suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi qonunning 9-moddasi, Yer kodeksining 6-
moddasiga asosan ularning talablari asosli.
To‘rtinchi holat bo‘yicha, Fuqaro A.Nishonov yuqoridagi birinchi va
ikkinchi qismlarda berilgan holatlarni bajarmaganligi uchun ularning vajlari
asossiz. Ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lganlik unga bunday o‘zboshimchalik bilan
yerlarni o‘zlashtirib, ma’danli suv obyektlaridan foydalanishga ruxsat bermaydi.
Beshinchi holat bo‘yicha, buzish ishlari olib borishda mahalliy davlat
hokimiyati organlarni Vazurlar Mahkamasining 911-son qaror talablarini
bajarmagan. Qarorga ko‘ra o‘zboshimchalik bilan qurilgan uy-joy, ishlab chiqarish
va boshqa binolar va inshootlarning qiymati ham qoplanishi lozim. Shuningdek
qarorning 42-bandiga asosan quyida beriladigan kompensatsiya turlari berilishi
mumkin:
a) pul mablag‘lari;
b) boshqa ko‘chmas mulk obyektini mulk qilib berish;
v) yer uchastkasi;
g) kelishuvda nazarda tutilgan kompensatsiyaning boshqa turlari.
Tomonlarning kelishuviga binoan mulkdorga ko‘chmas mulkni baholash
qiymatini hisobga olgan holda kompensatsiyaning bir necha turlari berilishi
mumkin.
Buzib tashlangan ko‘chmas mulk o‘rniga yangi qurilayotgan ko‘chmas mulk
obyekti berish muddati boshqa ko‘chmas mulk obyekti vaqtincha foydalanishga
berilgan kundan boshlab 24 oydan oshmasligi kerak. Agar ko‘rsatilgan muddatda
yangi ko‘chmas mulk obyekti berilmasa, tashabbuskor mulkdorga har bir
kechiktirilgan kun uchun 0,01 foiz miqdorida jarima to‘laydi. Bunda jarima
miqdori buzib tashlangan ko‘chmas mulk obyekti qiymatining 50 foizidan oshib
ketmasligi lozim.
Kompensatsiya sifatida mulk taqdim etilishi nazarda tutilgan kelishuv qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim.
Shundan ko‘rinib turibdiki, fuqaro A.Nishonov sudga murojaat qilgan
taqdirda barcha xarajatlarini qoplab olishi kerak.
Xulosa shuki, har qanday holatda ham tabiiy obyektlar bilan muomala
qilishda o'zboshimchalik yaramaydi. Qolaversa, bu kabi ishlar bilan
shug'ullanishdan avval fuqarolar qonun hujjatlari bilan tanishib chiqib yoki
huquqshunosdan maslahat olib ish boshlasalar, yuqoridagi kabi vaziyatga duch
kelmaydilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Ekоlоgiya. O'quv qo'llаnmа. Mаs‘ul muhаrrir: yu.f.d., prоf. M.B.Usmоnоv.
– Tоshkеnt: TDYI nаshriyoti, 2009. – 253 bet.
Экология ҳуқуқи. Дарслик / Ж.Т.Холмўминов, Н.Б. Шоимов,
О.А.Камалов, О.Ж. Холмўминов, - Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ
Академияси, 2014. – 257 б.
Foydalanilgan normativ-huquqiy hujjatlar:
1)Yer kodeksi;
2)"Suvdan foydalanish to‘g‘risida"gi qonun;
3)"Yer osti boyliklari to‘g‘risida"gi qonun;
4)“Sanoatkontexnazorat” Davlat inspeksiyasining 2008-yil 7-oktyabr 211-sonli
buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Ma`danli suv va shifobaxsh balchiq konlarini qazib
olish va muhofaza qilish” qoidalari;
5) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy va yuridik
shaxslarning mulk huquqlari kafolatlarini ta’minlash hamda yer uchastkalarini olib
qo‘yish va kompensasiya berish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g risida” 911-son qarori;
ʻ
6)"Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun".