O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi andijon mashinasozlik instituti mashinasozlik fakulteti



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/147
Sana02.08.2021
Hajmi5,14 Mb.
#136361
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147
Bog'liq
yol harakati qoidalari

 
3. Svetoforlarning ishoralari 
Svetoforlarda yashil, sariq, qizil va oq rangli yorug`lik ishoralari qo`llaniladi.  
Svetoforning ishoralari vazifasiga bog`liq ravishda doirasimon, yo`naltirgich, 
piyoda tasviri tushirilgan va X simon ko`rinishida bo`lishi mumkin. 
Doira shaklidagi ishorali svetoforlarda yashil doirali ishoralar bilan bir satxda 
joylashgan  yashil  yo`naltirgich  ko`rinishidagi  ishorali  bitta  yoki  ikkita  qo`shimcha 
tarmoq bo`lishi mumkin. 
Transport  vositalarining  chorraha  bo`ylab  navbatma–navbat  harakatlanib 
o`tishlarini  tartibga  soluvchi  svetofor  ikki  yoki  uch  navbatli  bo`lishi  mumkin. 
Serqatnov  yo`llarning  chorrahalarida  transport  vositalarining  harakatlanib 
o`tishlari  uch  navbatga  bo`lingan  bo`lsa,  uchinchi  navbatdagi  harakatlanish 
qo`shimcha tarmoq (8.2-rasm) orqali tartibga solinadi (amalga oshiriladi).  
Qo`shimcha  tarmoqdagi  ishora  o`chirilgan  bo`lsa,  shu  tarmoq  tartibga 
soladigan yo`nalishda harakatlanish taqiqlanganligini bildiradi. 
Svetoforning doirali ishoralari quyidagi ma`nolarni bildiradi: 
- Tik svetoforning eng pastida, yotiq svetoforning o`ng chekkasida joylashgan 
yashil  ishora  harakatlanishga  ruhsat  beradi;  miltillovchi  yashil  ishora  ham 
harakatlanishga ruhsat berib, bu belgilangan ruxsat vaqti tugayotgani va tez orada 
(3-4 soniyadan so`ng) taqiqlovchi yoritgich yonishi xaqida ishora beradi. 
-  Yashil  yoritgich  o`chishiga  qancha  soniya  qolganligini  haydovchilarga 
yetkazish  uchun  raqamli  tablo  qo`llanilishi  mumkin.  Tablo  10  soniyadan 
(10,9,8,…3,2,1) kam qolgan vaqtlarni ko`rsatadi. 


 
66 
Svetoforning qizil chirog`idan keyin yongan sariq chiroqda chorrahaga kirib 
kelish  taqiqlanadi  (sariq  chiroq  harakatni  taqiqlaydi),  lekin  svetoforning  yashil 
(harakatga  ruxsat  beruvchi)  yoritgichi  yonib  turganida  chorrahaga  (to`xtash 
chizig`iga) juda yaqin kelib qolib, sariq chiroq yonganida keskin tormoz bermasdan 
to`xtashga  ulgura  olmaydigan  transport  vositasi  haydovchilariga  harakatni  davom 
ettirishga ruxsat etiladi. 
- Miltillovchi sariq ishora harakatlanishga ruxsat beradi. U transport oqimi 
siyrak  bo`lib,  ularni  navbat  bilan  harakatlanib  o`tishlarini  tartibga  solishga  hojat 
bo`lmagan,  lekin  ba`zi  bir  sabablarga  ko`ra  xavfli  bo`lgan  chorrahalarda 
qo`llaniladi. 
-  Ustma-ust  joylashib,  navbat  bilan  miltillovchi  ikkita  sariq  yoritgich 
harakati  doimiy  bo`lmagan,  vaqti-vaqti  bilan  paydo  bo`ladigan  piyodalarning 
harakati tartibga solinmagan o`tish joylari borligi xaqida ogohlantiradi. 
-  Navbatma-navbat  miltillovchi  ikkita  qizil  ishorali  svetofor  temir  yo`l 
kesishmalari  va  sol  kechuvchi  oldida  o`rnatilib,  harakatlanishni  taqiqlaydi  (8.6-
rasm).  Bu  svetoforlarning  navbat  bilan  yonishi  haydovchining  diqqatini  o`ziga  jalb 
qilib, tezroq cora qabul qilishi uchun mo`ljallangan. 
Svetoforning  qizil,  sariq  va  yashil  chiroqlariga  tushirilgan  qora  tasvirli 
yo`naltirgichlar  bu  ishoralarning  ma`nosini  o`zgartirmaydi,  balki  u  svetoforning 
yashil  chirog`i  yonganida  ruxsat  etilgan  harakat  yo`nalishini  ko`rsatadi.  Bu 
svetoforlar  harakatlanishi  ko`p  yo`nalishli  chorrahalarda  har  bir  yo`nalish  uchun 
alohida qo`llanilishi mumkin (8.7-8.8-rasmlar). 
Davlat na`munasi (GOST 25695-91) ga asosan ko`zlari ojiz piyodalar o`tish 
joylarida svetofor ishoralariga qo`shimcha ravishda tovush chiqaruvchi moslamalar 
o`rnatilishi mumkin. 
Agar  tegishli  yo`l  belgisi  bilan  taqiqlanmagan  bo`lsa,  chapga  burilishga 
ruxsat  beruvchi  yo`naltirgich  qayrilib  olishga  ham  ruhsat  beradi.  Qo`shimcha 
tarmoqdagi yashil yo`naltirgich ham xuddi shu ma`noni bildiradi. 
Svetoforning  yashil  chirog`i  sathida  joylashgan  qo`shimcha  tarmoqdagi 
yashil  yo`naltirgich  svetoforning  qizil  yoritgichi  bilan  yonsa,  boshqa  yo`ldagi 


 
67 
transport  vositalariga  yo`l  berib  ko`rsatilgan  yo`nalishda  harakatlanishga  ruhsat 
beradi. 
Agar  qo`shimcha  tarmoqdagi  yashil  yo`naltirgich  svetoforning  yashil 
yoritgichi  bilan  yonsa,  boshqa  yo`ldagi  harakatlanish  taqiqlangani  tufayli 
ko`rsatilgan yo`nalishda to`xtamasdan harakatlanib o`tishga ruxsat beradi. 
Agar 
svetoforning 
asosiy 
yashil 
ishorasiga 
qora 
yo`naltirgich 
(yo`naltirgichlar)  shakli  tushirilgan  bo`lsa,  u  haydovchilarga  svetoforning 
qo`shimcha  tarmog`i  borligini  ma`lum  qiladi  va  shu  asosiy  tarmoqdagi 
yo`naltirgichlar yo`nalishlarida harakatlanishga ruhsat berilganligini ko`rsatadi.  
Sutkaning qorong`i vaqtida (yetarli ko`rinmaslik sharoitlarida) haydovchiga 
svetoforning  qo`shimcha  tarmog`i  ko`rinmay  qolib,  asosiy  yashil  chiroqda  burilib 
yoki  qayrilib  hato  qilmasliklari  uchun  ushbu  kontur  chiziqli  strelka  asosiy  ya`shil 
chroqqa tushiriladi (8.9-rasm). 
Agar  svetofor  ishorasi  piyoda  tasviri  ko`rinishida  bo`lsa,  u  faqat 
piyodalarning  harakatiga  ta`sir  ko`rsatadi.  Bunda  yashil  ishora  piyodalarning 
harakatlanishiga ruhsat beradi, qizil ishora esa taqiqlaydi. 
Qatnov  qismining  harakat  yo`nalishi  qarama-qarshi  tomonga  o`zgarishi 
mumkin bo`lgan bo`laklarida transport vositalarining harakatini tartibga solish uchun 
X simon qizil ishorali va pastga yo`nalgan yo`naltirgich ko`rinishidagi yashil ishorali 
reversiv  svetoforlar  qo`llaniladi  (8.12-rasm).  Bu  ishoralar  qaysi  bo`lak  ustiga 
o`rnatilgan bo`lsa, unda harakatlanishni taqiqlaydi yoki ruhsat beradi. 
Ikki  tomonli  1.9  chizig`i  bilan  belgilangan  bo`lak  ustiga  o`rnatilgan, 
ishoralari o`chirilgan reversiv svetofor shu bo`lakka kirishni taqiqlaydi. 
Yo`lning  o`tkazish  qobiliyatini  oshirib,  transport  vositalaridan  unumli 
foydalanish  uchun  o`rta  bo`lak  (bo`laklar)  transport  oqimi  jadalligiga  qarab 
yo`nalishlarini  o`zgartirishlari  mumkin.  Bunday  harakat  reversiv  harakat  deb 
ataladi.   
Davlat  na`munasi  (GOST  25695-91)  da  reversiv  svetoforning  asosiy 
ishoralariga  qo`shimcha  45(gradus)  li  burchak  ostidagi  sariq  yo`naltirgich  ko`zda 
tutilgan. Bu yo`naltirgich yonganida haydovchilar reversiv bo`lakni tark etib chiqib 
ketishlari kerak. 


 
68 
Yashil  yo`naltirgich  yonganida  bir  yo`nalishda  harakatlanayotgan 
haydovchilar  bo`laklarni  ajratuvchi  reversiv  chiziqni  istalgan  tarafdan  kesib 
o`tishlari mumkin.   
Tramvaylarning,  shuningdek,  yo`lning  maxsus  ajratilgan  bo`lagida 
harakatlanadigan  belgilangan 
yo`nalishli 
boshqa 
transport 
vositalarining 
chorrahadan  harakatlanib  o`tishlarini  tartibga  solish  uchun  “T”  harfi  ko`rinishida 
joylashgan  to`rtta  doirasimon  (oq-oydin)  rangli  ishorali  svetoforlar  qo`llanilishi 
mumkin. 
Yuqorida  bir  yoki  bir  nechta  va  pastki  ishora  bir  vaqtning  o`zida  yonganda 
harakatlanishga ruxsat etiladi. Ulardan chapdagisi chapga, o`ngdagisi o`ng tomonga 
burilishga, o`rtadagisi  to`g`riga  yurishga ruxsat beradi.  Agar  faqat  yuqoridagi uchta 
ishora bir vaqtda yonsa, harakatlanish taqiqlanadi. 
Ushbu  svetofor  faqat  tramvay  va  yo`lning  maxsus  ajratilgan  bo`laklaridan 
harakatlanadigan  belgilangan  yo`nalishli  transport  vositalariga  tegishli  bo`lsada, 
boshqa  haydovchilar  svetoforning  bir  vaqtda  harakatlanishi  ruxsati  yo`nalishidan 
qai`y nazar, tramvay haydovchisiga yo`l berishlari kerak.    
Temir  yo`l  kesishmalarida  o`rnatilgan  doirasimon  oq  rangli  miltillovchi 
ishora  transport  vositalarining kesishma  orqali harakatlanishiga  ruxsat  beradi  (8.16-
rasm). 
Temir  yo`l  kesishmasi  oldida  o`rnatilgan  ushbu  svetoforning  oq  miltillovchi 
chirog`i mazmun jihatdan oddiy svetoforning yashil chirog`i bilan teng. 
Ko`rinish  chegarasida  yaqinlashib  kelayotgan  poezd  (lokomotiv,  drezina) 
bo`lmasa,  o`chirilgan  miltillovchi  oq  va  qizil  ishoralarda  ham  harakatlanishga 
ruxsat beriladi. 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   147




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish