o‘ylari, fikrlari, emotsiyalari, shuningdek mushohadalari, ya’ni argumentlari
qandayligini bilishni talab etadi. Muammoni aniq belgilash va uning chegaralarini
ko‘rish uchun o‘z opponenti fikr va o‘ylari, hissiyotlarini to‘g‘ri belgilash lozim.
Opponent fikrlarini bilish esa faol tinglash, opponet fikrlarini to‘g‘ri baholay olish
va talqin qilish, opponent qarashlarini anglash orqaligina ta’minlanishi mumkin.
Faol tinglash ko‘nikmalari o‘z-o‘zidan vujudga kelmaydi. Ularni shaxs o‘zida
tarbiyalashi lozim. Faol tinglashning o‘z tartib va qonuniyatlari mavjud. Ochiq
chehralik, samimiylik, mushohadalik, bosiqlik, vazminlik, argumentlarni ochiq va
asosli bayon qilish, birovni ayblamay gapirish, mehrli bo‘la olish, gaplashganda
chetga qarab turmaslik, ko‘zni olib qochmaslik, samimiy va ochiq nazar bilan qarash,
tahdid soluvchi harakatlar va so‘zlardan o‘zini tiyish, muloqotga tayyorlikni
ko‘rsatish, soxta xushomaddan o‘zini tiyish, piching va istehzodan mutlaqo
17
Тафаккур гулшани. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, –Б. 39.
foydalanmaslik, birovni kamsitmaslik, o‘zini katta olmaslik kabilar ana shunday
tartib-qoidalardan hisoblanadi.
L.Feyerbax, “Insonni bilish uchun uni sevish kerak”, deb aytgan. Agar
opponentingiz sizga qo‘pol muomala qilsa ham, siz uning qo‘polliklariga bosiqlik va
hurmat bilan munosabat bildirsangiz, uning o‘zi uyalib qoladi, chunki hech kimsa
o‘zining qalbida “men – madaniyatsizman” deb tan olgisi kelmaydi, hamma “yaxshi
odam” bo‘lishga intiladi. Siz bilan gaplashayotgan, o‘z dardu hasratini aytayotgan
odamdan yuzingizni teskari qilib, bee’tibor, esnab, yuzingizni boshqa tomonga burib
gaplashsangiz, bu odamni inson va do‘st sifatida o‘zingizdan uzoqlashtirgan bo‘lasiz.
Ba’zan odamga uning so‘zlarini eshitganingizning o‘zi kifoya qiladi. Siz
uning so‘zlarini diqqat bilan eshitganingizning o‘zi uning qalbidagi barcha gina va
qudratlarni yuvib ketadi. Oradagi mavjud emotsional tanglik holati yo‘qotiladi.
Birovni eshitish – juda muhim fazilat va zarur xislatdir. Birovni eshita olish
qobiliyati – insonning komil shakllanganlik belgisidir. Chunki egoist odamlargina
faqat o‘ziga quloq soladi. Boshqa, sizga qarama-qarshi bo‘lgan tomonning fikrini,
uning gaplarini bo‘lmasdan va baholamasdan, shuningdek, uning so‘zlaridan ayb
qidirmasdan, uni tahqirlamasdan diqqat bilan eshitish va tinglash, o‘zingizni uning
o‘rniga qo‘yib ko‘rishga harakat qilish konflikt yechimini topish tartiblaridan
hisoblanadi. D.I.Pisarev bu haqida shunday degan: “Birovni tushunmoq uchun
o‘zingni uning o‘rniga qo‘yib ko‘rmog‘ing, uning sevinchi va dardini his qilmog‘ing
lozim”
18
.
Ikki tomonning suhbati va muloqoti konfliktli vaziyatlarda birdaniga va
o‘zicha yuzaga kelmaydi. Muzokara olib borish ikki tomondan ham muloqotga
tayyorlikni talab etadi. Muloqot jarayoni ham birdaniga tinch va osuda kechmaydi.
Bunga harakat qilmoq va yuqoridagi talablarni bajarishga moyiillik darkor bo‘ladi.
Shu bois, lozim bo‘lgan o‘rinlarda, o‘zingizning nohaq ekanligingizni tan olishga
tayyor bo‘lish kerak. Chunki, konflikt yechimi ayyorlikni ko‘tarmaydi, uning
muhim qonuniyatlaridan biri – samimiy va to‘g‘ri bo‘lishlikdir.
5. Birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish. Konfliktlarda manfaatlar
to‘qnashuvidan tashqari emotsional-hissiy to‘qnashuv ham yuz beradi. Ya’ni,
emotsional-hissiy qarama-qarshilik mavjud nizoning tashqi ko‘rinishi sifatida o‘zini
namoyon etadi. Konfliktda ham o‘z manfaatlarini ifoda etish maqsadida, ham o‘zini
himoya qilish uchun har bir inson o‘z his-tuyg‘ulariga berilib, esankirab qolishi
mumkin. Emotsional esankirash esa konflikt jarayonining to‘g‘ri va adolatli hal
etilishiga zarar yetkazishi mumkin. Shu bois, konfliktning yechimida bir tomondan,
o‘zining his-tuyg‘ularini jilovlay bilish, ikkinchi tomondan, o‘z opponentining his-
tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish talab qilinadi. Birovning his-tuyg‘ulari mazkur
18
Тафаккур гулшани. –Т.: Адабиёт ва санъат нашриёти, 1989, –Б. 39.
konkret(aniq) shaxsning aynan konkret shart-sharoitdagi ahvolining namunasi sifatida
baholanishi ma’lum xulosalar qilinishiga yordam beradi. Ya’ni, konfliktdagi his-
tuyg‘ular insonning boshqa insonga yo‘naltirilgan doimiy mavjud munosabatini
emas, balki birdaniga uyg‘ongan va portlash orqali o‘zini ifoda etayotgan tuyg‘ularini
ifoda etadi, xolos. Emotsional portlash - o‘tib ketadi. Ularning ortida insonning
azaliy, shakllangan va hurmatli munosabati yotgan bo‘lishi mumkin. Shu bois,
diqqatni bir soniyada vujudga kelib, jo‘sh urgan emotsiyalarga emas, balki azaliy
mavjud bo‘lgan hurmatli munosabatlar va emotsiyalarga qaratishga harakat qilishga
yo‘naltirish lozim. Hurmat va e’tibor ishonchga olib kelishini yodda tutish lozim.
Birovning his-tuyg‘ulariga e’tiborli bo‘lish, faqat konflikt sharoitiga nisbatan emas,
balki umuman hayotdagi barcha bosqichlarga nisbatan qat’iy qoidalardan biri bo‘lishi
lozim.
Masalan, o‘z otangiz bilan siz uchun muhim bo‘lgan masalada bahslashib
qoldingiz. Masalan, siz o‘zingiz yoqtirgan qizga uylanmoqchisiz, ammo otangiz
bunga qarshi. Otangiz sizni tushunishni istamaydi. Orada janjal yuzaga keladi. Siz
jahl qilib, ko‘chaga chiqib ketasiz. Otangiz orangizda bo‘lgan hodisadan qiynalib,
uyda qoladi. Otangiz aslida sizga yomonlik istamaydi. Otangiz, balki siz tanlagan
qizning qaydayligini bilsa, o‘z fikrini o‘zgartirar. Bunga esa vaqt talab etiladi.
Kechqurun kelsangiz, otangiz hafa. Ammo siz chekinishni istamaysiz. Siz yana unga
nisbatan o‘z so‘zingizda qolganingizni ko‘rsatmoqchi bo‘lib, bee’tibor bo‘lasiz.
Ammo otangizning kechqurundagi salbiy kayfiyati kunduzi bo‘lgan janjal
oqibatida o‘zini yomon his qila boshlagani natijasi bo‘lishi mumkinligini hayolga ham
keltirmaysiz. Siz, o‘zingizni o‘z baxti ustida kurashayotgan odam sifatida qabul
qilasiz, o‘z so‘zingizdan qaytmasligingiz aniq. Ammo, bu degani, umuman
bee’tiborlilik degani emas-ku?! Otangiz sizni hafa qilmaslik uchun o‘z ahvoli haqida
so‘z demaydi, u indamaydi, o‘zini yomon his qilayotganligini yashiradi. Uning yurak
huruji og‘irlashadi. Siz esa o‘zingiz bilan o‘zingiz ovora bo‘lib qolaverasiz. Bunday,
yaqinlaringiz emotsional holatiga bo‘lgan bee’tiborlilik juda yomon oqibatlarga olib
kelishi mumkinligini siz hali bilmaysiz.
Konflikt sharoitida har ikki tomon ham ishonchga muhtojdir, o‘zaro ishonch
esa konflikt yechimini topishga imkon beradi. Yuqoridagi holatda, kechqurun uyga
qaytgandan so‘ng, (aslida ko‘chada yurganda ham bir telefon qilib ahvol so‘rasangiz
bo‘ladi), “Dada, mayli hafa bo‘lmang. Bu masalalar birdaniga hal bo‘lmaydi.
O‘ylashib ko‘rarmiz... Biror chorasi chiqib qolar... Siz menga yaqin odam..
O‘zingizni avaylang...”, desangiz, otangiz yurak xuruji bezovta qilayotganligini
ochiq aytadi. O‘rtada, ikki tomon orasida yana ishonch vaziyati tug‘iladi. Inson
insonga har jihatdan zarur va muhtoj ekanligini yodingizdan chiqarmang. Chunki
inson axloqi uning boshqalarga bo‘lgan munosabati orqali bilinadi, o‘zini ko‘rsatadi,
ammo uning axloqiyligini yaratuvchi mohiyat inson ichki olamida tarbiyalangan
bo‘lsagina, u yuzaga chiqadi.
6. O‘z amallariga mas’ul bo‘lish. Eng qadimgi davrlardan boshlab inson
sivilizatsiyasi tarbiya va axloq masalalariga e’tibor bilan qaragan. Inson axloqiy
normalari ichida o‘z so‘zida turish, burch, mas’uliyatli bo‘lish, birovlarga berilgan
va’dalarga hurmat va ularni so‘zsiz bajarish inson komilligining oliy qadriyatlaridan
hisoblangan. Ammo hayotda har doim ham shunday bo‘lavermaydi. Ko‘pincha biz o‘z
va’dalarimizni esdan chiqarib qo‘yamiz, o‘z so‘zimiz ustida turmaymiz. Bu – juda
yomon odat. Ba’zan, boshqalarning bizga bergan va’dasini o‘z vaqtida bajarmagani
uchun aziyat ham chekamiz. Insonning eng halokatli xatolaridan biri – yaxshi ishni ham
yomon bajarib, barbod etishdir. Konfliktlar sharoitida o‘z so‘zi ustida turish - konflikt
yechimiga qaratilgan va’dalarning ustidan chiqishni anglatadi. Agar konflikt yechimi
ichida siz o‘z xohishingiz bo‘yicha o‘zingizga ba’zi mas’uliyatli vazifalarni olsangiz,
ularni bajarishga sayi-harakat qilishingiz lozim. Agar ularning uddasidan
chiqolmayotgan bo‘lsangiz, ular borasida ham ochiq muloqotda so‘zlab, ishni bajara
olmayotganligingiz haqida o‘rtoqlashishingiz lozim bo‘ladi. Konflikt sharoitida
kuyidagi amallarga rioya qilish maslahat beriladi:
-
tomonlar o‘rtasidagi turli shartnomalar va o‘z mas’uliyatingizdagi vazifalarni
albatta bajaring.
-
agar sizning sa’y-harakatlaringiz behuda ketayotganligi va yordam
bermayotganligini sezsangiz, harakatlaringizni qaytadan boshlang va opponentingiz
bilan samimiy o‘rtoqlashing.
Do'stlaringiz bilan baham: |