Darsni o’tkazishga bo’lgan umumiy uslubiy qoidalar o’qitish
maqsadini aniqlash. O’qituvchining darsdagi faoliyatini belgilab beruvchi
dastlabki holat-bu uning maqsadidir. O’qitish maqsadini to’g’ri belgilash
uni muvaffaqiyatli o’tkazish hamda yakunlash uchun kafolat hisoblanadi.
O’qitish maqsadiga qarab, dars vositalari, uslublari hamda uni tashkil qilish
shakllari aniqlanadi.
O’qituvchining darsdagi har bir xatti-harakatlari (o’quvchilarga hara-
kat vazifalarini berish, dars o’tish uslublari, mashqlarni topshirish va h.k.)
asoslangan bo’lishi lozim. Shuni hisobga olish zarurki, mashg’ulot
maqsadini aniq bilish o’quvchilarning darsdagi faolligini oshiradi, ularning
sa’y-harakatlarini kerakli yo’nalishga safarbar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |