5.1.2. Ma’lumotlarni ochish SIMULA 67 tili sinfida e’lon qilingan o‘zgaruvchilar shu sinf ob’ektini yaratuvchi mijozlardan
berkitilmagan. Bu o‘zgaruvchilarga kirishni sinf qism dasturlari bajarayotgan operatsiyalari orqali
yoki bevosita ularning nomlaridan olish mumkin. Bu ma’lumotlar abstrakt tipini aniqlashdagi
informatsiyani ochish talablariga zid. Chunki sinf mohiyatiga kirishning ko‘p uslublari mavjud.
Natijada SIMULA 67 til sinflari haqiqiy ma’lumotlar abstrakt tipiga qaraganda kamroq ishonchlidir.
Bundan tashqari sinf mijozlari sinfdagi ma’lum o‘zgaruvchilarga bog‘liq bo‘lganligi tufayli bu
o‘zgaruvchilar aniqlanishidagi o‘zgarishlar mijozlar kodlaridagi o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi va
bu bunday dasturlarni qo‘llab-quvatlashni murakkablashtiradi.