Majolis un-Nafois (I- qism)
Alisher Navoiy
98
library.ziyonet.uz/
Bu balogʻat maob va fazoyil intisoblardin ham birori, agar zamon
sahifasida oʻz nazmlari savodidek mavjuddur, ammo aksari zamona
vafosidek nobuddur va podshohlari ham fano mahallidin ketibdurlar,
baqo sarmanziligʻa yetubdurlar. Va filhaqiqat, Sultoni sohibqironning
qarobat va tavobiidin erurlar ham modihlari, haq taolo lutfidin ma’zur va
ham mamduhlari ruhi ravzai rizvonda masrur va mabrur boʻlsun:
Ruboiy:
To modihlaridin asar oʻlgʻay mavjud,
Mamduhlari ruhini tutqil xushnud.
To modihu mamduhlar oʻlgʻay nobud,
Sultoni zamongʻa umr bergay ma’bud!
Do'stlaringiz bilan baham: |