O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti


Nosiriddin Rabg‘uziy hayoti va ijodi. “Qisasi Rabg‘uziy” asari



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet314/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

Nosiriddin Rabg‘uziy hayoti va ijodi. “Qisasi Rabg‘uziy” asari 
REJA: 
1.  Mumtoz adabiyotda Payg‘ambarlik qissalari. 
2.  Nosiriddin Rabg‘uziy hayoti va ijodining manbalari. 
3.  «Qisasi Rabg‘uziy» («Kisasu-l-anbiyo») - asarining yaratilish. 
4.  Qissalarda Payg‘ambarlik tarixi voqealari. Asarning badiiyati. 
 
1. Mumtoz adabiyotda Payg‘ambarlik qissalari. 
«Qisasi  Rabg‘uziy»  («Kisasu-l-anbiyo»)  -  o‘zbek  badiiy  nasrining  ilk  namunasi  sifatida. 
«Qisasi  Rabg‘uziy»  («Kisasu-l-anbiyo»)  -  o‘zbek  badiiy  nasrining  ilk  namunasi  sifatida. 
Asarning  yaratilish  tarixi.  Asarning  tarkibi  va  janr  xususiyatlari.  Qissalarda  islom 
mifologiyasining  aks  etishi.  Qissalarda  Payg‘ambarlik  tarixi  voqealari  Asardagi  nazmiy 
parchalar. Ularning badiiyati: vazn, qofiya va she’riy san’atlar. 
«Kisasu-l-anbiyo»ning  tarbiyaviy  qimmati  va  o‘zbek  nasri  taraqqiyotidagi  o‘rni.  O‘zbek 
mumtoz  she’riyati  qanchalar  dilbar  va  diltortar  bo‘lmasin,  nasriy  asarlar  ham  asrlar  davomida 
xalqimiz  tomonidan  ardoqli  bir  suratda  mutolaa  qilingan,  maktab-madrasalarda  o‘qish  kitobi 
sifatida  qabul  qilingan.  “Mahbubu-l-qulub”,  “Boburnoma”,  “Miftohu-l-adl”  kabi  mumtoz  nasr 
namunalari  qatorida,  to‘g‘rirog‘i,  ulardan  avval  yaratilgan  “Qisasi  Rabg‘uziy”  asari  o‘zbek 
nasrining shakllanishida muayyan rol o‘ynagan. Soha mutaxassislari g‘azal, fard kabi janrlarning 
dastlabki namunalarini ham mana shu adabiy manbada uchratganlar. 
2. 
Nosiriddin Rabg‘uziy hayoti va ijodining manbalari.  
“Qisasi  Rabg‘uziy”  asari  XIV  asrning  boshlariga  tegishli  adabiy  manba  bo‘lib,  uning 
muallifi  Xorazmning  Raboti  O‘g‘uz  qishlog‘ida  qozilik  qilgan  Nosuruddin  Burhonuddin  o‘g‘li 
Rabg‘uziydir.  Kitob  muallifi  haqida  boshqa  ma’lumotga  ega  bo‘lmasak  ham,  asarning 
muqaddimasida  “Bu  kitobni  tuzgan,  toat  yo‘lida  tizgan,  ma’iyat  yobonin  kezgan,  oz  ozug‘lig‘ 
Rabot  O‘g‘uzining  qozisi    Burhonuddin  o‘g‘li  Nosuriddin”  deb  yozilgan
38
.  Ushbu  asar  turkiy 
tilda  yozilgan  dastlabki  nasr  namunalaridan  biri  sanalgani  uchun  u  “O‘zbek  adabiyoti  tarixi”, 
“Tatar  adabiyoti  tarixi”,  “Turk  adabiyoti  tarixi”,  “Turkman  adabiyoti  tarixi”  va  boshqa  turkiy 
xalqlar adabiyotlari tarixiga kiritilgan, xatto undan ayrim namunalar umumta’lim maktablarining 
9-sinfida,  akademik  litseylar  va  kasb-hunar  kollejlarining  birinchi    yilida  Adabiyot  darslarida 
o‘qitiladi.  Shunday  ekan,  “Qisasi  Rabg‘uziy”  asariga  o‘zbek  mumtoz  nasrining  ilk 
namunalaridan biri sifatida hamda adabiy-tarixiy manba sifatida  yondoshish maqsadga muvofiq 
keladi.  
3. «Qisasi Rabg‘uziy» («Kisasu-l-anbiyo») asarining yaratilish. 
Ushbu  manba  72  qissadan  iborat  bo‘lgani  uchun  “Qisas”,  ya’ni  qissalar  nomi  bilan 
yuritiladi.  Asarning  dastlabki  qissasi  kosmogoniya,  ya’ni  Yer,  Suv,  Borliq  va  Mavjudotlarning 
yaratilishiga oid bo‘lib, ularning Yagona Yaratuvchisi haqida so‘z yuritadi, uning qodir qudratini 
ulug‘laydi.  So‘ngra  esa  nabilar  tarixi  beriladiki,  bu  tarix  ma’lum  ma’noda  Alisher  Navoiyning 
                                                 
38
 Ўзбек адабиёти тарихи. 1 том: Энг қадимги даврлардан XV асрнинг II ярмигача. – Т.: Фан, 1978. – Б. 178. 


 
175 
“Tarixi  anbiyo  va  hukamo”  asarining  yaratilishiga  sabab  bo‘lgan,  buyuk  shoir  o‘z  asarida 
yuqoridagi qissalardan unumli foydalangan.  
Asardagi  Nuh,  Ya’qub,  Yusuf,  Sulaymon,  Dovud  v.b.  qissalari  qahramonlarining  jahon 
badiiyati xazinasidan o‘rin olishida ular hayotiga oid qissalarning ahamiyati katta. Muallif ularni  
ravon til bilan hikoya qiladi, xalqqa tushunarli bo‘lgan ibora va poetik vositalarni faol qo‘llaydi. 
Shuning  uchun  ham  Rabg‘uziy  qissalari  asrlar  davomida  xalqimizning  sevimli  asarlari  sifatida 
madaniyatimiz xazinasida o‘rin olgan.  
4.  Qissalarda Payg‘ambarlik tarixi voqealari. Asarning badiiyati: vazn, qofiya va she’riy 
san’atlar. 
Professor  Fitrat  asarning  ta’limiy,  axloqiy  va  estetik  jihatlarini  ta’kidlar  ekan,  uning 
tarkibiga  kirgan  mustaqil  hikoya  va  she’rlarga  alohida  to‘xtaydi,  bu  namunalarni  o‘zining 
“Adabiyot qoidalari”, “O‘zbek adabiyoti namunalari” singari darslik va qo‘llanmalariga kiritadi. 
Jumladan, “Qisasi Rabg‘uziy”ning Yusuf alayhissalom qissasidan o‘rin olgan 
Sabo esnayur-da yig‘och bong solar, 
   
 
Bulut yig‘layur-da, chechaklar kular. 
   
 
Bu mundog‘ chechaklarda ko‘nglum bu kun, 
   
 
Sening birla o‘lturub ovunmoq tilar 
parchasini yuksak badiiyat namunasi sifatida baholaydi
39

 
Asarning  nafaqat  badiiy  jihati,  balki  g‘oyaviy-ta’limiy  ahamiyatini  belgilashda  “O‘zbek 
adabiyoti  tarixi”ning  ushbu  xulosasi  o‘rinlidir:  “...real  tabiatga  bo‘lgan  muhabbatni  kuylab, 
dunyoviy  ishlarga  bo‘lgan  rag‘batni  ifoda  etgan,  ayni  paytda  cheklangan  axloq-odob 
ko‘rinishlarini  tanqid  qilib,  unga  yuksak  e’tiqodlarni  qarshi  qo‘ygan  “Qisasi  Rabg‘uziy”  asari 
davr adabiyotida o‘ziga xos o‘rin tutadi”
40

 
Bu  kabi  e’tirof  va  iqtiboslar  Rabg‘uziy  qissalarining  hozirgi  kun  uchun  ham  asqotarli 
ekanini ta’kidlaydi. Bu asar talaba yoshlarimizning adabiyot fanidan olgan bilimlarini to‘ldiradi, 
ularni  ezgulikka,  pok  va  halol  yashashga  chorlaydi.  Zero,  taraqqiyot  sari  dadil  odimlayotgan 
mustaqil  yurtimizda  yaratilgan  nasriy  asarlar  Vatan  tarixini  o‘rganishda,  hamyurtlarimizning 
ma’naviy komillik yo‘lidagi harakatlarida muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. 
Matn  va  manbalar:    1.  Qisasi  Rabg‘uziy.    I–II  jild,  (nashrga  tayyorl.  E.Fozilov,  H. 
Dadaboev, A. Yunusov). –T.: 1990; Nosiruddin Rabg‘uziy. Kisasi Rabg‘uziy. – T.: «MUMTOZ 
SO’Z», 2009. 
Ilmiy adabiyot:  1. T.G‘afurjonova. Rabg‘uziy / O‘zbek adabiyoti tarixi. Besh tomlik. 1-
tom.  -  T.:  Fan,  1978.  –  B.  178-185;  H.Boltaboev.  Rabg‘uziy  qissalari  adabiy-tarixiy  manba 
sifatida / Nosiruddin Rabg‘uziy. Kisasi Rabg‘uziy. – T.: «MUMTOZ SO’Z», 2009. – B. 3-5. 
 
 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   310   311   312   313   314   315   316   317   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish