Umumiy holatlar va yoritish turlari
Vagonlarni yoritishda, asosan cho‘lg‘anuvchi lampalar bilan birga
luminessent lampalar ham qo‘llaniladi. Ular yoritgich qurilmalariga
joylashtirilgan holda vagon shipiga yoki yon kupe devorlariga va
dahlizlarga o‘rnatiladi. Vagon yoritgichlari sanitar me’yor va qoidalarga
mos keluvchi
i
yorug'likni ta’minlashlari zarur. YorugMik me’yori ishchi yuzalarni kerakli
bo‘Igan yorugMikning eng kam miqdori bilan ta’minlashni ko‘zda tutadi
(ishchi yuzalaiga kupedagi stolchalar, yuklami saralovchi stollar va
boshqalar kiradi). Ishchi yuzalar poldan 0,8 m balandlikda bo‘ladi.
Elektr yoritgichlar turlari quyidagicha: umumiy yoritgichlar - kupe,
xojatxona, tambur, dahliz, salonlami yoritishga mo‘ljallangan. Umumiy
yoritgichlar, odatda, vagon shipiga bir xilda yoki alohida lokal (xona
ahamiyatiga qarab) joylashtiriladi; mahalliy yoritgichlar — ishchi 0‘rinlami
yoritish uchun xizmat qiladi; xizmat uchun mo4jallangan yoritgichlar.
Ular, asosan bug‘-qozoni bo‘limlarini, vagon zinalarini, vagon osti
xo‘jaliklarini yoritishda xizmat qiladi; navbatchi yoritgichlar, asosan,
kechasi oyektlarni yoritishda qo‘l!anadi. Ularni hisoblashda me’yorga rioya
qilish shart emas; avariyaviy yoritgichlar asosiy manbalar ishdan chiqib,
avariya holatlari yuz bergandagina ishga tushadi.
Elektr bilan yoritishni hisoblash usullari
Elektr yoritishni hisoblashdan ko‘zlanadigan maqsad asosan yoritish
manbalarini va yoritgichlarni tanlash, ularni osib qo‘yish balandligini va
joylashtirishni aniqlashdan iborat.
Yoritishni hisoblashda quyidagi parametrlardan foydalaniladi: yorugiik
energiyasi quwati, yorugiik oqimi, lyumen, yorugMik kuchi. Yorug‘lik
energiyasining quwati yorugiik oqimi F bilan tavsiflanadi. Yorugiik oqimi
— bu vaqt birligida ma’lum sathga to'g'ri keluvchi yorugiik quwati
hisoblanadi. Uning olchov birligi sifatida lyumen (lm) qabul qilingan.
Agar
kuchlanish 10% ga kamayadigan bo'lsa, yorug'lik qiymati ikki marotaba
qisqaradi. Nominal kuchlanishda oddiy lampalar ishlash muddati 1000
soatga teng bo‘lsa, temir yo‘l lampalariniki 400 soatni tashkil qiladi. Lampa
sokolida keltiriluvchi xarf va raqamlar quyidagicha izohlanadilar: R -
rezbaviy, Sh-shtiftli, Sf-sofitli, S-silindrli xarflardan keyin keluvchi
raqamlarning birinchisi sokol diametrini ko‘rsatadi. Masalan, 2Sh -22-2
belgi quyidagilarni belgilaydi: 2Sh-ikki shtirli, 22-sokol diametri, 2-sokol
yon qismidagi ikkita kontakt borligi; J 54-25 turdagi lampadagi J-temir yo‘l
uchun mo'ljallanganligini, harfdan keyingi raqam 54 -voltni, 25-quwat
(Vt)ni ifodalaydi.
Luminessent lampalar keng tarqalgan. Cho'g'lanuvchi lampalarga
nisbatan ularning foydali ish koeffitsiyentlari yuqori,
yorug‘lik berish qobiliyati yuksak. Ishlash muddatining o‘rtacha qiymati
choVlanuvchi lampanikidan ancha yuqori (5000 soat). Undan tashqari,
lyuminessent lampalar o‘tkazgichlarning izolatsiyalariga termik jihatdan
putur yetkazmaydilar.
Luminessent lampalarning ishi ba’zi bir moddalar (kalsiy, magniy,
kadmiy, qo'rg'oshin va b.)ning oltin gugurt birlashmasiga aloqador
xususiyatlaridan foydalanilganda hosil boMuvchi yorugiik (lyuminofor)ga
asoslangan.
Luminessent lampa rangsiz shishadan yasalgan silindrik trubka (2)
dan iborat bolib, ikkala chekkasiga sokol (4) o‘rnatilgan. Sokollarga shtir
(3) lar joylashgan. Shtirlarning trubka ichiga joylashgan qismida volfram
spiral (5) lar ulangan. Spirallar boriy va stronsiy okislari bilan qoplangan
bolganliklari uchun ular yuqori haroratda elektron nurlanishiga bardoshli
hisoblanadilar.
Trubkaning ichki yuzasi tekis qavat qilib luminessent tarkibi —
luminafor bilan qoplangan. Trubkaning ichi yuqori bosim ostidagi argon
bilan toidirilgan. Shuningdek, trubka ichiga simob parlarini hosil qi luvchi
simob tomchilari ham
kirgizilgan. Argon lampa yonishini yengillashtirish uchun xizmat
qiladi. Simob parlari lampaning ultragunafsha rangli qisqa to‘IqinIi
nurlanishini hosil qiladi.
Luminessent lampalar o‘zgaruvchan tok qurilmalarda xizmat qilish
uchun mo‘ljallangan. 0‘zgaruvchan tok zanjiriga ular maxsus ballast
qarshiligi (drossel) (1) bilan ketma-ket ulangan starter (6) ga ulanadilar.
Lampaning yonishi uchun starter (6) xizmat qiladi. Starter miltillab
yonuvchi razryadlanuvchi lampa bo‘lib, unda bimetalldan yasalgan
qo‘zg‘oluvchi elektrod (7) va qo'zg‘aImas elektrod (8) dan tashkil topgan.
Sxemadagi kondensator (9) radio to‘lqini to‘siqlarini yo‘qotish uchun
mo‘ljallangan. Ikkinchi kondensator (10) lampaning quwat koeffitsiyentini
yaxshilash uchun xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |