Mavlono Shabobiy — ham Mashhad shuarosidindur. Bu matla’ aningdurkim:
Ey sarvi sixi qomat, ey shoʻhi jafopesha.
Shud in tani majruham az tiri gʻamat besha
(95)
.
Mavlono Darvesh — ham mashhadligʻdur. Bu Darvesh Ravgʻangardin boshqadur. Bu
matla’ aningdurkim:
Dogʻho bar dasti dil k-az dasti jononi man ast,
Garchi mesuzad maro osoyishi joni man ast
(96)
.
Mavlono Ayoniy — ham Mashhad zurafosidindur. Bu matla’ aningdurkim:
Nakard az gir’yai zori man afgʻon hechgah yore
Ki, bar afgʻoni zori u nakardam gir’yai zori
(97)
.
Mavlono Gʻiyosiddin — ham mashhadligʻdur. Yaxshi tab’y'bor.
Sayyid Abdullatif — ham mashhadligʻdur. Oʻn toʻrt yo oʻn besh yoshida boʻlgʻay,
muammoni andoq aytur va ocharki mahalli taajjubdur. Ma’lum emaskim, ul yoshda
hargiz bu fanda andoq bor ekan boʻlgʻan.
Do'stlaringiz bilan baham: |