Yurtimiz mustaqillikka erishgach, o‘zining mustaqil taraqqiyot yo‘lini
belgilab oldi. Bu yo‘l jamiyatimiz kelajagini o‘z qo‘llariga oluvchi – yoshlarga
beriladigan ta’lim-tarbiya asosida belgilanadi. Shu nuqtai nazardan 1997 yil 29
avgustda “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“ va ”Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonun qabul
qilinib, unda kadrlar tayyorlashning milliy modeli yaratildi. Mazkur modelda shaxs
bosh va markaziy o‘rinni egallab, modelninig qolgan qismlari shaxs manfaatlari
uchun xizmat qiladi. Ayniqsa uzluksiz ta’lim tizimi individ hayotga kelgandan
boshlab, to maktabdan tashqari ta’lim muassasalaridagi “masofani” qamrab oladi.
Ta’lim-tarbiya muassasalari o‘z vazifalarini amalga oshiraverishi mumkin.
Ammo hayot qarama-qarshilik va ziddiyatlardan iborat. Yoshlar, qolaversa,
jamiyatning barcha a’zolari shu ziddiyatni yengib, ulardan to‘g‘ri xulosa chiqara
oladimi?!
Demak, ta’lim-tarbiya muassasalaridan tashqari tarbiyaviy ta’sirlar, ya’ni
kundalikdagi ijtimoiy voqeliklarning shaxsga ko‘rsatayotgan ta’siri, ularni ijtimoiy-
pedagogik, ilmiy, nazariy va amaliy o‘rganish, pedagogikada shu kunga qadar
yetarlicha e’tibor berilmagan pedagogik yondoshuv zaruratini vujudga keltirmoqda.
Ijtimoiy hayotning barcha jabhalari shaxsga, ayniqsa, yoshlarga albatta o‘z ta’sirini
ko‘rsatadi. Bunga ommaviy axborot vositalari, iqtisodiyot, ko‘cha-kuy, mahalladagi
voqiyliklar, ota-ona, yoshi kichik va kattalar orasidagi munosabatlar, ishlab chiqish
jarayoni, ilm-fanning turli sohalari. Ammo pedagoglar uchun o‘sha jamiyatdagi
hodisa, jarayonlar va munosabatlarning yoshlar ongiga, insonlarning ma’naviy
hayotiga, odob-axloq me’yorlariga bo‘lgan ta’siri muhimroqdir.
Inson shaxsining pedagogik-psixologik rivojlanishi va uning shakllanishi
murakkab ijtimoiy jarayondir. Zero, uning o‘ziga xos xususiyatlari va
qonuniyatlarini asosli ilmiy bilish, o‘quvchi shaxsiga pedagogik-psixologik jihatdan
ta’sir ko‘rsatishning zarur shartidir.
Pedagogik-psixologik korreksiya, yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchining
qabul qilingan me’yorlarga mos kelmaydigan pedagogik-psixologik rivojlanish
xususiyatlarini “to‘g‘rilashga” qaratilgan mutaxassis faoliyatini aks ettiradi.
Psixologiya fanlari nomzodi Galina Sergeevna Abramovaning fikricha, shaxsiy
psixologik korreksiya odamning ichki dunyosini diskert tavsifiga (psixologning)
asosli ta’sir qilishidir. Odam “Erdagi jonli evolyusiyaning so‘nggi pog‘onasidir”,
ijtimoiy tarixiy faoliyat sub’ektidir. Shaxs – ijtimoiy rivojlanish fonemeni, ong va
tushunchaga ega aniq tirik odam.
Shaxsga doir rivojlanish-ijtimoiylashuv va tarbiya natijasida odamzodning
ijtimoiy xususiyati sifatidagi shaxsning shakllanish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: