2-mavzu: Konfliktli vaziyatda agressiya va zo’ravonlik
Reja:
1. Agressiya va zo‘ravonlik haqida tushuncha.
2. Konfliktdagi agressiya va zo‘ravonlik.
3. O‘z agressiyasini yengish usullari.
4-rasm
Tayanch so’z va iboralar: agressiya
zo’ravonlik, nizo
, konfliktli vaziyat, ijtimoiy
nizo, madaniyat, konflikt, ijtimoiy aloqalar,
jamiyat,
to’qnashuv,
g’oya,
konflikt
manbalari, sivilizatsiya,
nizo turlari,stress,
depressiya
Agressiya va zo‘ravonlik o‘zaro bog‘liq tushunchalar bo‘lib, inson
kayfiyatida agressiv holatlarning o‘sib borishi va to‘planishi oqibati sifatida
zo‘ravonlikka olib kelishi mumkin. Lotin tilida agressiya “hujum qilish” ma’nosini
anglatadi. Agressiya inson xarakterida tug‘ma va tabiiy bir element sifatida, xuddi
shuningdek, agressiyadan asli uzoq odamning favqulodda vaziyatda o‘z
emotsiyalarini tuta bilmasligi (4-rasm), ularni nazorat qila olmasligi oqibatida
vujudga kelishi mumkin.
Konfliktli vaziyatlarda ko‘pchilik o‘z instinktlari va hissiyotlari asosida o‘zini
tutishga o‘rganib qolgan. Bunday holni ko‘pchilik qabul qiladi va aynan mana shu
yo‘l to‘g‘ri deb biladi. Shu bois, konfliktli vaziyatda zo‘ravonlik ishlatilsa, birovning
hayotiga tahdid solinsa, jismoniy kuch ishlatish qo‘llanilsa, ko‘pchilik, ziddiyat
mavjud ekanligini hisobga olgan holda, bu vaziyatlarda “kechirimli bo‘lish”
lozimligini, bunday holatning kelib chiqqanligini anglash mumkinligini
ta’kidlashadi. Ammo, har qanday vaziyatda ham birovning hayoti, uning sog‘lig‘iga
zo‘ravonlik o‘tkazib bo‘lmasligini unutishadi.
Zo‘ravonlik aslida inson xarakterining qusuri, uning kamchiligi hisoblanadi.
Odam o‘z hissiyotlari ustidan nazorat o‘tkaza olmasligi, yoki o‘zini tiya bilmasligi
uning zo‘ravonlikka ruju qo‘yishiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Zo‘ravonlik
insonning kuchli ekanligini emas, balki aksincha uning kuchsiz va irodasiz
ekanligini ko‘rsatadi. Shu bois, o‘qituvchi o‘z o‘quvchilariga zo‘ravonlik
o‘tkazganda, bunday zo‘ravonlik irodasizlik belgisi sifatida baholanishi tabiiydir.
Zo‘ravonlik aslida barcha madaniyatlar, sivilizatsiyalarda qoralanadi.
Zo‘ravonlik barcha sharqona kurash turlari, ya’ni dzyu-do, taekvon-do, karate, ushu
va boshqalarda ta’qiqlanadi. Mazkur kurash turlarining barchasi hujum qilish
usullari emas, balki eng avvalo, o‘zini himoya qilishning jismoniy yo‘llari
hisoblanadi. Ularning barchasida inson hayoti aziz ekanligi borasidagi ma’naviy
falsafa tarbiyalanadi va o‘qitiladi. O‘zbeklarning milliy kurashida ham o‘zini
himoya qilish vositalari va o‘zaro tenglik g‘oyalari tarbiyalanadi.
Zo‘ravonlik qo‘llanilganda konfliktning yaratuvchanlik xususiyati emas,
balki vayron etish xususiyati faol bo‘ladi. Konfliktning vayron etish xususiyati esa
insonni stress, depressiya, o‘zgalardan o‘zini olib qochish, hayotdan bezish, o‘z
kuchiga haddan tashqari ishonch, boshqa tarafdan o‘z kuchiga ishonmaslik, doimiy
jahldorlik, jizzakilik, tajanglik, besabrlilik, besaromjonlik kabi holatlarga olib
keladi.
Zo‘ravonlik ishlatgan insonlar ko‘pchilik hollarda ma’naviy jihatdan to‘la
shakllanib bo‘lmagan, ma’lum “kompleks”larga ega bo‘lgan, ma’naviy majruh
odamlardir. Ular aslida o‘zlarini juda past baholashadi, ular o‘zlarining “nosog‘lom”
ekanliklarini intuitiv tarzda anglashadi, shu bois bu xususiyatlarning mavjud
ekanligini ko‘rsatmaslik, oshkora etmaslik, birovlar mazkur “past” baholanishni
bilib qolmasmasligi va sezmasligi uchun, tashki ko‘rinishda va muomalada,
zo‘ravonlik yo‘lini, agressiv usulni, jahl va tahdidga asoslangan “o‘zini tutish”
yo‘nalishini tanlashadi. Ular aynan zo‘ravonlik orqali o‘zlarining kuchlarini
ko‘rsatmoqchi bo‘ladilar, ammo ruhan bunday odamlar ruhiy majruh va
psixologiyasi mo‘rt odamlardir.
Pedagogika va psixologiya bilan oz-moz tanish bo‘lganlar darrov mana shu
agressiya ortida insonning o‘ziga ishonchi mavjud emasligini bilib olishadi. Demak,
o‘zini zo‘ravon va jahldor qilib tutayotgan odamlar aslida o‘zlari xarakterida mavjud
bo‘lgan “o‘ziga ishonmaslik”ni yashirishga harakat qilayotgan odamlardir. Ular bu
narsalarni tan olmasligi, yoki anglamasligi ham mumkin. “Men “zo‘r”man, shuning
uchun hamma narsani qilaveraman”, degan aqidaga ishonishi ham mumkin. Ammo
zo‘ravonlik harakatlari ortida turgan barcha maqsadlar, aslida, insonning ma’naviy
bo‘shligi, yetuk emasligi, to‘laqonli ma’naviy shakllanmaganligi, uning o‘z
emotsional holatini va o‘z harakatlarini nazorat qila olmasligi, irodasiz va
bo‘shligining yorqin natijasi va namoyishi hisoblanadi.
Zo‘ravonlik va konfliktologiya sohalari o‘zaro bog‘langan masalalardan
hisoblanadi. Aslini olganda konfliktologiyaning mustaqil fan sohasi sifatidagi
shakllanishi va rivojlanib kelayotganligiga ko‘p bo‘lganicha yo‘q. Shu bois inson
xarakteri va amallariga hos bo‘lgan zo‘ravonlik ham yangi o‘rganilayotgan va tan
olinayotgan sohalardan hisoblanadi.
Ko‘pchilik hollarda konfliktni tushunish uchun mavjud zo‘ravonlik
sabablarini anglash lozim bo‘ladi. Chunki hayotda oilaviy zo‘ravonlik ko‘proq
uchrab turadi. Zo‘ravonlik nima oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilgan odam
uni yengillik bilan, o‘ylamay qo‘llamaydi. Zo‘ravonlikdan voz kechish - konfliktda
ijobiy natijaga asos bo‘ladi. Eng muhimi, zo‘ravonlik ziddiyatning yechimi bo‘la
olmasligi, zo‘ravonlik ziddiyat hamda muammoni hal etmasligini anglash darkor.
Har qanday kuchli konflikt ham, tomonlarning juda kattiq o‘zaro to‘qnashuvi ham
zo‘ravonlikni ishlatish va qo‘llash uchun asos bo‘la olmaydi. Shu bois, kattiq
Do'stlaringiz bilan baham: |