2. O‘zini chetga olish (chap berish, qochish). Bunday axloqli individ o‘z
huquqlarini himoya qilishni, qarorni ishlab chiqish uchun hamkorlik qilishni
istamagan, o‘z pozitsiyasini bildirishdan bosh tortgan, bahsdan bo‘yin tovlagan
hollarda tanlanadi. Bu uslub qarorlar uchun mas’uliyatdan qochish konflikt yakuni
individ uchun muhim bo‘lmagan, yoki vaziyat o‘ta murakkab va konfliktning hal
etilishi ishtirokchilardan juda ko‘p kuch talab etadigan, yo bo‘lmasa, konfliktni o‘z
foydasiga hal qilish uchun uning kuchi, hokimiyati yetmagan hollarda ishlatilishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |