3.2. Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan ma’lumotlarning abstrakt tiplari Foydalanuvchi tomonidan aniqlangan ma’lumotlar abstraksiyasi tushunchasi nisbatan yaqin
vaqt ichida paydo bo‘ldi. Foydalanuvchilar tomonidan ma’lumotlar abstraksiyasi tiplari huddi
haqiqiy sonlarning hususiyatlari kabi bo‘lishi kerak:
1)
Tipni aniqlashning modullari dasturlariga bu tip o‘zgaruvchanligi e’lon qilishga yo‘l
qo‘yadigan hotirada bu o‘zgaruvchilar haqida aniq tasavvur hosil qiladigan aniq qoida 2)
Berilgan tip ob’ektlari bilan minipulyatsiyalari uchun operatsiyalari to‘plami. Keyinchalik foydalanuvchi aniqlagan tiplar kontekstidagi ma’lumotlar abstrakt tipining
shakliy qoidasi keltiriladi. Ma’lumotlar abstrakt tipi – bu quyidagi ikki shartni qoniqtiradigan
ma’lumotlar tipidir:
▪
Tip haqidagi tasavvur va shu tipdagi ob’ektlar ustidagi operatsiyalar bitta sintaktik
birikmada mavjud. Bundan tashqari bu tip o‘zgaruvchilarini boshqa modullarda ham yaratish mumkin.
▪
Berilgan tip ob’ektlari haqidagi tasavvur dasturiy modullardan bekitilgan, demakki bunday
ob’ektlar ustida faqatgina tip aniqlanishida to‘g‘ridan – to‘g‘ri ko‘zda tutilgan operatsiyalarni amalga
oshirish mumkin.
Ayrim ma’lumotlar abstrakt tipidan foydalanuvchi dasturiy modullar shu tipning modulari
deb ataladi.
Tip va operatsiyalarni alohida sintaktik birikmaga joylashning asosiy afzalliklari huddi
inkapsulyatsiyadagidek, ya’ni, birinchidan bu dasturlarni alohida kompilatsiya qilish mumkin
bo‘lgan logik birikmalarni tashkil qilish imkonini beradi, ikkinchidan shu tip ob’ektlaridagi
tasavvurlar yoki ular bilan bo‘lgan operatsiyalarni dasturni alohida qismida modifikatsiya qilish
imkoniyati paydo bo‘ladi. Tip tasavvuri detallarini ochishning bir qancha afzalliklari bor. Bulardan
eng muhimi shuki, mijozlar ob’ektlar tasavvuri detallarini ko‘ra olmaydilar va bundan kelib
chiqadigi ularni ko‘di bu tasavvurga bog‘liq emas. Shunday qilib ob’ektlar tasavvurlarini xoxlgan
paytda o‘zgartirish mumkin. Bunda mijozlar kodini o‘zgartirishni talab qilishni xojati yo‘q. Abstrakt
interfeysni uning ayrim (hammasi emas) xususiyatlarini namoyish etadi.
Ma’lumotlar ochishning boshqa aniq va muhim ustinligi uning yuqori ishonchliligidir.
Mijozlar ob’ektning asosiy tasavvurlarini bilvosita ataylab yoki tasodifan o‘zgartira olmaydilar.
Shuning uchun bunday ob’ektlarning yaxlitligi ortadi. Ob’ektlarni faqatgina ular uchun
mo‘ljallangan operatsiyalar yordamida o‘zgartirish mumkin. Ma’lumotlar abstrakt tiplari
tasavurlarini ochish detallarini muhimligini qayta baxolash qiyin.