturga
ma ’ naviy-mafkuraviy
tarbiya
yuzasidan
q o ‘shimchalar kiritish, o ‘quvchi yoshlami milliy g‘oya,
mafkura, o ‘z-o‘zini anglash, qadriyatlar ruhida shakllantiruvchi
milliy tarbiya konsepsiyasini ishlab chiqish, milliy mafkuraviy
kurashning ilmiy-amaliy tizimlarini yaratish, xalqimizning
barcha qatlamlari xususiyatlarini aks ettiruychi va qamrab
oluvchi targ‘ibot-tashviqot mexanizmlarini ishlab chiqish,
milliy m a’naviy g‘oyaning yangi ilmiy falsafiy ta’limini
yaratish, kengashlar faoliyatini uslubiy ta’minlashlari kerak
bo‘ladi.
Milliy tarbiyaning nazariyasi, uslubiyati va o‘quvchi
yoshlar
birlashmalari
tizimini,
m a’naviyat
bilan
shug‘ullanuvchi mutasaddr lavozim professiogrammalarni,
o ‘quvchi yoshlar uyushmalari hamda ulaming tizimi va
faoliyati mazmunining shakllarini ishlab chiqish kabi dolzarb
amaliy vazifalaming yechimini topishni yuklaydi.
Barkamol
avlodni
voyaga
yetkazishda
diniy
aqidaparstlikning tarixiy ildizlari, zamonaviy holati va unga
qarshi kurashning nazariy asoslariga ham ko‘p bog‘liqdir.
Odamlarimiz tafakkurida og‘ir kurash kechayotganidan ogoh
bo‘lish lozimligi, vaziyat - tarixiy xotira va milliy o‘zlikni
anglash va bu orqali barcha ma’rifiy mamlakatlarda
bo‘lganidek, g‘oyaga qarshi g‘oya bilan kurashishning falsafiy,
tarixiy asoslarini yaratishni, inson huquqlari milliy harakat
dasturini ishlab chiqishni talab qilmoqda. Bu esa falsafa, tarix,
madaniyatshunoslik, siyosatshunoslik, sotsiolo-giya va boshqa
fanlarda yangi dunyo qarash va yangi tafakkur shakllanish
xususiyatlarini o‘rganib, natijalarini hayotga tezroq tatbiq
www.ziyouz.com kutubxonasi
qilishni, milliy o‘zlikni anglash jaryonini tahlil qilish, g‘oyaviy
kurash strategiyasi va texnikasi, usul 'va shakllarini
ishlab
chiqishni taqozo qiladi.
0 ‘zbekiston Prezidenti
I.A.Karimovning
«Tafakkur»
jum ali
bosh
muharriri,
«Uzteleradiokompaniya»
raisi
savollariga javoblari va respublikamizning bir guruh tarixchi
olimlari,
shuningdek,
jumalistlar,
matbuotchilar
va
adabiyotshunos olimlar bilan bo‘lgan suhbatlarida, Vazirlar
Mahkamasining
«Ma’naviy-ma’rifiy
islohotlami
yanada
chuqurlashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida» hamda « 0 ‘zbekiston Fanlar akademiyasi
tarix
instituti
faoliyatini
takomillashtirish
to‘g‘risida»gi
Qarorlarida yoshlarimiz ongida milliy g‘oya va mafkurani
shakllantirish, ularning ma’naviyatini milliy va umumbashariy
qadriyatlar
asosida yuksaltirish,
o‘tgan
ming yilliklar
mobaynida ajdodlarimiz yaratgan shonli tariximiz haqidagi
haqiqatlami qayta tiklash va uning misolida yosh avlodni
milliy iftixor, vatanparvarlik tuyg‘ulari ruhida tarbiyalash kabi
g‘oyalar, vazifalar ta’lim tizimining ham oldida turgan dolzarb
vazifalarga aylandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1997-yil avgust
oyida bo‘lib o‘tgan IX sessiyasida qabul qilingan «Ta’lim
to‘g ‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»
mamlakatimiz xalq xo‘jaligining barcha tarmoq va sohalarini
yuqori malakali va erkin fikrlovchi, ma’naviy jihatdan
barkamol mutaxassis kadrlar bilan ta’minlashga qaratilgan
tarixiy muhim hujjatlardir. Uzluksiz ta’lim tizimi qayta qurildi:
umumtaTim maktablari, o ‘rta kasb-hunar bilim yurtlari, oliy
ta’lim muassasalari hozirgi zamon talablari va mamlakatimiz
xalq xo‘jaligi ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan qayta
tashkil etildi. Ko‘plab universitetlar, yangi tipdagi kollgj va
litseylar barpo qilindi. Xalq xo‘jal in n in g ; turli tarmoqlari
www.ziyouz.com kutubxonasi
bo‘yicha yangi-yangi sohalar, mutaxassisliklar, yo‘nalishlar
tashkil etildi. Uzluksiz ta’lim tizimiga oid barcha fanlar
bo‘yicha davlat ta’lim standartlari yangidan yaratildi. Barcha
o ‘quv dasturlari, darsliklar va qo‘llanmalar davlat ta’lim
standartlari talablaridan kelib chiqib, qayta tayyorlanmoqda.
Uzluksiz ta ’lim tizimining hamma bosqichlari bo‘yicha
pedagog-o‘qituvchilaming ixtisoslik malakalarini oshirish va
ulami qayta tayyorlash bo‘yicha ishlar keng miqyosda va izchil
amalga oshirilmoqda.
Mamlakatni demokratik asoslarda qayta qurish va
jamiyatda m a’naviy-axloqiy muhitni sog‘lomlashtirish - ko‘p
qirrali jarayondir. Bunda ta’lim-tarbiya tizimlarining o‘mi,
ahamiyati, shubhasiz, juda katta. 0 ‘zining kundalik tirikchilik
tashvishlaridan ortmay qolgan, milliy-tarixiy qadriyatlaridan,
urf-odatlari va qadimiy an’analaridan deyarli begonalashgan,
tor ixtisoslik doirasida fikr yuritish va faoliyat ko‘rsatishdan
chiqa olmagan, erkin va ijodiy fikr yuritishdan mahrum etilgan
«sovet kishisi»ning ongi va dunyoqarashini o‘zgartirish,
qalbiga, ruhiga milliy va umuminsoniy qadriyatlar nurini
singdirish, uning bugungi taraqqiy etayotgan madaniy olam,
erkin va ilg‘or fikrlovchi insonlar darajasida faoliyat ko‘rsatishi
uchun zarur shart-sharoitlar yaratishda ta’lim-tarbiya tizimlari
oldida katta va keng miqyosli vazifalar turibdi. Bu, avvalo,
yangi davr talablariga to‘la javob beradigan yuqori malakali
mutaxassis kadrlami tayyorlashdir. Shu jihatdan qaraganda,
ta’lim-tarbiya sohasida nazarda tutilayotgan tadbirlaming
g‘oyaviy-nazariy asoslari milliy mustaqillik g‘oyasi bilan
chambarchas bog‘liq.
M a’naviy-axloqiy ustuvor vazifalami amalga oshirish:
-
ta’limni insonparvarlashtirishni ta’minlash mexanizm-
larini ishlab chiqish, bevosita fanlar bo‘yicha ishlab chiqilgan
ishchi dasturlarda ta’lim-tarbiya birligini ta’minlash;
www.ziyouz.com kutubxonasi
- uzviylik va uzluksizlik mezonlariga amal qilgan holda
ishlab chiqilgan yangi namunaviy o‘quv'dasturlarining yangi
turkumini ta’lim amaliyotiga joriy qilish.
Ma’naviyat - bu kishini, egallagan foydali bilimlari (bilim
turidan qat’i nazar), uning hayotida takrorlanaverishi natijasida,
ko‘nikma va malaka bosqichlaridan o‘tib ruhiga singib, uning
hayot tarziga aylanib ketgan bosqichdagi ijobiy ijtimoiy
sifatlardir. Demak, ma’naviyat asosini bilim tashkil qilar ekan,
bilim turlariga mos ravishda ma’naviyat turlarini sanab chiqsak
bo‘ladi. Bularga diniy ma’naviyat, axloq va odob ma’naviyati,
dunyoni ilmiy bilish ma’naviyati, texnik ma’naviyat, kasbiy
m a’naviyat va boshqalar kiradi. Axloq va odob ma’naviyati
inson ijtimoiy mohiyatini eng ustki qavatini, ya’ni qobig‘ini
tashkil qilgani uchun, ba’zilar ma’naviyat‘deganda, kishining
axloq va odobga oid bilimlarini uning hayot tarzida aks etishi
deb tushunishadi. Bu ma’naviyatni tor m a’noda tushunishdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |