7-mavzu: Dars intizomiga salbiy munosabatdagi bolalarga nisbatan
konstruktiv yondashuv va uni loyihalash
Reja:
1. Dars jarayonida o‘quvchi faoliyatini nazorat qilish.
2. Pedagogik-psixologik muloqotdagi shaxsga bog‘liq to‘siqlar va uni
bartaraf etish yo‘llari
3. Tarbiya jarayoniga texnologik yondashuv va uni loyihalash.
Tayanch so‘z va iboralar:
Salbiy intizom, konstruktiv ta’sir etish, ijobiy munosabat, tashxis muammosi,
motivatsiya, iste’dod, pedagogik-psixologik xizmat, imkoniyati cheklangan,
tarbiyasi qiyin, layoqat, mediatsiya, vositachilik, mediator, neytral, mahfiy
(konfiditsial), konflikt yechimi, kelishuv jarayoni, xalqaro, milliy, huquqiy,
ekologik, shaxsiy konfliktlar, bahs.
Dars jarayonida o‘quvchi faoliyatini nazorat qilish va baholashning eng
samarali mexanizmlarini izlab topish va qo‘llash, o‘quv-biluv jarayonini
modullashgan integral dasturlar, ta’limning modullashgan shakllari asosida tashkil
etishga erishish ham muhim masalalardan biridir. O‘quvchi faoliyatini
individuallashtirish ning turli yo‘l va variantlarini ishlab chiqish va o‘quv jarayonida
qo‘llash o‘qituvchi faoliyatida ham samaradorlikka erishish imkonini beradi. Agar,
o‘quvchi faoliyatida to‘xtash hollari aniqlansa, uni tuzatish yo‘llarini izlash
maqsadga muvofiqdir. Maktab o‘quvchilarining dars intizomiga salbiy
munosabatdagi sifatlariga nisbatan konstruktiv ta’sir etish orqali ta’lim mazmunini
modullashgan shakllarini amaliyotga tatbiq etish istiqbolli yo‘nalishlaridan
hisoblanadi.
Olimlar va tadqiqotchilar ko‘proq nazariy masalalarni hal qilish, umumiy
qonun-qoidalarni sharhlash, tushuntirish orqali jamiyat va insoniyat taraqqiyoti
sabablarini yoritishga uringanlar. Lekin biz uchun ijtimoiy taraqqiyot va inson
tafakkuri rifojlanishini tezlashtiruvchi, uning davr va kishilar ruhiga hamohang
tarzda kechishini ta’minlab beruvchi tatbiqiy xususiyatli ishlar va ilmiy izlanishlar
zarur. Zero, mamlakatimizda ro‘y berayotgan tub ijtimoiy-siyosiy islohotlar aynan
shuni talab qilmokda. Bunda e’tiborga loyiq dolzarb muammolardan biri-yoshlarda
yangicha dunyoqarashni shakllantirish, ularni yangicha demokratik munosabatlarga
ruhiy jihatdan tayyorlashdir.
Bu vazifani ado etishda psixologiyaning o‘rni va rolini aniqlash, tatbiqiy
izlanishlarni amalga oshirish va ijtimoiy psixologik amaliyot doirasida ushbu
vazifani amalga oshirish yo‘llarini topish uchun hozirgi zamon psixologiyasining
asosiy tatbiqiy yo‘nalishlarini belgilashi maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi davrda psixologiyaning dolzarbligi va uning jamiyatdagi sodir
bo‘layotgan barcha jarayonlarga aloqadorligi uning tatbiqiy sohalar doirasini ham
kengaytiradi. Uning asosiy-tatbiqiy amaliy sohalarga: sanoat-sotsial psixologiyasi,
boshqaruv psixologiyasi, oilada va nikoh borasidagi sotsial-psixologik ishlar,
siyosat va iqtisodiyotni takomillashtirish muammolari, qonunbuzar likni oldini olish
ehtiyoji hamda ommaviy axborot vositalari borasidagi amaliy vazifalar kiradi.
Maktab o‘quvchilarining dars intizomiga salbiy munosabatdagi sifatlariga
nisbatan konstruktiv (amaliy, ishchan) ta’sir etishga xos umumiy xususiyatlar
mavjud, ularga:
a) o‘quvchi sifatlariga nisbatan konstruktiv ta’sir etishning bevosita talab
ehtiyojiga ko‘ra tashkil etilishi;
b) shu yo‘nalishda qilingan tatbiqiy ishlarning «tili» muammosining borligi,
ya’ni, professional til (jargon) bilan tadqiqot natijalarini bayon etishdagi uyg‘unlik
masalasi;
v) amaliy ehtiyojlarga monand ilmiy farazlarni ishlab chiqish;
g) samaradorlik mezonlarining o‘ziga xosligi, ya’ni bajarilgan ishga qarab
samaradorlikni baholash;
d) «o‘qituvchi-amaliyotchi» bilan «o‘quvchi-nazariyotchi» rollari ning aniq
farqlanishi muammolari;
ye) salbiy munosabatdagi boladagi xususiyatlarni o‘rganib chiqib, ularga
nisbatan munosabat bildirish;
j) o‘qituvchi-amaliyotchi va o‘quvchi-nazariyotchi o‘rtasidagi muomalani
psixologik xususiyatlarini tashkillashtirish;
z) o‘quvchilarning darsga nisbatan qiziqishlarini oshirish va qobiliyatlariga
qarab psixologik ta’sir etish;
i) darsda bevosita ta’lim va tarbiyaning uzviyligini ta’minlash.
Yurtimizda ma’naviyat sohasidagi islohotlar va amalga oshirilgan va
oshirilayotgan ishlarning ahamiyati shundaki, ular yoshlarda o‘z xalqining
madaniyati, Vatanining o‘tmishi va buguni, milliy qadriyatlarga to‘g‘ri
munosabatlarning shakllanishiga sabab bo‘ladi va bu - ziyoli, bilimdon kishilar
uchun eng zarur fazilatlardir. Aks holda olam siru-asrorlarini chuqur bilgan,
qiziqishlari doirasida jiddiy izlanishlar olib borishga tayyor shaxs, agar u, bu
bilimlarni avval o‘z xalqi, millati, yaqinlari manfaatiga yo‘naltira olmasa, uning
jamiyat taraqqiyotiga aloqasini tasavvur qilolmasa, ma’naviyati qashshoq, iqtidori
esa samarasiz, xudbin shaxs sifatida baholanadi.
Shuning uchun ham yaqin kelajakda maktablarda o‘quvchilar uchun
psixologlar tomonidan o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan tadqiqot tarkibiga quyidagilarni
kiritish mumkin:
1. Darsga salbiy munosabatdagi bolalar o‘rtasidagi vertikal munosabatlarni
o‘rganish (o‘qituvchiga bo‘lgan munosabatlari, darsdan qoniqishlari).
2. Darsga salbiy munosabatdagi bolalar o‘rtasidagi gorizontal munosabatlar,
ya’ni jamoaning uyushganligi shaxslararo munosabat larining o‘ziga xosligi va
ularning toifalari, ziddiyatlar ularning oldini olish choralari.
3. O‘qishga va mehnatga munosabat, undan o‘quvchilar darsdan qanchalik
qoniqishlari va uning samaradorlik ta’siri, darsda faoliyat motivlari amalga
oshirilayotgan faoliyatning shaxsiy va ijtimoiy foydali jihatlarini qay darajada
tasavvur qilishi va h.k.
Psixologningyuqoridagi masalalarini o‘rganishi uchun tabiiy metodik vositalar
zarur. Amaliyotchi psixolog oddiy kishidan shu tomonlari bilan farqqiladiki, u har
bir yaqqol sharoitda o‘ziga kerakli maqbul uslublarni qo‘llaydi, ba’zi birlarini sinab
ko‘radi, agarda ular maqsadga muvofiq bo‘lmasa, boshqasi bilan almashtiradi.
Olingan natijalarga asoslanib u darsga salbiy ta’sir etuvchilar uchun ruhiy muhitni
«yaxshi, yomon, o‘rtacha, qarama-qarshi» toifalarga bo‘ladi va ularning har biridan
o‘ziga xos ilmiy-amaliy xulosalar chiqaradi.
Maktablarda tashkil etiladigan psixologik xizmatning ijtimoiy psixologik
yo‘nalishi avvalo turli toifadagi o‘quvchilarning ijtimoiy va shaxsiy ziddiyatlarni
bartaraf etishga o‘rgatish, shaxslararo munosabatlarning demokratik sog‘lom
shakllariga o‘tish, mahorat sirlarini o‘zlashtirish va ulardan kundalik faoliyatda
oqilona foydalanish malakalarini shakllantirishdir. Bunda shubhasiz psixolog
tomonidan tashkil etiladigan turli trening mashg‘ulotlari muhim ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |