24. Bilimlarimiz – amaliyotga
Og’zaki nutq:
Ta'tilda rejalashtirgan ishlaringiz yuzasidan yaqinlaringiz
bilan maslahatlashing va dialogga kirishing.
Yozda fan о’qituvchingiz bergan topshiriqlarni qanday bajarmoqchisiz?
Amaliyot o’tamoqchi bо’lgan korxona(tashkilot) haqida so’zlab bering.
Yozma nutq:
Yozgi ishlaringiz yoki dam olishingizni tasvirlab, ijodiy bayon yozish.
Amaliyot davrida bajaradigan ishlaringiz rejasini tuzing.
Grammatika: Bitiruv malakaviy ishi matni, uning tuzilishi va ifoda
materialining xususiyatlari.
Fanni о’qitish bo’yicha kо’rsatma va tavsiyalar
О’zbek tili, eng avvalo, О’zbekistonda yashaydigan(millatdan qat'i nazar)
barcha uchun davlat tili sanaladi. Bundan tashqari nutqiy savodxonlik har bir oliy
ma'lumotli mutaxassis uchun muhim ahamiyatga egadir. Talabalar о’zbek tilidan
litsey va kollejda egallagan bilimlarini tanlagan ixtisosliklari sohasidagi leksik
vositalar bilan boyitishlari, turli muloqot mavzulariga oid kо’nikmalarini
mustahkamlashlari, ixtisoslikka oid matni tushunish, sо’zlab berish, shunday matn
tuza olish malakalariga ega bо’lishlari lozim.
Shuning uchun о’zbek tili fanini 1-kursning 1- va 2-semestrida о’qitish
maqsadga muvofiqdir. Mazkur konsepsiya о’zbek tili о’qituvchisidan birinchi
navbatda puxta ixtisoslik bilimiga ega bо’lishni talab etadi. Zero, о’zbek
tilshunosligini yaxshi bilgan о’qituvchi bu tilning leksik-uslubiy imkoniyatlarini
ham chuqur biladi, til faktlarini talabaning ona tilisi bilan tо’g‘ri qiyoslab bera
oladi.
Ikkinchidan, о’zbek tili о’qituvchisi chet tillarni ikkinchi til sifatida о’qitish
usuliyotidan yaxshigina xabardor bо’lishi, zamonaviy о’qitish usullarini ijodiy
qо’llashni о’zlashtirgan bо’lishi lozim. О’zbekcha nutqni amaliy egallash til
о’qitishning kommunikativ tamoyiliga asoslangan holda ish kо’rishni shart qilib
qо’yadi. Buning uchun о’qituvchi tavsiya etilgan nutq mavzulari bо’yicha keng
dunyoqarashga ega bо’lishi bilan birga talabalarning shu mavzularda erkin
suhbatlashishlari mumkin bо’lgan barcha imkoniyat va vositalarni ishga solishi
zarur, har bir mashg‘ulotda talabalarning faolligiga erishish uchun mavzu yuzasidan
bajariladigan ishlar oldindan rejalashtirilib, talaba bu ishlardan xabardor etilishi
lozim. Shunda zarur nutqiy vaziyat ham, savol - javob ham, mashq va topshiriqlar
ham yuksak mas'uliyat bilan bajariladi. Mavzuga oid grammatik bilimlarni esa
imkon qadar talabaning mustaqil bilim olishi va mustaqil ravishda о’z ustida
ishlashi uchun vazifa qilib berish maqsadga muvofiqdir.
17
О’qituvchi shu bilimlarni izoh tarzida anglatishi, xatolarni tuzatishi,
mavzuning matn tilida ifodlanish xususiyatini ochib berishi mumkin. Bu orqali
talablarni о’zbek tilida mustaqil fikrlash, til materiali, vositasini nutqda mustaqil
qо’llashga о’rgatish oson kechadi. Asosiy e'tibor matn ustida ishlash, matn tuzishga
qaratilgani uchun ham talabaning о’z nutqi ustida ishlashga majbur qilish, uning
xatolarini о’z vaqtida tuzatish, zarur о’rinlarda yordamlashish hamkorlik
texnologiyasi asosida olib borilgani ma'quldir.
Tilni mukammal о’rganishda, avvalo, hayotiy mavzulari bо’yicha savol-javob,
suhbat, bahs uyushtirish muhim ahamiyatga ega. Tavsiya etilgan mavzulardan
kelib chiqib, ularga har xil sharhlar berish (fonetik, leksik, grammatik) asosida darsni
olib borish maqsadga muvofiqdir. Savol-javob, suhbat, bahslashuv orqali mustaqil
yozma ishlar uyushtirish, matn tuzdirish, qо’llanadigan interfaol usullarning
samaradorligini ta'minlash, talabalarning о’zbek tilidan hosil qiladigan malaka va
kо’nikmalarini uzluksiz о’stirishga erishiladi. Bunda nofilologik ixtisosliklarga til
о’rgatishni о’sha soha fanlariga moslashtirish ham talab qilinadi. Masalan,
yozma ishlar о’tkazish, sо’zlashuv, bahs-munozara darslarini о’qituvchi har bir
fakultetning ixtisosligiga mos ravishda belgilanishi maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |