Sayid Ali Hoshimiy — Sayid Hoshimiy nasab va xushtab’ yigit erdi. Abdullatif
Mirzo
(60)
mulozamatida boʻlur erdi. Va sipohiylik ham qilur erdi. Va shoʻx tab’gʻa bu bayt
shohidi adildur.
Dar biyobonin adam budam ba fikri on dahan,
Shud padid on xatti sabzu gasht Xizri rohi man
(61)
.
Qozi Muhammad Imomiy — mutadayyin va xushtab’ kishi erdi. Xurosonning qoziyul-
quzotligʻ mansabida mutammakkin boʻldi. Va nazmgʻa gohi mashgʻul boʻlur erdi. Ash’ori
Hiriy shahrida el orasida bor. Bu matla’ aningdurkim:
Guftamash gul-gul baromad rangi ruxsorat zi mul,
Gʻunchai u dar tabassum shudki, az gulho chi gul
(62)
.
Va qabri Hiriyda Imom Quzotning goʻristonidadur.
Do'stlaringiz bilan baham: |