Tibbiy yordam ko`rsatish talabi Yo`llarda harakatlanish qoidalarining 5.1 bandiga asosan, yo`l-transport
hodisasi sodir bo`lganda haydovchi: darhol to`xtashi, transport vositasi majburan
to`xtaganini bildiruvchi chiroqni yoqishi yoki belgi o`rnatishi, transport vositasini va
hodisaga dahldor buyumlarni kuzgatmasligi, shikastlanganlarga birinchi tibbiy
yordam berish uchun zarur choralarni ko`rishi, “tez tibbiy yordam” xizmatini
chaqirish, agar buning imkoni bo`lmasa, shikastlanganlarni o`z transportida yoki
boshqa yo`lovchi transportida yaqin oradagi davolash muasssasasiga olib borishi, u
162
yerda o`z ismini, transport vositasining davlat raqamini aytishi va voqea sodir
bo`lgan joyga qaytib kelishi shart.
Bu qoidalarga rioya qilmagan haydovchilar jinoiy javobgarlikka tortiladilar.