Alisher Navoiy 1 library ziyonet uz



Download 1,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/295
Sana04.08.2021
Hajmi1,3 Mb.
#137801
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   295
Bog'liq
gIL-7KoJwmwkfYx2R-oI0Vz6ju-BZajG

Mavlono Fasih Rumiy — donishmand kishi erdi. Joʻgi Mirzo xizmatida boʻlur erdi va aning 
bogʻoti, qasrlarining kitobalari Mavlononing ash’oridur. Xoja Salmonning masnu’ qasidasigʻa 
tatabbu’ qilibdur. Oʻz xoʻrdi holigʻa yomon aytmaydur. Va Hazrat Shayxning
(41)
 «Maxzan ul-
asror»igʻa javob aytibdur, bu bayt «rozni nihon asrar» bobida aningdurkim: 
Har nafas k-az tu kase bishnavad, 
Beshak az u hamnafase bishnavad
(42)



Majolis un-Nafois (I- qism) 
Alisher Navoiy 
 
22 
library.ziyonet.uz/ 
 
Mavlononing qabri Hiriydadur. 
Shayx Kamoli Turbatiy — koʻp diqqatlik, tab’lik kishi erdi. Xoja Hofiz gʻazallaridin koʻp 
muxammas qilibdur. Xurosonning muttaayyin, rangin zurafosidin erdi. 
 
Faqirning ani koʻrarga koʻp orzum bor erdi, oshnoligʻ bu nav’ voqea boʻldikim, Sulton Abu 
Said Mirzo zamonida Mashhadda gʻarib va xasta bir buq’ada yiqilib erdim. Qurbon vaqfasi 
boʻldi, olamning aqso bilodidin xalq imom ravzasi tavofigʻa yuz qoʻydilar. Rasmdurkim, 
musofirlar muttaayyin buq’a gashtiga ham borurlar, ul buq’adakim, faqir yiqilib erdim, 
jamoati mavolivash el sayr qilib, devorda bitilgan abyotni oʻqib, bir bayt ustida bahsga 
tushtilar. Bir ulugʻroq kishikim, ul jamoat anga tobe’ erdilar, ul jamoatni ilzom qildi. Faqir 
za’f holida ul jamoat jonibidin soʻz ayttim. Anga dedilarkim: bu bemor yigit ham bir soʻz 
aytadur. Ul ulugʻroq kishi xud Shayx Kamol ermishkim, ziyoratga kelgan ermish, boshim 
ustiga kelib, mabhasni oragʻa soldi. Faqir javob bergach, oʻz soʻzidan qaytib, tahsinlar qilib, 
holimni tafahhus qildi. Ersa ul ham faqirni eshitgan ekandur va koʻrar havasi bor ekandur. 
Xushvaqt boʻlub diljoʻylugʻlar qilib, qoshimda oʻlturdi. 
 
Muning ustida ham soʻzlar aytildi, Manziliga borib, tuhfa va tabarruk va savgʻot yoʻsuni bila 
yubordi va to anda erdi, doyim kelur erdi. Shayx bila oshnoligʻ taqribi bu nav’ voqe’ boʻldi. 
 
Shayx Makkadin kelgandin soʻngra Turbatda favt boʻldi va qabri ham andadur. 
Darvesh Mansur — sabzavorligʻdur. Darvesh va parhezkor va murtoz kishi erdi. Koʻproq 
avqot soyim erdi, aruz va sanoye’da Mavlono Yah’yo Sebak shogirdi erdi. Ikki aruz tasnif qildi 
va masnu’ qasida aytibdurkim, matlai budurkim: 
Bas davidam dar havoi vasli yor, 
Kas nadidam oshnoi asli kor
(43)

Tarse’ san’ati
(44)
 pokiza voqe’ boʻlubdur. Tasavvuf ilmida Hofiz Ali Jomiyshogirdi erdikim, 
aning ta’rifida aql qosirdir va tasavvufda bu ruboiy Darveshningdurkim: 
Mavjud chu zarraye ba xud natvon kard, 
Bis'yor hadisi neku bad natvon kard. 
Ejod chu be qabul mumkin nabuvad, 
Onro ki qabul kard rad natvon kard
(45)

Faqir aruzni Darvesh qoshida oʻqubmen. Va Darvesh qirq bila ellik yosh orasida olamdin oʻtti 
va qabri Xojai Toqdadur. 
Hofiz Ali Jomiy — oʻz zamonining sohib kamoli erdi, bataxsis tasavvuf ilmida. Va Maxdumiy 
Nuran «Nafahot ul-uns»
(46)
 da aning Shayx Farididdin Attor
(47)
 (quddisa sirruhu)ning bu 
qasidasigʻakim: 



Download 1,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   295




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish