Mavlono Jamoliddin — Hazrat Maxdumiy Nuranning qarobatlaridindur. Tolibi ilm
boʻlubtur. Agar lavandligʻi mufrit boʻlmasa erdi, donishmand ham shoyad boʻlgʻay erdi.
Ul hazratning shahar ichidagi madrasasida mudarrisdur. Bu matla’ aningdurkim:
Manam on qumrii nolon zi shavqi sarvi dil joʻyat
Ki, doram tavqi gardan az xami qullobi abroʻyat
(93)
.
Xoja Abu Nasr — Xoja Muayyad Mehna (alayhirrahma)ning oʻgʻlidur. Mehna
shayxzodalarining nohamvor maoshi koʻptur. Andoqkim, alar har qachon bir-birlari bila
nizo’ qilsalar, ikki jonibdin yasol yasab, oʻq va qilich va nayza bila urushurlar. Ammo holo
ba’zideydurlarkim, Xoja Abu Nasr xeyli salohga kiribdur. Inshoollohki, rost boʻlgʻay! Bu
matla’ aningdurkim:
Namonad sabru toqat otashi gʻam chun shavad tezam,
Az on chun shu’la binshinam dame, sad bor barxezam
(94)
.
Do'stlaringiz bilan baham: |