Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti


Qatnashish  huquqi  mavjud  imtiyozli  aksiyalar



Download 2,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/165
Sana04.08.2021
Hajmi2,26 Mb.
#138060
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165
Bog'liq
Moliya bozori Darslik

Qatnashish  huquqi  mavjud  imtiyozli  aksiyalar  –  egasiga  daromad  olish 
huquqi  (qoʻyilgan  kapitalga  qatʼiy  foiz  tariqasida  belgilangandan  yuqori 
qoʻshimcha  dividendlar  olish)  va  jamiyatni  boshqarishda  qatnashish  huquqini 
(aksiyadorlar umumiy yigʻilishida ovoz berish) beradi. Aniqrogʻi, bunday imtiyozli 
aksiyalar oddiy aksiyalar kabi boʻlib qoladi. Odatda, bunday aksiyalar aksiyadorlik 
kapitalda tegishli ulushga ega boʻlgan aniq aksiyadorlar uchun chiqariladi. 
Qayta  chaqirib  olinadigan  prefaksiyalar  –  korporatsiyalar  qayta  chaqirib 
olinadigan  imtiyozli  aksiyalarni  emissiya  qilganda,  ularni  nominalga  nisbatan 
ustama bilan qayta chaqirib olish huquqini oʻzida qoldiradi.  
Qayta  chaqirib  olinmaydigan  prefaksiyalar  ularni  muomalaga  chiqargan 
korporatsiya  faoliyat  yuritayotgan  muddatgacha  soʻndirilmaydi.  Shu  bilan,  qayta 
chaqirib  olinmaydigan  prefaksiyalar  oʻz  navbatida  shakllangan  kapital  tarkibini 
belgilangan bir muddatga muzlatib qoʻyadi. 
Qayta  chaqirib  olinadigan  imtiyozli  aksiyalarga  xos  xarakterli  belgilari 
quyidagilar: 
– 
aksiya  egasi  prefaksiyani  qayta  sotib  olish  holatida  yuzaga  keladigan 
noqulayliklar  uchun  oʻzgacha  qoplama  sifatida  boʻlgan  aniq  premiyaning 
mavjudligi  (odatda,  katta  boʻlmaydi).  Odatda,  qayta  chaqirib  olish  toʻgʻrisida 
emitent  30  kun  oldin  ogohlantiradi  (misol  uchun,  kumulyativ  qayta  chaqirib 
olinadigan  preferensial  aksiyalar  ularni  chiqargan  kompaniya  hohishiga  koʻra 
ogohlantirgandan keyin 30 kundan oshmagan muddat ichida istagan vaqtda qisman 
toʻlab  boriladi).  Toʻlanish  tartibi  toʻlov,  yaʼni  qoplash  sanasida  aksiya  qiymatiga 
aniq  belgilangan  premiya  va  qoplanmagan  barcha  preferensial  dividendlar 
summasi qoʻshiladi va toʻlanadi; 
– 
koʻpgina  qayta  chaqirib  olinadigan  aksiyalarni  qayta  chaqirib  olish 
sharti  –  qayta  sotib  olish  uchun  yoki  maxsus  jamgʻarilgan  fond  mavjudligidir. 
Bunday  jamgʻarilgan  fond  mavjudligi  kompaniya  aksiyalarni  qayta  sotib  olish 
uchun  bozorda  bunday  aksiyalarning  aniq  belgilangan  sonini  kelishilgan 


41 
 
narxdasotib  olish  yoʻli  orqali  yillik  toʻlovlarni  amalga  oshirish  uchun  taʼminot 
manbai boʻladi; 
– 
qayta  chaqirib  olinadigan  preferensial  aksiyalar  boʻyicha  toʻlovlarni 
amalga  oshirish  kafolat  taʼminoti.  Bunday  taʼminot  retrektiv  prefaksiyalarni 
muomalaga chiqarish yoʻli orqali erishiladi. 
Shunday  qilib,  aksiyani  xarid  qilish  yoʻli  orqali  qimmatli  qogʻozni  qayta 
chaqirib  olish  turli  shakllarda  amalga  oshirilishi  mumkin.  Birinchi  –  nominalga 
nisbatan  yuqori  bahoda  sotib  olish  (yoki  premiya  bilan);  ikkinchi  –  qayta  sotib 
olish uchun shakllantirilgan maxsus jamgʻarilgan fond orqali; uchinchi – retrektiv 
prefaksiyalarni muomalaga chiqarish. 
Aksiyalarni  qaytarib  sotib  olish  maqsadida  maxsus  jamgʻariladigan  fond 
tashkil  etilishi  mumkin.  Qayta  sotib  olish  fondini  shakllantirishdan  maqsad  –  bu 
fond  narxlar  pasayishi  holatida  amortizator  rolini  bajaradi,  misol  uchun,  aksiyalar 
muomalaga  chiqarilganda  tasdiqlangan  narxning  pasayib  ketgan  holat.  Bunday 
oldindan  shakllangan  fond  yordamida  kompaniya  ushbu  aksiyalarni  toʻliq  yoki 
qisman  sotib  olish  mumkin.  Qayta  sotib  olish  fondi  mavjud  boʻlgan  aksiyalarni 
sotib  olishning  ijobiy  tomoni  shundaki,  u  aksiyalarni  har  yili  qisman  qoplash 
(qayta  sotib  olish)  yoʻli  orqali  qimmatli  qogʻozlar  bozori  stabil.koʻmaklashadi. 
Imtiyozli aksiyalar ikkilamchi bozorda oldindan kelishilgan bahoda sotib olinadi. 
Qayta  sotib  olish  fondi  funksiyasiga  xos  vazifani  jamgʻarilgan  fond 
bajaradi: har yili kompaniya sof tushumdan belgilangan foiz tariqasida aksiyalarni 
qayta  sotib  olish  uchun  bir  qancha  yillar  mobaynida  mablagʻ  jamgʻarib  boradi. 
Qayta sotib olish  fondi singari jamgʻarilgan  fond  ham amortizator rolini bajaradi. 
Ammo,  qayta  sotib  olish  fondidan  farqli  oʻlaroq,  jamgʻarilgan  fond  faqatgina 
narxlar pasayishi natijasida zararni qoplashdan tashqari, aksiyadorlarga aksiyalarni 
oʻz  nominal  yoki  haqiqiy  bahosidan  yuqori,  dividend  toʻlovlarni  ham 
mujassamlashtirgan narxda sotish uchun ragʻbatlantiradi. 

Download 2,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish