Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalari texnologiyasi



Download 3,57 Mb.
Pdf ko'rish
bet49/130
Sana03.08.2021
Hajmi3,57 Mb.
#137026
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130
Bog'liq
oldindan zoriqtirilgan temir-beton konstruksiyalari texnologizsi

1. 
UMUMIY TUSHUNCHALAR 
1.1.  Oldindan zo‘riqtirilishning vazifalari 
 
Beton  mustahkam  bo‘lishiga  qaramay,  mo‘rt  bo‘lganligi  sababli,  uning 
egilishdagi  va  cho‘zilishdagi  mustahkamligi  siqilishdagi  mustahkamligining 
o‘ndan birini tashkil etadi.  SHuning uchun uning bu ko‘rsatkichini yaxshilash 
maqsadida uni po‘lat armatura bilan  kuchlantiriladi.   
Egilishga  ishlaydigan  oddiy  temirbeton  konstruksiyasiga  kuch  ta’sir 
etganda,  u  ozgina  egiladi  va  darzlar  hosil  bo‘ladi  (1-rasm)  va  shundash 
so‘nggina  po‘lat  armatura  eguvchi  kuchlar  ta’siriga  qarshi  ishlay  boshlaydi.  
Ta’sir  etayotgan  kuch  hisobiy  kuchdan  oshib  ketsa  konstruksiya  buziladi. 
Konstruksiyada  darzlar  hosil  bo‘lishini  oldini  olish  usullaridan  biri,  unga  ta’sir 
etuvchi kuchlardan miqdori yuqori bo‘lgan bo‘ylama kuch ta’sir ettirib erishish 
mumkin.  Beton  siqilishga  yaxshi  ishlagani  sababli  bu  bo‘ylama  kuch  ta’sirida 
uning  ko‘ndalang  kuchlarga  qarshilik  ko‘rsatish  xususiyati  ortadi.  Bunday  usul 
bilan  tayyorlangan  konstruksiyalarni  -  “oldindan  zo‘riqtirilgan  temirbeton 
konstruksiyalar” deb ataladi. 
SHuning uchun “oldindan zo‘riqtirilgan” degan nom shartli ravishdadir va 
shuning uchun saqlanib qolmoqda va ko‘pgina davlatlarda shu nom bilan atalish 
qo‘llanilib  kelmoqda.  Faqatgina  Germaniyada  qisqagina  “zo‘riqtirilgan  temir-
beton” (Spannbeton) deb ataladi. 
Oldindan  zo‘riqtirilgan  temirbeton  konstruksiyalarning  xossalari  oddiy 
(zo‘riqtirilmagan)  temirbeton  xossalaridan  tubdan  farq  qiladi.  Ular  o‘rtasidagi 
asosiy  farqlardan    biri    konstruksiya  materiallarining  foydalanish  vaqtida 
qo‘yilgan tashqi quchni turlicha qabul qilishidir. 


Oddiy  temirbetonda    qo‘yilgan  barcha  kuch  dastlab  darzlar  hosil 
bo‘lguncha faqat beton va qismat armatura tomonidan qabul qilinadi. Oldindan 
zo‘riqtirilgan  konstruksiyalarda  esa  xamma  yuk  konstruksiyaning  cho‘ziluvchi 
zonasining armaturasi tomonidan qabul qilinadi. 
Temirbeton  konstruksiyalari  oldindan  zo‘riqtirilganda  quyidagilarga 
erishiladi: 
-  Mustahkamligi  yuqori  va  oshirilgan  armaturadan  taranglashtiriluvchi 
armatura sifatida sarf bo‘ladigan po‘lat miqdorini iqtisod qilish imkonini beradi; 

 Konstruksiya  betonida  darzlar  hosil  bo‘lishiga  qarshilikni  oshirish, 
ya’ni darzlarga chidamlilik, darzlar ochilishini chegaralash imkonini beradi; 

Konstruksiya  bikrligini  oshirish,  ya’ni  uning  deformativligini 
kamaytirish  hisobiga  uzun  proletlarni  qoplash,  juda  baland  inshootlarni  qurish  
imkoniga erishiladi; 

Konstruksiya  kesim  yuzasini  o‘lchamlarini  kichraytirish  hisobiga  uni 
tayyorlashda  sarf  bo‘ladigan  betonni  ham  iqtisod  qilish  imkonini  beradi  va  bu 
ko‘pgina xollarda konstruksiyaning tannarxini arzonlashtirishga olib keladi; 

Ko‘p 
marta 
qaytariladigan 
yuk 
ta’sirida 
ishlaydigan 
konstruksiyalarning chidamliligini oshiradi; 
YUqorida  qayd  etilgan  va  ko‘pgina  afzalliklar  konstruksiyalarni 
zo‘riqtirib armaturalash usuli bilan tayyorlash jarayonining qiyinligiga qaramay 
ulardan qurilishda foydalanish kun sayin ortib bormoqda. 
 YUqorida qayd etilgan afzalliklar shunchalik sezilarli darajadaligi sababli 
oldindan  zo‘riqtirilgan  konstruksiyalarni  tayyorlashdagi  murakkabliklarga 
qaramay  ulardan  qurilishda  foydalanish  sezilarli  tarzda  rivojlanib  bormoqda. 
Ba’zi  turdagi  konstruksiyalar  uchun  armaturani  taranglashtirib  oldindan 
zo‘riqtirish xanuzgacha yagona echimlardan biri bo‘lib qolmoqda. 

Download 3,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish